So’nggi yangiliklar

02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  1 01:59HERE WE GO! Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтади!  43 01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  6 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  2 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  6 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  10 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  2 21:46Нойер қайтмоқда  3 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  8 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1

Mulohaza: “Navbahor”ga nimadir (kimdir) etishmayapti Yangiliklar

Mulohaza: “Navbahor”ga nimadir (kimdir) etishmayapti

Namangan viloyatining bosh jamoasi “Navbahor” oliy liganing 14-turida “Lokomotiv” mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'yindan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etib, jamoasi o'yiniga nimadir etishmayotganini aytib o'tdi. Aslida bu jamoaga kimdir etishmayapti desak ham bo'ladi. SHu bois matbuot anjumanida bosh murabbiyga quyidagicha savol berildi:

“Jamoangizga qanday darajadagi o'yinchi kerak deb hisoblaysiz?”

Baxtiyor Ashurmatov bu savolga javoban bizga o'yinni yaxshi o'qiy oladigan, markazda harakat qiluvchi, hujumlarga ko'proq qo'shiladigan va kerak paytda o'zi gol uradigan futbolchi kerak deb aytib o'tdi.



Jamoa tarkibiga nazar tashlasangiz, “Navbahor”da yaxshi o'yinchilar jamlangan. Tayanch nuqtasida Azim Ahmedov harakat qilmoqda, hujumchilar ortida esa Mansur Saidov o'ynamoqda. Lekin nima uchundir Mansurning o'yini “Lokomotiv” bilan kechgan bahsda qovushmadi. Natijada u tanaffusdan keyinoq almashtirildi.

Lekin uning o'rniga maydonga tushgan SHahboz Erkinov ham bir taym davomida o'yinga kirishib keta olmadi. Legioner futbolchi Ruslan Kachur esa hartugul o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Ashurmatov shuningdek birinchi bo'lim davomida Otabek Valijonovga ham ko'p bora etiroz bildirdi va uni ham birinchi taymdan so'ng almashtirib yubordi.

Baxtiyor Ashurmatov fazilatlarini sanab o'tgan futbolchini o'zimizning oliy ligada kunduzi chiroq yoqib topish ham qiyin bo'lib qoldi. Lekin ular bundan xafa bo'lmasligi kerak, negaki jamoada Mansur Saidovdek ajoyib pleymeyker bor. Saidovning o'yini bir qovushsa, uni to'xtatib qolish amrimahol. Buni yarim himoyachi “Neftchi”da to'p tepib yurgan kezlari ko'p bora ko'rganmiz. Qolaversa, “Lokomotiv”dan o'tgan Dilshod Jabborov ham chakki emas. Agar Dilshod Azim Ahmedov bilan yonma-yon, Mansur Saidov esa ulardan sal oldinroqda harakat qiladigan bo'lsa, jamoaning markaziy yarim himoyasida ajoyib uchlik yuzaga keladi.



SHunda qanotdagi o'yinchilarning faolligi oshadi, ularga ko'proq erkinlik yaratiladi va albatta, hujumchilarning orqaga qaytishiga hojat qolmaydi. Faqat hamma gap bosh murabbiy bu o'yinchilarning xizmatidan qay tariqa foydalanishida qolyapti. “Navbahor” ustozi yil boshida futbol o'ynaydigan tarkibni yig'a oldi, shunga qaramay jamoaning 10-o'rinda borayotgani g'alati ko'rinmoqda. “Jar” stadionida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi bilan kechgan nazorat bahsida namanganliklar yirik 1:5 hisobida mag'lub bo'lishdi. O'sha o'yinda jamoa himoyasi va darvozaboni juda bo'sh harakat qildi. Xuddi shu muammo “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda ham ko'zga tashlandi. Faqat darvozabon Doniyor Usmonov ko'p xatolarga yo'l qo'ygani yo'q.

Bizga malum bo'lishicha, Janubiy Koreyaning Inchon shahrida o'tkaziladigan Osiyo o'yinlariga “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham boradi. Bilasiz, u kishi terma jamoada Mirjalol Qosimovning yordamchisi hisoblanadi. Futbolchilarimizning Inchonga 12 sentyabr kuni uchib ketishini hisobga olsak, oliy liga taqvimida shu kuni “So'g'diyona” - “Navbahor” bahsi yozib qo'yilgan. Demak, bu o'yinda Baxtiyor Ashurmatov bo'lmaydi. Undan keyin “Navbahor” 20 sentyabr o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi, 26 sentyabrda “Andijon” mehmoni bo'ladi va 1 oktyabr kuni yana Namanganda “Paxtakor” bilan kuch sinashadi.



Ko'ryapsizmi, oson bahsning o'zi yo'q. Ketma-ketlik bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Andijon” va “Paxtakor”. To'rtta klubdan ikkitasi oliy ligada qolish uchun, ikkitasi chempionlik uchun kurashyapti. Matbuot anjumanida Baxtiyor Ashurmatov men Inchonga ketsam, yordamchilarim jamoani boshqarib turadi deb aytdi. Yordamchilari kimlar? Zohid Nurmatov bilan Mustafo Bayramov. Lekin yaxshi bilasiz, zamonaviy futbolda bosh murabbiyning roli katta. Qolaversa, bizda shunaqangi futbolchilar borki ular faqat bosh murabbiyga quloq solishadi.

Masalan, Orif Mamatkazin ham “Paxtakor”dan uchralgan mag'lubiyatda bosh murabbiy Sergey SHevchenkoning zaxira o'rindig'ida o'tirmagani o'z tasirini ko'rsatganini aytib o'tdi. SHundan kelib chiqib aytganda, Ashurmatovsiz qoladigan jamoa oliy liganing uch-to'rtta o'yinida qiynalib qolmasmikan? Buni kuzgi o'yinlar paytida bilib olamiz. Hozir esa “Navbahor”ni oldinda “Buxoro”, “Neftchi”, “Nasaf” va “Metallurg” bilan bo'ladigan uchrashuvlar kutib turibdi va jamoa avgustda bor etiborini shu bahslarga qaratadi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика