So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  0 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

Muhtaram Yurtboshimizdan bayram tuhfasi: Andrey Miklyaev va Timur Kapadze taqdirlanishdi Yangiliklar

Muhtaram Yurtboshimizdan bayram tuhfasi: Andrey Miklyaev va Timur Kapadze taqdirlanishdi

SHu kunlarda mamlakatimiz bo'ylab bayram shukuhi kezib yuribdi. Joylarda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga atab katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Bugun mana shunday tadbirlardan biri “O'zbekiston temir yo'llari” akcionerlik jamiyati boshqarma binosida bo'lib o'tdi. Tadbir davomida bir necha nafar temiryo'lchilar qatori “Lokomotiv” professional futbol klubining ikki vakili ham taqdirlandi. “Lokomotiv” futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Miklyaev hamda jamoamiz sardori, tajribali yarim himoyachi Timur Kapadze muhtaram Prezidentimiz tomonidan tasis etilgan “O'zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Malumot uchun, ushbu nishon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil, 1 iyuldagi farmoniga muvofiq tasis etilgan.

Ushbu nishon bilan yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, manaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taminlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do'stlik-totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va sanatimizni rivojlantirish, sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarimizni vatanparvar, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo'shib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohasi vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.

Esdalik nishonni “Lokomotiv” PFK vakillariga “O'zbekiston temir yo'llari” akcionerlik jamiyati boshqaruv raisi Achilbay Jumaniyazovich Ramatov topshirdi. SHu o'rinda “Lokomotiv” PFK bosh murabbiyi Andrey Gennadevich Miklyaev hamda jamoamiz sardori Timur Tohirovich Kapadzeni ushbu esdalik nishoni bilan tabriklaymiz. Yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo'lsin!

“Lokomotiv” PFK mamuriyati.







Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика