So’nggi yangiliklar

18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:10Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  2 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   1 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  33 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  14 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   4

Muhsin Ubaydullaev - Meksika, jarohat va Elguja haqida Yangiliklar

Muhsin Ubaydullaev - Meksika, jarohat va Elguja haqida

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sobiq himoyachisi Muhsin Ubaydullaev ushbu mavsumni "Qizilqum" safida boshladi.

Jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib bo'lgan Ubaydullaev bilan suhbat qurishga qaror qildik.

- Odatiy savol, futbolga qanday kirib kelgansiz?

- Futbolga kirishim juda ajoyib bo'lgan. Taxminan 15 yoshda o'zim tug'ilib o'sgan Buvayda tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabi stadionda mashg'ulot o'tkazyatgan bolalarni tomosha qilib o'tirganimda birdan birinchi murabbiyim Hoshimjon O'tanovga borib meni ham sinab ko'rishini so'radim shunda u mayli formang bo'lsa kiyib bizga qo'shil degandilar.
 
- Professional futbolga qanday o'tgansiz?

- Toshkentdagi tayyorlov guruhlari o'rtasidagi chempionatga Farg'ona viloyati sharafini himoya qilib borganmiz. Ushbu musobaqada qatnashganimizda Aleksey Evstafeev va Ahmadjon Musaev meni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga taklif etishgandi. Yig'inda qatnashgan paytda Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan birinchi professional shartnomamni tuzganman. Fursatdan foydalanib o'z yo'limni topib ketishimda menga futbol saboqlarini o'rgatgan Xushbek Qosimov va Rustam Aripovlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.


 
- 2011 yilda siz U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgansiz. Meksikadagi mundialdan qanday xotiralar qolgan?

- Meksikadan ajoyib taassurotlar bilan qaytganmiz. Dunyoning narigi chekkasiga borib u erdagi mahalliy muxlislarni o'zimizga qarata olgandik. Jahonning eng kuchli 8 terma jamoasi orasiga kira olgandik. Murabbiylar juda ham ahil jamoani yig'ishgan edi. G'alabalarimizning omili birdamliligimizda edi.
 
- “Paxtakor” klubida deyarli maydonga tushmagansiz. Farg'onaning “Neftchi”ga o'tish qanday amalga oshgan?

- 2015 yilda Murod Ismoilov “Neftchi” bosh murabbiyi edi va meni o'z jamoasiga taklif qildi. O'ylanib o'tirmasdan bu taklifni qabul qilib “Neftchi” jamoasi bilan shartnoma tuzdim. Murod Ismoilov Meksikadagi mundialga yordamchi murabbiy sifatida borgan edi. SHu bois ushbu murabbiyni juda yaxshi bilar edim.
 
- Bu yil boshida sizni Muborakning “Mashal” klubiga o'tganingiz elon qilingandi. Biroq mavsumni “Qizilqum” safida boshladingiz.

- To'g'ri yil boshida “Mashal” bilan shartnoma tuzgandim. Lekin jamoa PRO-ligada ishtirok etadigan bo'ldi. SHunda “Mashal” klubi rahbarlari kimda Superligadan taklif bo'lsa ketishimiz mumkinligini aytishdi. Bu orada Hamidjon Aktamov Navoiyning “Qizilqum” klubiga taklif qildi.
 
- Demak "Mashal" sizni ijaraga bergan?

- Yo'q, "Qizilqum"dan taklif tushgach "Mashal" bilan kelishgan holda shartnomani bekor qilgandik. Ayni paytda Navoiy klubining to'laqonli azosi hisoblanaman.


 
- "Qizilqum"ning bu yilgi maqsadi qanday?

- Superliga bu yildan yangi formatda o'tkazilmoqda. Birinchi bosqichda "Qizilqum" o'z oldiga kuchli oltilikka kirishni maqsad qilib qo'ygan.
 
- Ushbu mavsum kashifyoti sifatida tilga olinayotgan Elguja Grigalashvili bilan bir jamoada to'p tepayapsiz. U qanday inson?

- Futbolchi sifatida juda professional. Insonlik tomondan maydonda ham, uning tashqarisida ham juda ham samimiy va quvnoq inson.
   
- Yuqorida Superliga yangi formatga o'tdi dedingiz. Yangi mavsum haqida fikrlaringiz qanday?

- Bu yilgi bahslar juda ham shiddatli o'tmoqda, jamoalar va o'yin saviyasi ham o'sgan. Eng asosiysi barcha o'yinlar tomoshabop va qiziqarli kechmoqda. Bironta uchrashuv oson o'tayotgani yo'q.
 
- Futbolda omadliman deya olasizmi?

- Albatta omadliman. Sababi faoliyatimda umuman jiddiy jarohat olmaganman, bundan keyin ham bo'lmasin.


 
- Yoshlikda futbolga kirib kelganda o'z oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

- Kichkinaligimda maqsadim bitta edi xorijda o'ynash. Xudo xohlasa shu maqsad sari intilishda davom etaman.
 
- SHu kungacha xorij klublaridan taklif bo'lganmi?

- Yo'q hozircha bo'lmagan. Biroq hali yoshman va taklif bo'lishiga ishonaman.
 
- "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovga qanday tarif berasiz?

- Hamidjon G'ulomovich juda ham bosiq va o'z ishiga professional yondashadigan murabbiy.
 
- OAV orqali kimlarga rahmat aytmoqchisiz?

- Yuqoridagi sanab o'tgan barcha insonlarimga rahmat aytmoqchiman. Doim sog'-salomat bo'lishsin. Futbolchilarni tarbiyalashdan charchashmasin.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика