So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Muhsin Nizomiddinov: “Tartib-intizom va ahillik muvaffaqiyatlarimiz garovi bo'lmoqda” Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: “Tartib-intizom va ahillik muvaffaqiyatlarimiz garovi bo'lmoqda”

Yoshlar ligasida “Qo'qon-1912” jamoasi mana 7-turki mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Buning natijasida jamoa turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.


 Kecha “Qo'qon-1912” – “Buxoro” (3:2) uchrashuvidan so'ng yoshlar jamoasi murabbiyi Muhsin Nizomiddinov bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik.

- Muhsin aka, avvalo jamoangizning navbatdagi muhim g'alabasi bilan tabriklaymiz. Dastavval o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

- Uchrashuvda yigitlarning xarakatlaridan ko'nglim to'ldi. O'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaganimizni hisobga olib aytadigan bo'lsak, bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. SHuning uchun bor etiborni uch ochkoni qo'lga kiritishga qaratdik. Bugun futbolchilarning ishtiyoqi evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman. Negaki bu yil Qo'qon shani uchun jon qoyitib o'ynaydigan yigitlarni yig'ganmiz. Ularning ko'zida o't yonib turishi kishini xursand qiladi va bu ham qaysidir manoda g'alabamiz garovi bo'lmoqda deyishim mumkin.

- Oldingi bahslarda o'zini ko'rsatishga erishgan markaziy yarim himoyachi Oybek Rustamovning bugungi uchrashuvda o'ynamaganini qanday izohlaysiz?

- Istardimki ushbu futbolchini bugungi uchrashuvda ham yordam berishini. Afsuski Rustamovda jaroxat bor edi. Oybek 1997 yilda tug'ilgan yoshlar terma jamoasiga nomzod o'yinchimiz sanaladi. Umid qilamanki keyingi bahslarda uning xizmatidan foydalanamiz. Undan tashqari yana jarohat sabab bizga yordam bera olmayotgan 2-3 nafar o'yinchilarimiz bor. Laziz Nazirov bilan Ibrohim Muxtorov. Ularni ham keyingi o'yinlardan maydonga tushira boshlaymiz.  

- CHempionatning 7 turi ortda qoldi. Boshqaruvingizdagi “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasi esa 6ta o'yin o'tkazib, mag'lubiyatga uchramasdan kelmoqda. Buning siri nimada?

- Eng muhimi jamoada tartib-intizom birinchi o'rinda turadi. Ko'z tegmasin yigitlar ahil. Men ham o'z navbatida ular bilan o'rtoq, aka kerak bo'lsa otadek muomalada bo'lib, jipslashtirishga urinaman. Vaqtida tanbeh berib, payti kelsa ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlayman. Yuqorida aytib o'tganimdek, futbolchilarda Qo'qon shani uchun munosib o'ynashga ishtiyoq yuqori. Har bir bahsda raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, uni xurmat qilgan xolda munosib kurashyapmiz.  

- Muvaffaqiyatli odim. Bu omadmi yoki tasodif?

- Omad 1-2ta o'yinda qulib boqadi va shunda muvaffaqiyat qozonish mumkin. O'ylaymanki biz mexnatimiz evaziga muvaffaqiyat qozonyapmiz. Yuqorida aytganimdek, jamoada tartib-intizom yuqori darajada. Bu juda muhim. Ustozimiz Yuriy Sarkisyan aytgandi: eng qiyin futbolchilarni o'yindan-o'yinga tayyorlash. Meni xursand qilgani 1-turda “Dinamo”ni maydonida g'alaba qozonganimiz. SHundan keyin kayfiyat ham ko'tarilib, yigitlarni o'zida ishonch ortdi.  

- Jamoangizning ketma-ket muvaffaqiyatlaridan so'ng ko'pchilik iliq fikrlarni bildirmoqda. Bunga qanday qaraysiz?

- Men sizga aytsam, hali yuqori cho'qqini zabt etdik deya olmayman. Garchi mag'lubiyatga uchramayotgan bo'lsakda, yigitlarning ko'pchiligidan hozircha ko'nglim to'lgani yo'q. Ular asosiy jamoada ham o'ynashi uchun yanada o'z ustida ishlashi zarur. Umid qilamanki yigitlar yanada o'sishga erishadi. To'g'ri, jamoani bu yil yangitdan tuzdik. Lekin qo'l ostimdagi yigitlarning ayrimlari turli yoshdagi terma jamoalarga nomzod o'yinchi sanaladi. Ishonamanki bizdan ham yana terma jamoa saviyasidagi futbolchilar etishib chiqadi.  

- Ochig'i, ko'pchilik “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasidan bu darajada yuqori o'rinlarni kutmagandi. Keyinchalik ko'pchilikning fikri keskin o'zgarib ketgani aniq. To'g'rimi?    

- Jamoani bu yil yangitdan tuzdik va uni munosib ravishda qo'ldan kelganicha shakllantirishga urindik. Balki siz aytgandek, ko'pchilik bizga boshida jiddiy qaramagandir. Lekin o'zingiz ko'rib turganingizdek, natijalarimiz ijobiy kechmoqda. SHundan keyin ayrim murabbiylar mendan maslahat so'rab, ish jarayon qanday ekanligi bilan qiziqdi. Bu juda quvonarli. Nasib qilsa ushbu ruhiyatni ushlab qolib, mavsumni yuqori o'rinlarda tugatishga xarakat qilamiz.

- Murabbiy sifatida bu yil debyut mavsumingizni o'tkazmoqdasiz. Taassurotlar qanday?

- Juda ham xursandman. Hayotim futboldan iborat. O'z sevgan kasbing bilan shug'ullanish bu – baxt. Yutqazishni sira xohlamayman. SHuning uchun doim Yaratgandan so'rayman, g'alabalarimiz soni ko'p bo'lishini. Uy joy, avtomashina bularning hammasi bor. Faqat murabbiy sifatida ishlab Qo'qonda kurashchan jamoa bo'lishida o'z hissamni qo'shish. O'zbekiston terma jamoalariga munosib futbolchilarni etkazib berish niyatim bor.  

- Rahbariyat tomonidan bo'layotgan etibor qay darajada?

- Rahbarlarimiz imkon qadar bizga qulay sharoitlarni yaratib bermoqda. Nolimaymiz va ishlashda davom etamiz. Mexnatimiz zoe ketmayotganini ko'rib, bir tomondan quvonasan kishi.

- Bosh murabbiy ham o'yinlarni ko'rib borayotgan bo'lsa kerak?

- Albatta, Rustam Rahmonovich har bir bahsimizga kelib, o'yinimizni kuzatmoqda va ayrim yoshlarni ko'z ostiga olib qo'ygan. Ularga yana ozgina vaqt kerak. Bosh maqsadimiz ham asosiy jamoaga munosib o'yinchilarni tayyorlab berish. O'ylaymanki yaqin orada yana Qo'qondan taniqli nomlar chiqadi. Bu yil biz yoshlar ligasida eng yosh jamoalardan birimiz desam xato bo'lmasa kerak. Rasmiy o'yinlarda ham ko'pincha yoshlarni maydonga tushiryapmiz.  

- Oldingi suhbatlarimizda tumanlarga borib yoshlarni ko'zdan kechiryapman, maqul kelganlarini yoshlar jamoasi ko'rigiga taklif etib, sinovdan o'tkazyapmiz degandingiz. Hozir ham ushbu jarayon davom etyaptimi yoki yana qishda kirishiladimi?

- Yo'q, selekciya jarayonini to'xtatmaganmiz. Garchi yoshlarni ayni dam PFL ro'yxatidan o'tkazishni imkoni bo'lmasada, ularni kuzatib boryapman. Bo'sh vaqtim bo'ldi deguncha bolalar va o'smirlar futbol maktablariga borib, iqtidorlilarni kuzataman. Ularning ro'yxatini ham tuzib chiqqanmiz va kuzatishda davom etamiz. CHunki kelasi yil yoshlar jamoamizdan asosiyga o'zini ko'rsatishga erishgan futbolchilarimiz o'tadigan bo'lsa, ularning o'rnini munosiblari bilan to'ldirish joiz bo'ladi. Yana qaytaraman Qo'qonda istedodli futbolchilar ko'p. Ishoning yana 2-3 yildan keyin chetdan o'yinchi ahtarishni xojati qolmaydi.

- Ortda qolgan 6ta o'yindan qaysi biri jamoangiz uchun qiyin kechdi deb hisoblaysiz?

- Bu borada Samarqanddagi bahsni aytgan bo'lardim. CHempionatning ilk rasmiy o'yini. Yigitlarning ko'pchiligi shu kuni katta futbolda debyut uchrashuvini o'tkazardi. Tabiiyki hayajon bo'ladi. Birinchi o'yindagi g'alabamiz keyingi uchrashuvlarga ruhan tetik bo'lishimizni taminladi. “Olmaliq” va “Mashal” bilan safarda o'ynadik. Aslida ulardan ham uch ochko olsak bo'ladigan uchrashuv edi. Ayrim sabablarga ko'ra, durang qayd etdik. “Mashal” tarkibida mahoratli o'yinchilar soni ko'p edi. Bizda esa aksincha deyarli yoshlar o'ynadi. SHunga qaramay ularga munosib qarshilik ko'rsata oldik. SHunda amin bo'ldimki, yoshlarimizga qo'rqmasdan ishonch bildirsak bo'laveradi. Nisbatan eng yoqqan o'yinlardan shu bo'ldi men uchun.

- Bugungi kunda nafaqat “Qo'qon-1912”da balki O'zbekistonda hujumchilar muammosi yuzaga kelgan. Bu borada siz qandan ish olib boryapsiz?

- To'g'ri takidladingiz. Haqiqatdan ham golni oldindin his qilish qobiliyatiga ega bo'lgan hujumchilar tanqisligi yuzaga kelgan. Imkon qadar mashg'ulotlarda hujumchilar bilan ham ahlohida ishlayapmiz. Bugungi o'yinda hujumchi Azamat Tursunovdan nisbatan ko'nglim to'ldi. U berilgan ko'rsatmalarni aniq bajardi va gol urdi. Qolgan hujumchilarimizda ham asta-sekin o'sish ko'zga tashlanmoqda. Oldingi chiziq vakillari bilan qanday ishlash kerakligi haqida sobiq hujumchilar bilan ham gaplashib, mashalahat olaman. Qolaversa Rustam aka Abdullaev ham o'z vaqtida hujumchi bo'lgani uchun bu borada ham yo'l-yo'riq ko'rsatib turadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика