So’nggi yangiliklar

15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  0 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  0 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  1 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  5 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  6 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19

Mundial 2022. Meksika! Yangiliklar

Mundial 2022. Meksika!

Meksika!


Taxallusi – "uch ranglilar".

FIFA reytingida 13-o'rin.

Jahon chempionatiga o'n oltinchi marta (1930, 1950-1970 (barcha turnirlar), 1978, 1986, 1994-2022 (barcha turnirlar).


C guruhi: Raqiblari: Argentina, Saudiya Arabistoni, Polsha.

1-tur, 22 noyabr. Meksika — Polsha

2-tur, 26 noyabr. Argentina — Meksika

3-tur, 30 noyabr. Saudiya Arabistoni — Meksika


Muvaffaqiyatlar


Meksikaliklar guruh bosqichida ajoyib ishtirok etishmoqda.

JCH-1978 – "uch ranglilar" guruh bosqichidan chiqa olmagan so'nggi mundial.

Uyda o'tgan 1986 yilgi musobaqada chorak final – Meksika tarixidagi eng yaxshi natija.



Paragvay, Belgiya va Iroq – meksikaliklarning guruh bosqichidagi raqiblari.

"Uch ranglilar" 2:1 hisobida Belgiyaga qarshi o'yindagi g'alaba bilan boshlashdi. Ugo Sanches va Fernando Kirartening gollari muvaffaqiyat olib keldi.




Keyingi raqib o'sha paytlarda juda kuchli terma jamoa sanalgan paragvayliklar bo'ldi. Meksikaliklar 5-daqiqada Luis Floresning goli sabab hisobni ochishdi, ammo ustunlikni saqlab qola olishmadi – Xulio Romero 85-daqiqada hisobni tenglashtirdi.




Iroq terma jamoasiga qarshi so'nggi o'yin sensaciya taqdim etmadi. Fernando Kirarte Meksikani birinchi o'rin bilan 1/8 finalga olib chiquvchi golga mualliflik qildi.




Meksikaliklarni 1/8 finalda Evropaning eng kuchli jamoalaridan Bolgariya kutib turardi.

Bu hisobda aks etmasa-da, Meksika qiyin g'alabaga erishdi. Manuel Negrete va Raul Servin jamoani 1/4 finalga olib chiqishdi.




"Uch ranglilar"ga chorak finalda dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lmish GFR to'qnash keldi.

Avvaliga bu o'yinda Meksikaning imkoniyatlari past baholangan edi, ammo o'yin buning aksini ko'rsatdi.

Meksikaliklar favoritga qarshi jiddiy kurash taklif qilishdi va o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi, ammo o'zlari ham gol ura olishmadi. Barchasini penaltilar seriyasi hal qildi va unda nemislarga omad kulib boqdi.




Meksika hech qachon JCH yarim finalida o'ynamagan. Ko'ramiz, bu safar nima bo'larkan.


Murabbiy va o'yin uslubi


Xerardo Martino – Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi.



Martino 2019 yilning 7 yanvarida Meksika milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib elon qilindi.

Xerardo juda yuqori pressing va hujumkor futbol uslubini afzal ko'radi.

Xerardo Martinoning murabbiylik yutuqlari:


"Libertad"

– Paragvay chempioni (3): 2002, 2003, 2006

"Serro Porteno"

– Paragvay chempioni: 2004

"Nyuells Old Boyz"

– Argentina chempioni: 2012/13

"Barselona"

– Ispaniya Superkubogi sohibi: 2013

Argentina terma jamoasi

– Amerika Kubogi kumush medali sohibi (2):  2015, 2016

"Atlanta Yunayted"

– MLS chempioni (MLS Kubogi sohibi): 2018

Meksika terma jamoasi

– KONKAKAF Oltin Kubogi g'olibi: 2019

– KONKAKAF Oltin Kubogi kumush medali sohibi: 2021

– KONKAKAF Millatlar ligasi kumush medali sohibi: 2019/20

SHaxsiy mukofotlar

– Janubiy Amerikada yil murabbiyi: 2007

– MLS'da yil murabbiyi: 2018


Meksika terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (hujumkor).



O'yin uslubi: kuchli pressing, to'pga egalik qilish.

Martino Meksika terma jamoasini juda ham o'zgartirdi. Endi bu jamoa qarshi hujum qilmaydi, balki hujum qiladi.

Meksikaliklar juda qattiq pressing qilishadi, ayniqsa birinchi taymda.



Meksika boshqa ko'plab jamoalardan nimasi bilan farq qiladi – markaz orqali o'ynashga urinish bilan. 

Meksika terma jamoasi o'yinida ko'plab noodatiy harakatlar paydo bo'lgan – himoyachilarni jalb qilgan holda yolg'ondan yugurish va hujumni boshqa yo'nalishga o'zgartirish.

Bunday futbol kuchli ijrochilarga ega top jamoalarga ko'proq mos tushadi, ammo meksikaliklar ham o'zlarini kuchsiz deb hisoblashmaydi.

Bu vaziyatda meksikaliklar yarim himoyachisi raqibdan aylanib oldi, jamoadagi sherigi esa unga munosabat bildirdi va bo'sh hududga yugurishni boshladi.



Bu ajoyib uzatma AQSH darvozasiga gol olib kelishiga bir bahiya qoldi. "Pastdan o'yna" doktrinasi har qanday vaziyatda ishlaydi va meksikaliklar o'yini bo'yicha aniq tasavvurni beradi.




Agar siz Meksika terma jamoasini faqatgina JCHda kuzatsangiz, ularning o'yini haqida tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin. SHunday ekan uni unuting.

Hozirgi Meksika terma jamoasi – "Barselona"ning sal oddiyroq varianti. Ammo, baribir "Barselona"ku.


Terma jamoa etakchilari


Irving Losano – motor.



Engil, texnik va juda-juda tez o'yinchi.

Losano – o'zini Evropada ko'rsatgan meksikalik klassik vinger.

U ham barcha meksikaliklar qatori klubdagi muammolarga qaramay, terma jamoada maksimal fidoyilik bilan o'ynaydi, shuningdek JCH-2018dagi salohiyati va yutuqlarini hisobga olsak, Meksika futbolining yangi timsoli paydo bo'lganiga guvoh bo'lishimiz mumkin.




Edson Alvares – bo'lajak yulduz.



Alvares – "Ayaks" muvaffaqiyatlarining sabablaridan biri.

U maydonning markazini tozalaydi, himoyada ajoyib o'ynaydi va hatto hujumda ham foydali.

Futbolchini top-klublar diqqat bilan kuzatmoqda va u katta ehtimol bilan yaqin yozda klubdan ketadi.




Gilermo Ochoa  – sehrgar.



37 yoshli Ochoa Meksika terma jamoasi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

U eng barqaror darvozabon emas, ammo Gilermoning o'yini o'xshab qolsa, uning darvozasiga to'p kiritish juda-juda qiyin.

Ochoaning asosiy tarkibdan o'rin egallashiga ishonch yo'q, ammo uning natijaga tasirini baholash imkonsiz.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: jamoaviylik, zaif poziciyaning yo'qligi, pressing.

Zaif tomonlari: yangi uslubga o'tishdagi qiyinchilik, chidamlilik, etakchining yo'qligi.


Meksikaliklarning aksariyati mahalliy chempionatda o'ynashadi, bu esa futbolchilarning bir-birini tushunishida yaqqol ko'rinadi. Ular bir-birlarining kuchli va zaif tomonlarini juda yaxshi bilishadi. Bunday terma jamoalar legionerlardan tashkil topgan jamoalardan doim ustunlik qiladi, sababi turnirga tayyorgarlik qisqa va tarkiblar beqaror.

Meksika terma jamoasining zaif joyini aytish qiyin. Bu o'yinning barcha jihatlarida yaxshi harakat qiladigan teng terma jamoa. Tarkibda yaqqol yulduz yo'q, barchaning o'rnini bossa bo'ladi.

Meksika pressing borasida o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda. Xerardo Martino kelishi bilan jamoa raqib yarim maydonida agressivroq o'ynashni boshlashdi va ularga xavfli vaziyatlarni tuhfa etdi.

Martino Meksika terma jamoasi o'yin uslubini o'zgartirdi. Ushbu jamoa oldin mudofaaga o'tishni yoqtirardi, hujumda esa tezda to'p bilan xayrlashardi. Endi ular to'pga 70% egalik qilishmoqda, ko'p vaqt hujum uyushtirishmoqda va faol tarzda pressing amalga oshirishyapti. SHunga qaramasdan, bu oson kechmayapti. Argentinalik mutaxassis Meksika futbolining DNKsini o'zgartirishga qaror qildi va bu og'riqsiz o'tmayapti. "Uch ranglilar" o'yin qurilishida, ayniqsa hujumdan mudofaaga o'tishda ko'p xato qilishadi. KONKAKAF finalida AQSH terma jamoasi bundan muntazam ravishda foydalandi.

CHidamlilik bo'yicha ham ishlar yomon. Meksikaliklar 60-65 daqiqalardan juda charchashni boshlashadi. Ularga pressing etmaydi, mudofaadan qaytishga ulgurishmaydi va hujumda sekin harakat qilishadi. Bu muammo Qatarda pand berishi mumkin.

Meksikaga maydonda etakchi etishmaydi. Har bir jamoaning etakchisi bo'lishi kerak, ammo ularda bundayi yo'q.


Taxminiy tarkib:




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика