So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Muhsin Nizomiddinov: "Futbolchi - odam, u ham charchaydi" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Futbolchi - odam, u ham charchaydi"

Pro liganing 13-turi doirasida "Do'stlik" bilan uchrashuvdagi durangdan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- O'yin vaziyatlarga, hissiyotlarga boy bo'ldi. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, yakuniy hisob boshqacha bo'lardi.

- "Do'stlik"ning so'nggi natijalaridan kelib chiqib, "Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilari sekin o'yin bilan yutamiz deb o'ylashdi shekilli. O'yin yakuniga qadar futbolchilaringiz bor kuchi bilan o'ynashmadi.

- To'g'ri, shunday deyish mumkindir. Biroq Superliga o'yinlarida ham ko'ryapmizki, havo issiqligi sababli yuqori temp namoyish qila olishmayapti. Futbolchi ham odam, u ham charchaydi. Bugungi temp esa havoga yarasha bo'ldi. Havo uchun yaxshi temp ko'rsatdik. Siz aytgan narsa mensimaslik emas, sifatga taalluqli. Yigitlar havoga qaramasdan bor kuchi bilan yuguryapti, lekin ularda mahorat kam. SHu sababli futbolchilar noto'g'ri pas berib qo'yishadi, to'pni noto'g'ri to'xtatib qo'yishadi va o'yin sekinlashib, o'ylagan kombinaciyamizni chiqara olmayapmiz. SHuni hisobiga o'yinimiz sekinga o'xshamayapti.

- Bugungi o'yindan keyin jamoa 5-o'ringa tushib qoldi. Istefo haqida o'ylamayapsizmi?

- Buni rahbariyat hal qiladi. Biz ishlashda davom etamiz.

- Doniyor Ismoilov maydonga tushganidan keyin o'yin sifati yaxshilandi. Uni asosiy tarkibda maydonga tushirsa bo'lmasmidi?

- Har bir murabbiyning o'yinoldi rejasi bo'ladi. Rejamiz bo'yicha SHahzod Beshimov birinchi bo'limda tezlik berishi kerak edi. Havo issiqligi sababli birinchi bo'limda to'pni nazorat qilib turdik va shunga yarasha 3-4 vaziyat yaratdik. Doniyor Ismoilov esa katta tezlikka ega futbolchi, ikkinchi bo'limda raqiblar charchasa ulardan qochib ketib, vaziyatlar yaratishini reja qilgandik. Reja o'xshadi, shunchaki gol etishmadi.

- Hakamlik haqida nima deya olasiz?

- O'zimiz xato qildik. Ko'plab vaziyatlardan gollar ura olmadik. Bu futbol. O'zimiz aybdormiz. To'g'ri, havo ham, raqib ham golga halaqit qiladi. SHu sababli sifatli futbolchilar olib, o'yinlarga tayyorlanish kerak.

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida qaysi poziciyalarga futbolchilar olish rejada bor?

- Markaziy himoya, markaziy yarim himoya va hujum. Har bir o'yinda 5-6 ta vaziyatlarga ega bo'lyapmiz, lekin gollar ura olmayapmiz. Birinchi davrada yosh yigitlarga imkoniyat berdik va barchani ko'rib oldik. Barchada potencial bor deb ko'rib chiqdik. Ularning bori shu ekan, darajasini qo'shib yubora olmayapti. Agar qo'sha olishganida har bir o'yinda 3 ochko olgan bo'lardik. Bizga gollar etishmayapti. SHu sababli tarkibni kuchaytiramiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика