So’nggi yangiliklar

23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  4 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  18 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   102 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  70 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  3 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0

Muhsin Nizomiddinov: "Bugun o'zimiz kutgan o'yinni namoyish eta oldik" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Bugun o'zimiz kutgan o'yinni namoyish eta oldik"

Pro liganing 12-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "SHo'rtan" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Ikkinchi davra uchrashuvlari boshlangani bilan barchani tabriklayman. Bugun o'zimiz kutgan o'yinni namoyish eta oldik. Raqibimiz ham kuchli jamoalardan biri edi. G'alaba bilan muxlislarimizni va klubga mehnati singayotgan barchani tabriklayman. "SHo'rtan"ga kelgusi bahslarda omad tilayman. 

- Isoqjonov nega erta zaxiraga olindi? Uning o'yinidan ko'nglingiz to'lmadimi?

- U o'yindan uch kun avval guruhga qo'shildi. Qolaversa, u tovonidan biroz lat egandi. Tiklanish jarayoni og'ir bo'ldi. Isoqjonovni kuchli futbolchi deb bilamiz hamda uning tajribasiga ishonamiz. Jarohati sababli uni zaxiraga oldik va o'rniga yosh va tezkor o'yinchini maydonga tushirdik. SHu bois, qaror qabul qilishda adashmadik, deb o'ylayman. 

- Hujumchilardan qoniqish hosil qilyapsizmi?

- Ha. To'g'ri, ularda biroz kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Biroq hali ikkinchi davraning ilk uchrashuvini o'tkazdik. Davralar oralig'ida o'rtoqlik o'yinlari orqali tayyorgarlik ko'rdik. O'sha bahslarda oldingi chiziq vakillari menda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu borada hali ishlaymiz.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика