So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Muhsin Nizomiddinov: "90 daqiqa hujum qildik, ammo to'p raqib darvozasiga kirishni istamadi" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "90 daqiqa hujum qildik, ammo to'p raqib darvozasiga kirishni istamadi"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Buxoro"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun bizning kunimiz emas ekan. Raqibda bitta vaziyat bo'ldi va sarosima natijasida gol o'tkazib yubordik. 90 daqiqa davomida hujum qilib, vaziyatlar yaratdik, ammo "Buxoro" qo'riqlayotgan darvozaga to'p kirmadi. Keyingi o'yinni "Aral"ga qarshi o'tkazamiz. Bugungi o'yinni qayta ko'rib chiqamiz. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Pro ligada dastlabki ikki o'yinda ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Keyingi o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Bunday natijalar qayd etilishida yangi o'yinchilarning kirishib keta olmagani sabab bo'lishi mumkin...

- Tarkibimiz 90 foiz o'zgardi. Bu bahona emas. Bizda etarlicha vaqt bor edi. Qolaversa, jamoani 60-70 foiz yoshartirdik. Futbolchilarni yomon deb bo'lmaydi. Ular hali bir-biriga moslashadi. Hali endi ikkita tur ortda qoldi. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика