So’nggi yangiliklar

12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  1 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  11 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  16 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  38 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  98 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  11 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3

Mundial sari ilk qadam yoxud Suriyaga qarshi o'yin tahlili Yangiliklar

Mundial sari ilk qadam yoxud Suriyaga qarshi o'yin tahlili

Xabaringiz bor ayni paytda yurtimizda 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Osiyo Kubogi bo'lib o'tmoqda.

«A» guruhidan o'rin olgan termamiz azolari ilk turda Suriya yoshlarini mag'lub etishdi. Quyida o'yinning kechishi, xatolar va ustun tomonlar xususida so'z yuritamiz.  

O'yinning umumiy kartinasi.


Ikkala jamoa azolarida ham o'yin boshida hayajon kuchliligi bilinib turdi. Bahs vakillarimizning ketma-ket hujumlari bilan boshlangan bo'lsada, suriyalik yigitlar ham qanotlardan sifatli hujumlar urishtirib turishdi. Ilk taymning o'rtalariga qadar maydonda teng kurash guvohi bo'ldik. Raqibning hujumlari asosan qanotlardan tashkil qilindi. Qanot himoyachilarimiz Zafarmurod Abdirahmatov (o'ng qanot himoyasi) va Mahmudjon Mahamadjonovlar raqib hujumi vakillarining bosimi ostida ayrim xatolarga yo'l qo'yishdi. Taym ikkinchi yarmidan boshlab nazorat to'laqonli vakillarimiz tomonga o'tdi. Markaz va chap qanot hujumidagi bog'lamlar alo darajada ishladi. O'ng qanot hujumi bo'yicha unday deb bo'lmaydi. Nodirbek Abdurazzoqov va Zafarmurod Abdirahmatov o'rtasida fikriy tushunmovchiliklar ro'y berib turdi. Gollarning ikkalasi ham chap qanotdan uyushtirilgan hujumlar samarasi o'laroq kiritilgani so'zimizning isboti. Markaziy hujumda harakatlangan Po'latxo'ja Xoldorxonov o'yinni yaxshi darajada o'tkazdi. Forvard garchi gol urmagan bo'lmasa ham, raqib himoya vakillarini doimiy bosim ostida ushlab turdi va hujumda sheriklariga bo'sh zonalar yaratib berdi. 


Murabbiylar to'qnashuvi.


Murabbiylar jangida Ravshan Haydarov niderlandiyalik hamkasbidan ustun keldi. Eslatib o'taman, Haydarov o'yin uchun 4-2-3-1 Mark Votte esa klassik 4-4-2 sxemasini tanladi. Bilasiz Haydarov tanlagan uslubda markazda futbolchilarning zichligi evaziga ustunlik qo'lga kiritiladi (amalda ham shunday bo'ldi).

Raqamlar aldamaydi.

Etiboringizni OFK taqdim qilgan statistik malumotlarga qarataman. Quyida o'yinning issiq xaritasi (teplovaya karta).

Xaritadan ko'rinib turibdiki kurash asosan markaz va raqib tomonda kechgan.

Asosiy hujum zonalari.

Yuqorida aytganimzdek vakillarimizning asosiy hujumlar chap qanotdan tashkil qilingan. Biz tomonga esa ko'proq Mahamadjonovning qanotidan bosim bo'lgan.


To'pning harakat zonasi.

 

To'p nazorati bo'yicha kichik ustunlik Suriya yoshlari tomonda bo'lsada, ular asosan o'z yarim maydonlarida to'p bilan muomalada bo'lishgan.

Umumiy ko'rsatkichlar.


 

Zarbalar va aniq zarbalar bo'yicha ustunlik vakillarimiz tomonda. Haydarov jamoasi o'yinda zaxira resurslari bilan harakatlangandek ko'rindi. Fikrimcha Suriya bilan o'yinda yoshlarimizning bor salohiyatini ko'rmadik.

Vakillarimiz 2 turni 4 mart kuni Iroq yoshlariga qarshi o'tkazishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Barchangizni «Bunyodkor» stadioniga taklif qilib qolamiz.

 

Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика