Mullajonov, Salomov, Erkinov va bir qator futbolchilar “Buxoro” yig'inida
05 jan 2018 21:47
Yangiliklar
Mullajonov, Salomov, Erkinov va bir qator futbolchilar “Buxoro” yig'inida
Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, mashg'ulotlar asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. SHu bois bugungi kundagi mashg'ulotda ham futbolchilar asosan jismoniy yuklamalarni olish bilan mashg'ul bo'ldi.
O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan xayrlashilgani xususida xabar bergandik. Ularning o'rnini to'ldirish maqsadida murabbiylar bir qator futbolchilarni jamoaga taklif etgan. Xususan bugungi mashg'ulotlarda ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan, SHavkat Mullajonov, Rahmatullo Berdimurodov (“Olmaliq”), SHavkat Salomov (“Atirau”- Qozog'iston), SHahboz Erkinov (“Nasaf”), Sardor Sulaymonov (“Dinamo”) hamda Behruz Sadillaev (“Paxtakor”) singari futbolchilar ishtirok etdi.
Ushbu yig'in chog'ida jamoa bir nechta sinov-nazorat o'yinlarida ham maydonga tushadi. Hozircha sparring-raqiblarning nomi malum emas.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar