So’nggi yangiliklar

10:54Гвардиоланинг «Манчестер Сити»даги келажаги маълум  2 10:22Кеча дубль қайд этган Роналду қачон фаолиятини якунлаши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 09:47Анчелотти истеъфога чиқарилса, унинг ўрнига «Реал»да вақтинчалик мураббий ким бўлиши маълум  4 09:10Жалолиддин Машарипов: «Ҳали ўйин тугамади...»  36 08:19Криштиану Роналду яна бир рекордни янгилади  21 07:48«Барселона»нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  8 03:40ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Гуруҳлардаги ҳолат ва мураббийлар фикри   18 02:52Миллатлар лигаси. Роналду 910-голини урди, Испанияда ғалаба, "Титанлар жанги"да дуранг ва бошқа натижалар  5 02:05Ўртоқлик ўйини. Моуринью жамоаси "Зенит"ни мағлуб қилди  0 00:47Расман: Поль Погба энди жамоасиз  1 00:25Франциянинг 7 карра чемпиони 2-лигага тушириб юборилди  9 00:10Миллатлар лигаси. Португалия - Польша ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  1 23:55Бруней бош мураббийи: "Бу шармандали мағлубият эмас"  1 23:22Ван Нистелрой "Манчестер Юнайтед" билан хайрлашди  0 22:57Ўртоқлик ўйини. Россия термаси Бруней билан учрашувда тарихий рекордни янгилади  7

MundialGACHA (3-son). Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochgan yigitlar yoxud 10 yil oldingi U-20 Jahon chempionatini yodga olamiz Yangiliklar

MundialGACHA (3-son). Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochgan yigitlar yoxud 10 yil oldingi U-20 Jahon chempionatini yodga olamiz

Yoshlar terma jamoamizning mundiallar aro sayohatini davom ettiramiz. Misrdan keyingi bekat Turkiya.

Jahon chempionatiga chiqish 1993 1994 yillar avlodiga nasib qildi. 

Esingizda bo'lsa, Turkiyadagi kichik mundialda terma jamoani Ahmadjon Musaev boshqargan bo'lib,  U-20 futbolchilar yakunda chorak finalga qadar etib borgan hamda bo'lajak chempion Franciyaga imkoniyatni boy bergan holda musobaqani tark etgandi. 

O'n yil oldin Turkida o'tkazilgan FIFA U-20 jahon chempionati finalida Franciya Urugvayni mag'lub etib, musobaqaning bosh sovrinini qo'lga kiritgandi. CHorak finalda bu jamoa bizni 4:0 hisobida mag'lub etgani hamon yodimizda. Gollardan birini Pogba urganini ham yaxshi eslaymiz. Lekin turnir davomida bizning futbolchilar ham yomon taassurot qoldirmagandi. Mayli, bu endi tarix. 

JCH-2013 yo'llanmasi qanday qo'lga kiritilgandi? 

Birdaniga yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga o'tishdan oldin musobaqa yo'llanmasi qanday qo'lga kiritilganini ham eslab o'tsak. Malumki, 2012 yil BAAda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati tashkil qilingandi. Mazkur musobaqa 3-17 noyabr kunlari o'tkazilgan. O'shanda chempionat O'zbekistonda ham o'tkazilishi mumkin edi, chunki mezbon sifatida davogarlar ro'yxatida Bangladesh, Falastin, BAA bilan bir qatorda biz ham bor edik. Ammo 2011 yilning 23 noyabr kuni OFK bu borada yakuniy qaror chiqarib, mezbonlikni BAAga taqdim etadi. 

O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazgan holda yo'l oladi. Bir yil oldin saralash bahslari Eron poytaxti Tehronda o'tkazilgan bo'lib, biz Erondan so'ng ikkinchi bo'lgandik. Bizdan keyingi o'rinlarni Hindiston, Turkmaniston va Pokiston band etgandi. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida vakillarimiz “A” guruhidan joy oladi. Guruh o'yinlarini Vetnam (4:0), Iordaniya (2:2) va KXDR (2:0)ga qarshi o'tkazgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi 1-o'rin bilan guruhdan chiqqan. 

CHorak finalda futbolchilarimiz Suriyaga qarshi bahs olib boradi va o'yin 2:2 hisobida yakun topadi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlanishi lozim edi. Bunda 3:0 hisobida omad biz tomonda bo'ladi. Suriyalik futbolchilar birorta ham 11 metrlik jarima to'pini to'g'ri amalga oshira olishmaydi. 2008 yil Ahmad Ubaydullaev shogirdlari ham mundial yo'llanmasini penaltilar seriyasida Xitoyni taslim qilib qo'lga kiritishgandi. SHunday qilib Ahmadjon Musaev shogirdlari yarim finalga yo'l olishadi. Bu esa kuchli to'rtlik - yani, yoshlar o'rtasidagi jahon chempimonati yo'llanmasi naqd degani edi. 

Malumki, FIFA yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatlariga Osiyo uchun to'rtta yo'llanma ajratadi. Afsuski, yarim finalda omad yuz o'giradi. Bo'lajak chempion Janubiy Koreya 3:1 hisobida g'alaba qozongan holda finalga yo'l oladi. O'zbekiston terma jamoasi esa ortga qaytishga majbur bo'ladi. Yakunda Janubiy Koreya Iroqni penaltilar seriyasida mag'lub etib Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan. 

Turkiyadagi ishtirok 

2013 yil Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga O'zbekiston terma jamoasi 21 nafar futbolchi bilan yo'l oladi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, faqat shuncha o'yinchini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilgan bo'lib, ulardan 3 nafari darvozabon bo'lishi shart edi. Natijada Ahmadjon Musaev quyidagi tarkibni kichik mundialga olib ketadi. 

Darvozabonlar: Asilbek Omonov (“Paxtakor”), Akmal Tursunboev (“Andijon”), Bahodir Mirsoatov (“Lokomotiv”).  

Himoyachilar: Tohir SHamsiddinov (“Guliston”), Sardor Rahmonov (“Lokomotiv”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Maksimilian Fomin (“Paxtakor”), Kamronbey Kapadze (“Bunyodkor”), Nodir Sanaqulov (“Nasaf”), Azamat Abdullaev (“Qizilqum”).  

Yarim himoyachilar: Abbos Maxsitaliev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Diyor Turopov (“Olmaliq”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Sobirxo'jaev (“Bunyodkor”), Muhsin Ubaydullaev (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Abdulaziz Yusupov (“Paxtakor”), Jasur Hakimov (“Paxtakor”), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Zabixillo O'rinboev (“Bunyodkor”). 

Vakillarimiz jahon chempionatida “F” guruhidan joy olishadi va Yangi Zelandiya, Xorvatiya hamda Urugvayga qarshi bahs olib borishadi. 23 iyun kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazilgan birinchi o'yin biz uchun muvaffaqiyatli chiqib, futbolchilarimiz 3:0 hisobida zafar quchishadi. Abbos Maxsitaliev, Igor Sergeev va Diyor Turopov tomonidan kiritilgan gollar ilk uch ochkoni keltirgandi.

Keyingi bahs Xorvatiyaga qarshi kechib, bunda 1:1 hisobida qayd etiladi. Bu safar Sardor Rahmonov gol muallifi bo'ladi. Darvoqe, xorvatlar safida o'shanda bizga qarshi to'p tepgan Ante Rebich hozirda milliy terma jamoa azosi hisoblanadi va u JCH-2018da kumush medallarga sazovor bo'ldi. Nihoyat guruhdagi oxirgi uchrashuv Urugvayga qarshi kechib, yirik 0:4 hisobida yutqazib qo'ygandik. 

O'zbekiston U-20 terma jamoasi garchi guruhda uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa-da, eng yaxshi ko'rsatkichga ega oltita jamoadan biri sifatida keyingi bosqichga yo'l oladi. Keyingi bosqichga chiqqanlar orasida bizdan tashqari Janubiy Koreya, Meksika, Gana, Misr va El Salvador ham bor edi. SHundan so'ng musobaqaning 1/8 final o'yinlariga start beriladi. O'zbekiston navbatdagi bahsni “D” guruhidan birinchi o'rin bilan chiqqan Greciyaga qarshi o'tkazib, 3:1 hisobida zafar quchadi. 

Aytish mumkinki, o'sha bellashuv kichik mundialda ko'rsatgan o'yinlarimiz orasida eng yaxshisi bo'lgandi. Avvaliga Maxsitaliev o'yinda hisobni ochadi. Keyin greklar penaltidan hisobni tenglashtirishadi. Birinchi taym 1:1 hisobida yakun topadi. Tanaffusdan so'ng Igor Sergeev ham penaltidan to'p kiritib hisobni 2:1 ko'rinishga keltiradi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 7 daqiqa qolganida esa Sardor Rahmonov raqib darvozasini ishg'ol etadi. Eng qizig'i, bu gol ham penaltidan kiritilgan. SHunday qilib biznikilar 3:1 hisobida zafar quchgan holda chorak finalga yo'l olishadi. 

GRECIYA BILAN O'YINDAGI GOLLAR VIDEOSI

CHorak finalda bizni dahshatli raqib Franciya kutib turardi. Braziliyalik mashhur hakam Sandro Richchi boshqarib borgan o'yinda francuzlar bizga umuman immkoniyat qoldirmaydi. O'yin 4:0 hisobida nihoyasiga etadi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, gollardan Franciya tarkibida jahon chempioni bo'lgan Pogba darvozaga kiritib, jamoasini yarim finalga olib chiqadi. Natijada kichik mundialdagi ishtirokimiz chorak finalda tugaydi. Francuzlar esa yarim finalda Ganani, undan keyin finalda biz bilan bir guruhda kurashgan Urugvayni mag'lub etib, o'z tarixlarida birinchi bor yoshlar o'rtasida jahon chempioni bo'lishadi. 

Iskanderovga Franciyadan taklif bo'lganmi?

“O'shanda musobaqa davomida Urugvay bilan o'yinda kutilmagan jarohat olgandim. Endi bu har bir sportda bo'ladigan holat hisoblanadi. O'sha payt biz faqat shunaqa gaplarni eshitganmiz, xolos. Franciyadan, Turkiyadan, Rossiyadan takliflar bo'lganligi haqidagi malumotlar qulog'imizga chalingandi. Bir tomondan yosh bo'lganmiz, transferlarga aqlimiz etmagan. Lekin, u takliflar yuz foizligi aniq emas. U paytda men “Paxtakor”da o'ynardim. Barchasini ular hal qilardi. Balki, klub rahbarlarini xabari bo'lgandir. SHaxsan o'zim bilmayman. O'zimga chiqishmagan bu haqda.

2013 yil Turkiyadagi Jahon chempionati faoliyatimdagi eng yorqin turnirlardan biri sanaladi. Franciya bilan o'yinni tribunada tomosha qilgandim. Raqib safida Pogba, Umtiti, Zuma kabi futbolchilar o'ynashgandi”, - degan edi Jamshid Iskanderov "Tezkor Studiya"ning 2020 yil 30 may kungi efirida. 


Bobur Yo'ldoshev Turkiyada qolishi mumkin edi 

"Barchasi esimda. Jahon chempionatidan kelganimdan so'ng "Lokomotiv" rahbariyati Turkiyadan taklif borligini aytishgan. "Manisaspor"da tibbiy ko'rikdan o'tib barchasi maqul kelganiga qaramay shartnomaga kelganda cho'zilaverdi. Qonunan "Loko"ga tegishli edim. "Manisaspor" yaxshi jamoa edi. O'shanda klub darvozaboni bir yildan so'ng Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan. Birinchi liga bo'lsada maqsadi bor edi. Balki o'zimda ham ayb o'tgandir. Qaerdadir qiziqqonlik qilganman. Qaerda xato qilganimni bilganman",- degan edi Bobur Yo'ldoshev saytimizga bergan intervyusida. 

Mazkur Jahon chempionati futbolimiz tarixida yangi sahifa ochgan, vakillarimiz ilk bor yoshlar o'rtasida jahonning kuchli sakkiz terma jamoasi qatoridan joy olgandi. 


MundialGACHA (2-con). Smolling, Ayyu, Tripperga qarshi o'zimizning Karimov, Nagaev, Quvvatovlar yoxud Misr-2009 Jahon chempionati

MundialGACHA (1-son). 2003 yilgi Jahon chempionati yoxud Maskerano va Inestaga qarshi o'zimizning Geynrix, Inomov, Suyunovlar


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика