So’nggi yangiliklar

22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   4 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  3 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0

Muhsin Nizomiddinov: "Rashid G'ofurovga tasanno" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Rashid G'ofurovga tasanno"

Pro-liganing 15-turida "Navbahor-Farm" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov o'z fikrlarini bildirdi.

- Ikki xil taym ko'rdik. 3 ochko maqsadimiz edi va bunga erishdik. Rashid G'ofurovga tasanno aytaman, yosh yigitlardan Pro-ligada kurasha oladigan jamoa shakllantiribdi. Mutaxassis sifatida uning faoliyati uchun minnatdorlik ham bildiraman. Yaxshi o'yin bo'ldi, kutilgan natijaga erishdik. Qo'qondan muxlislar keldi, bizni qo'llab turishdi. Ularga rahmat aytaman.

- Qo'shimcha daqiqalarda gol urilguncha g'alabaga ishonganmidingiz?

- Har bir murabbiy o'z jamoasiga ishonadi. Men ham jamoamga ishonaman. Birinchi bo'limda golga tortadigan 5ta vaziyatimiz bor edi. Agar ularning birortasidan foydalanganimizda bunchalik qiynalmasdik. Lekin "Navbahor-Farm" jamoasi ham biz kutgan o'yinni ko'rsatdi. SHu sababli bizga juda qiyin bo'ldi. Asosiysi - so'nggi daqiqada gol urib, g'alabaga erishdik.

- Qo'qondagi o'yinda jangovar 2:2 hisobi qayd etilgandi. O'sha o'yin bilan bunisi qanchalik farq qildi?

- "Navbahor-Farm" tarkibidagi yoshi katta futbolchilar ketgan, buni yaxshi bilamiz. Lekin shunga qaramay Rashid G'ofurov jamoasini zo'r tayyorlagan. Bundan xursand bo'ldim. SHu yigitlar bilan birinchi davradagidan-da kuchli jamoa yaratgan. Agarda ular shunday ketishsa, bunday o'rin ularga yarashmaydi. Ular bundan teparoqda bo'lish kerak. Lekin o'yin sifati birinchi davradagidan anchagina yaxshi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика