So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  22 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  2 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  23 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  69 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  5 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0

Muhsinjon Ubaydullaev: "Neftchi"ning chorlovi boshqa jamoalarning taklifiga rad javobini berishimga sabab bo'ldi" Yangiliklar

Muhsinjon Ubaydullaev: "Neftchi"ning chorlovi boshqa jamoalarning taklifiga rad javobini berishimga sabab bo'ldi"

Yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'yayotgan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z tarkibini kuchlilar bilan to'ldirmoqda.

Yangi yilning ilk kunlaridan ushbu jamoa himoya chizig'ini Navoiyning “Qizilqum” jamoasida to'p surib kelgan Muhsinjon Ubaydullaev bilan kuchaytirdi. Tajribali himoyachi ushbu transferdan keyingi fikrlari bilan bo'lishdi.


- Yangi mavsumda yangicha ko'rinishdagi va qadrdon jamoangizda o'tkazish rejasi, bir so'z bilan aytganda “Neftchi” ga qaytish qarori qachon ro'y berdi. Kimningdir taklifi bilan qaytdingizmi?

- Avvalo barchangizni yangi yil bilan tabriklayman. “Neftchi” jamoasiga kelsak, ushbu jamoa menga begona emas. Qolaversa yangi mavsumda “Neftchi” jamoasi o'z oldiga jiddy maqsadlar qo'ygan. Undan ham tashqari, bu erda oilam bilan birga bo'laman. Taklifga kelsak shaxsan jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovning o'zlarining taklifi bilan Farg'onaga qaytmoqdaman.

- Boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lganmidi?

- Hozirgacha bir nechta takliflar bo'ldi. Lekin ular orasida menga “Neftchi” ning borligi boshqa takliflarni rad javobini berishimga sabab bo'ldi.

-  "Qizilqum" jamoasida o'tkazgan davringizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Albatta qo'nglim to'ldi. Birinchi navbatda futbolchi sifatida o'sishga erishdim. Ko'plab do'stlar orttirdim. Bir so'z bilan aytganda ushbu jamoadan minnatdorman va yangi mavsumda ham ularga omad tilab qolaman.

- Ushbu masumda jiddiy maqsadlarni ko'zlayotgan jamoada, kuchlilar qatorida o'zingizni yo'qotib qo'yishdan qo'rqmaysizmi?

- Raqobatga doimo tayyor bo'lganman va bundan keyin ham tayyorman. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Demak o'z ustimizda ishlashda davom etamiz...


SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика