Muhsin Nizomiddinov: "Bugun bizga gol etishmadi"
04 iyu 2024 23:09
Yangiliklar


Muhsin Nizomiddinov: "Bugun bizga gol etishmadi"
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yin haqida
- Bir tur oldin o'z maydonimizda og'ir o'yin o'tkazgandik. Bugun birinchi bo'limda o'z vazifamizni uddalashga harakat qildik. "Xorazm" jamoasi ham uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi. Muxlislarbop o'yin bo'ldi deb o'ylayman.
- Jamoangiz ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?
- Ha, albatta, o'yindan qoniqdim. Sekin-sekin yigitlar o'z o'yinlarini topib borishayapti. Bugun bizga gol etishmadi. Ko'rdinglar, yaqin masofalardan ham darvozani ishg'ol qila olmadik.
- SHahzod Beshimovning o'yinlari haqida fikringiz?
- Beshimov yaxshi futbolchi. Biroq, unda ham hozir ayrim joylarda mahorat etishmayapti. Vaziyatlarini urish kerak, shunda yanada kuchli bo'ladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar