So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

Mulohaza. “Obod” va totalizator Yangiliklar

Mulohaza. “Obod” va totalizator

Teglar :  Obodtotalizator
PFL Toshkentning “Obod” klubi borasida yakuniy qaror qabul qildi. Jamoa bazi sabablarga ko'ra oliy ligadan chetlatildi va endilikda bu klub faoliyat yuritmaydi.

Balki keyinchalik “Obod” yana birinchi ligada paydo bo'lib qolishi mumkin, bunisi endi vaqtga bog'liq masala. Malumki, ikkinchi davrada “Obod” sakkizta o'yinda maydonga tushib, hammasida mag'lub bo'ldi. Buning ustiga jamoaning o'z maydonida bo'lib o'tgan ikkita o'yini shubha ostiga olindi. Quyida shular haqida batafsil fikr yuritishga harakat qilamiz.

Amaliyotsiz qoladigan klublar 

SHu o'rinda “Obod” nima uchun oliy ligadan chetlatildi degan savol tug'iladi. Faraz qiling, siz jamoa bilan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ryapsiz. SHunda sizga jamoa chetlatilgani haqida aytishadi, buni eshitib qay holatga tushasiz? Albatta, boshida hayron bo'lasiz. SHunday bo'lganiga ishongingiz kelmaydi. Lekin xabarni tasdiqlovchi boshqa gaplarni eshitgach, taqdirga tan berib hammasini boricha qabul qilishga rozi bo'lasiz. 

“Obod”dagilar bilan shunday hol yuz berganini tasavvur qilish qiyin emas. Malum bo'lishicha, jamoa odatdagidek keyingi tur o'yiniga tayyorgarlik ko'rayotgandi. “Obod” 13 oktyabr kuni Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi bahs olib borishi lozim edi, ammo PFL saytida chiqqan qarordan so'ng hammasi bekor bo'ldi. “Obod”-ku rasman yopib yuborildi, endilikda uning raqiblariga ham qiyin bo'ldi. Birinchi o'rinda “Qizilqum” o'yin amaliyotsiz qoladi. To'g'ri, oliy liganing 24-turida navoiyliklar foydasiga texnik g'alaba va uch ochko yoziladi, lekin jamoa baribir o'ynamaganidan keyin amaliyotsiz qoladi. CHunki “Qizilqum” ham boshqalar qatori navbatdagi turga hozirlik ko'rayotgandi va “Obod”ning birdaniga chetlatilishi bu jamoa rejalariga tasir o'tkazdi.

“Qizilqum”dan keyin “Obod”ga qarshi to'p surishi lozim bo'lgan boshqa jamoalar - “Neftchi”, “Dinamo”, “Mashal”, “Metallurg”, “SHo'rtan” va “Paxtakor” ham navbati bilan “dam olishadi”. Bu ham ularga tasir qilishi mumkin. Agar “Obod” ikkinchi davra boshlanmay chetlatilganida oliy liganing 15ta jamoasi bir xil sharoitga ega bo'lib, hamma bitta kam o'yin o'tkazgan bo'lardi (texnik g'alaba o'z yo'liga, bu erda gap jamoalarning o'yin amaliyoti haqida boryapti), natijada bundan hech kimning nolishiga hojat qolmasdi. Ammo endilikda boshqacha vaziyat yuzaga kelgan. Kimdir o'yin amaliyotisiz qolib ketganidan keyin murabbiylar bu gapni albatta eslab o'tishadi.


“Obod” nega chetlatildi? 

Ana endi asosiy savolga javob berib ko'ramiz. PFL rasmiy sayti 6 oktyabr kuni kechki payt Toshkentning “Obod” klubi O'zbekiston chempionatidan chetlatilgani haqida rasman xabar berdi. Saytda yozilishicha, bunga bir nechta omillar sabab bo'lgan. Xususan, jamoaning PFL oldidagi qarzlari. Qarz ham kichkina pul emas - jami 112 million so'mni tashkil etyapti. SHundan 90 million so'm O'zbekiston chempionati va Kubogida ishtirok etish uchun azolik badal to'lovi, 15 million so'm O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan murabbiyni ro'yxatdan o'tkazgani hamda 7 million so'm turli jarima to'lovlari.

Bundan tashqari “Obod” mavsum boshidan beri oliy liga klublarini licenziyalashtirishga doir birorta hujjatni PFLga taqdim etmagan. Malumki, licenziyalash OFK tomonidan PFL oldiga qo'yilgan talab bo'lib, xalqaro tashkilot aynan shunga ko'ra o'zbek futboliga baho beradi. Klub tizimida licenziyalash bo'yicha alohida menejer ishlamagani bois ko'pchilik bunga panja orasidan qarab kelgan. Hartugul matbuot kotibi Furqat Nishonov o'z ishidan ortib bo'lsayam, qaysidir hujjatlarni to'g'rilab qo'ygan, ammo bu ish matbuot kotibining vazifasiga kirmaydi. Har qanday klub shtatida aynan licenziyalash bilan shug'ullanuvchi alohida shaxs faoliyat yuritishi shart, xuddi yurist, buxgalter, sport direktori alohida ishlaganidek.

Bu ham mayli, eng dahshatlisi “Obod”ning ikkinchi davradagi ikkita o'yini shubhali ekanligi ochiqchasiga bayon etildi. Aytish mumkinki, bunaqasi oldin ro'y bermagandi. Federbet degan xalqaro tashkilot O'FFga “Obod”ning ikkita o'yini shubhali ko'ringani haqida xat jo'natdi. Bu oliy liganing 20-turidan o'rin olgan “Obod” - “So'g'diyona” (2:4) va 22-turdagi “Obod” - “Nasaf” (0:6) bahsi. Bu erda gap mazkur uchrashuvlarning kelishilgani haqida bormayapti, balki “Obod” atayin yutqazib berish uchun maydonga tushgan degan mano kelib chiqyapti. 

Natijada kelishilgan o'yinlar va totalizatorga qarshi kurashadigan Belgiyadagi tashkilot Federbetning rasmiy xati ham “Obod”ning chetlatilishiga asos sifatida xizmat qildi. “Obod” chetlatilgani bilan klub o'z xodimlariga mehnat shartnomasi bo'yicha yil oxirigacha barcha oylik maoshlarni to'lab beradi. 


“Obod” totalizator o'ynaganmi? 

Badal pullarini vaqtida to'lamaslik, licenziyalashga doir hujjat topshirmaslik - bularni tushunsa bo'ladi, ammo klubning ikkinchi davradagi ikkita o'yinini shubha ostiga olish uchun jiddiy asos bo'lish kerak. Yo'q, bu bilan biz “Obod” “toza jamoa” hech qachon bunday ishlarga qo'l urmagan demoqchi emasmiz, shunchaki shu gap aytilishi uchun jiddiy sabab bor yo yo'qligiga qiziqyapmiz. Negaki bizdagi qonunchilikka ko'ra, totalizator, qimor kabi azart o'yinlar o'ynash taqiqlanadi va bunday o'yinlarda qatnashganlar jazolanishi mumkin. 

Savol tug'iladi: totalizator o'zi nima? “Totalizator” so'zi francuzcha “totalisateur”dan olingan bo'lib, hisoblash, yakunlash kabi manolarni beradi. Oddiy qilib aytganda, totalizator bu mo'maygina pul yutib olish maqsadida bukmeykerlik kompaniyasiga pul tikish deganidir. Evropada dastlab otlar poygasiga pul tikish boshlangan, lekin bugungi kunga kelib deyarli barcha sport turlarida totalizator o'ynaladi. Futbol ham shular qatorida.

Endi “Obod”ning totalizator o'ynagan-o'ynamaganiga kelsak, bu haqda bir narsa deyish qiyin. Avvalo bunga isbot kerak. Qolaversa, doim yutqazib yuradigan jamoa totalizatordan qanday qilib pul ishlashi mumkin? Doim o'zining mag'lubiyatiga pul tikaversa, koefficient tushib ketadi va bundan biror foyda chiqmaydi. Qolaversa, “Obod” totalizatorda ishtirok etmagani haqida klub bosh murabbiyi Andrey Demchenko ham aytib o'tdi. Mayli, murabbiy o'z jamoasi yonini olish maqsadida shunday degan ham deylik, lekin PFL qo'lida tayyor xat bo'la turib nega klubga nisbatan boshqacha chora ko'rmadi? Musobaqadan chetlatish eng oson yo'l, ammo qiyin usullar ham bor-ku. SHunda ham O'FF va PFL Federbetning ikki enlik xatiga ko'ra qaror chiqardi deb aytish qiyin. CHunki chetlatishdan oldin jamoaga nisbatan agar ikkita o'yini rostan shubhali bo'lsa, avval tegishli tashkilotlarga xabar berib jinoiy ish ochish talab qilinardi. Demak, bu erda boshqa gap borga o'xshaydi.


Klub rahbari shunday to'xtamga kelgan bo'lishi mumkinmi? 

Faraz qilamiz, “Obod” futbol klubi sobiq rahbari Komil Islomov jamoani oliy ligada ushlab turgandan foyda yo'q degan xulosaga kelgan bo'lishi mumkinmi? Mumkin, albatta. CHunki Komil aka - tadbirkor, bir so'm sarflab ikki so'm foyda ko'rishni xohlaydi. Ammo ko'rinib turibdiki, o'zbek futbolida foyda qilish qiyin, futbolimizning turgan-bitgani xarajat. Ehtimol mana shu omil Komil Islomovga badal pulining qolgan qismini to'lamaslik uchun asosiy sabab bo'lgandir.

SHu o'rinda bir narsani aytib o'tish kerak, “Obod” rahbarining 8-turdan keyin hafsalasi pir bo'la boshlagan. Negaki shu turda “Obod” “Lokomotiv” mehmoni bo'lib, 0:7 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Vaholanki, jamoa o'tgan yil TTZdagi stadionda “Loko” bilan 1:1 o'ynagandi. O'z darvozasidan javobsiz ettita gol o'tkazib yuborgan “Obod” keyinchalik “Jar” stadionida “Qizilqum” bilan durang o'ynadi, “Dinamo”ni esa 3:1 hisobida mag'lub etdi. Ammo rahbarning xayolidan 0:7 mag'lubiyat chiqmagan, shundan so'ng klubni moliyalashtirish sekin-asta to'xtay boshladi.

SHunday bo'ldiki, futbolchilar “Mashal”ga qarshi bahsga o'z hisoblaridan borib kelishdi. O'sha vaqt jamoada o'ynab yurgan Anvar G'ofurov Muborakka borib-kelish yo'lkira xarajatlarini o'z yonidan to'laganini avvalgi murabbiy Rauf Inileev aytib bergandi. “Obod” aslida birinchi davradan keyinoq o'z faoliyatini to'xtatishi kerak edi, lekin klubga yangi homiylar kelgach, jamoaning ikkinchi davrada ishtirok etishi oydinlashdi. Afsuski, yangi homiylar borasida aniq malumot ola bilmadik. Ular na rasman tanishtirildi, na matbuot anjumani o'tkazildi, na xalqqa biron bir malumot berildi. Bilganimiz shuki, ikkinchi davraga o'n kuncha vaqt qolganida jamoani ukrainalik murabbiy Andrey Demchenko qabul qilib oldi.


SHubhali ikkita o'yinda nimalar ro'y bergan? 

Endi “Obod”ning shubhali deya aytilgan o'sha ikkita uchrashuvi haqida fikr yuritamiz. SHaxsan o'zim ikkala uchrashuvni ham stadionda kuzatganim bois bu borada o'z qarashlarim bor deya olaman. Dastlab “Obod” - “So'g'diyona” uchrashuvi haqida. Bu o'yin 7 sentyabr kuni TTYMI stadionida o'tkazilgan. PFL saytidagi protokolga ko'ra, o'yinni 174 nafar muxlis kuzatib borgan. O'yinning 6-daqiqasida “So'g'diyona” futbolchisi hisobni ochadi. Oradan ikki daqiqa o'tib mezbonlar hisobni tenglashtirishadi. Birinchi taym 1:1 hisobida yakun topadi. Ikkinchi taym boshlangach, oradan uch daqiqa o'tib bu safar “Obod” hisobda oldinga chiqib oladi. 52-daqiqada mehmonlar gol urishadi - 2:2. Keyinchalik 63 va 85-daqiqalarda “So'g'diyona” ikkita gol urib g'alabani ilib ketadi. 

O'yinda jizzaxliklar to'liq ustunlik qila olishmagan, shunchaki vaziyatlardan ustamonlik bilan foydalanishgandi. Bu bellashuvga kelishilgan degan tarif berishdan yiroqmiz, ammo “Obod” go'yoki mag'lubiyatga tayyordek harakat qilgandi. Jamoa kichik hisobdagi g'alaba tugul, hatto durangni ushlab qolmagan. O'yindan keyin “Obod” bosh murabbiyi Andrey Demchenko shunday degandi: “Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng yigitlar hujumga o'tib ketishdi va o'z-o'zidan himoyada bo'sh zonalar paydo bo'ldi. Raqib bundan unumli foydalandi. Darvozamiz tomon yo'llangan aniq zarbalarning deyarli 95 foizi golga aylandi. Hujumga o'tdik, ammo himoyada tartibli harakat qila olmadik”.

Yana bir shubha ostiga olingan o'yin 22 sentyabrda o'tkazilgan bo'lib, bunda “Obod” “Nasaf”ni qabul qilgan. Bahsda qarshiliklar 6:0 hisobida zafar quchishadi. Maydon egalari o'yinni har qalay yaxshi boshlashgandi. Ammo 26-daqiqada hisob ochilganidan keyin “Obod” o'yinni butunlay tashlab yuborgani hamon yodimda. Birinchi taymda hisob mehmonlar foydasiga 2:0 ko'rinish oladi. Tanaffusdan keyin esa “Obod” o'z darvozasidan yana to'rtta gol o'tkazib yuboradi. 66, 72, 74 va 80-daqiqalarda kiritilgan gollar “Nasaf”ning 6:0 hisobida g'olib bo'lishini taminlaydi. 

Bemalol aytish mumkin, mana shu bahs men ko'rgan o'yinlar ichida “Obod”ning eng nursiz o'yini bo'ldi. Jamoa umuman xohish yo'qdek, nima uchun to'p tepayotganini bilmaydigandek harakat qilgandi. Bunday futboldan “Nasaf” ham zerikib ketgandi. Kim stadionga borgan bo'lsa, tezroq tugasa yaxshiydi deb o'tirgandi. Bahs yakuniga etgach, Andrey Demchenko yirik mag'lubiyatga shunday izoh bergandi: “Nasaf” yaxshi jamoa. Ularning o'yinini o'rganib chiqqandik. Bizning jamoa qanday o'ynagani meni taajjubga soldi. Raqib “Milan”, “Barselona” yoki “Real” emas. Qo'l ostimdagi bazi futbolchilar oliy ligada o'ynashga loyiqmas. Agar senda mahorat kam bo'lsa, uni jismoniy harakatlar bilan qoplashing lozim. Yugurish, raqibga xalal berish, lekin biz buni uddalay olmadik. Bir so'z bilan aytganda, himoyadagi o'yinimizdan lol qoldim”. 

Xulosa o'rnida

Endi qaysi gapni gapirmaylik, “Obod” baribir oliy ligada ishtirok etmaydi. Bu borada PFL qarori chiqib bo'ldi. Tushunamiz, oliy ligada biror jamoani ushlab turish nihoyatda qiyin. Agar yirik kompaniya yoki hokimiyat yordam bermas ekan, istalgan klubning boshiga bugungi “Obod” holi tushishi mumkin. 

SHu o'rinda “Obod” sobiq rahbari Komil Islomovga minnatdorchilik bildirsak arziydi, chunki u kishi tadbirkor bo'lgani uchun topgan pullarini futbolga emas, boshqa sohaga sarflashi mumkin edi. Ammo o'zbek futboli rivojiga men ham hissa qo'shay degan maqsadda “Obod” jamoasini tuzib, klub shunchalik faoliyat yuritishida bosh-qosh bo'ldi. Aytib o'tganimizdek, shuncha futbolchi-yu, murabbiylarni ushlab turishning o'zi bo'lmaydi. “Obod” muxlislarga SHohruz Norxonov degan hujumchini kashf qilib berdi. Ko'p o'yinlari ishqibozlarga zavq bag'ishladi. Bu jamoa o'zining qisqa faoliyatida o'zbek futboli uchun nimadir bergan bo'lsa, bundan hammamiz xursand bo'lamiz. 


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика