So’nggi yangiliklar

14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  3 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  3 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6

Muhsin Muhammadiev Moskvada. “Buxoro”ni kim shug'ullantirmoqda? Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev Moskvada. “Buxoro”ni kim shug'ullantirmoqda?

Barcha jamoalar o'z qarorgohlarida 13 iyundan restart oladigan Superliga bahslariga tayyorgarlikni olib borishmoqda.

“Buxoro” jamoasi ham yig'inga kirishdi va mahalliy futbolchilar bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Hozirda bosh murabbiy Muhsin Muhammadiev Moskvada ekanligi bois, futbolchilarga Mirislom Hasanov boshchilik qilmoqda. Tojikistonlik mutaxassis biz bilan suhbatda bo'lajak rejalar, taqvim va hozirgi vaziyat haqida batafsil fikrlarini bildirib o'tdi.

“Jamoamiz mashg'ulotlarga kirishganiga uch kun bo'ldi. Birinchi kun futbolchilar asosan engil yugurish mashqlari bilan cheklandi. Taqvim bo'yicha 15 iyun kuni “Andijon” jamoasi bilan o'ynashimiz kerak. Menimcha, bahs Muborakda bo'lib o'tadi. CHunki, bilasiz uy maydonimiz chimi hali to'liq tayyor emas. Bu narsa mavsum boshlanishidan oldin malum edi. Hozir shunaqa fors-major holatidamiz.

Men oilam bilan Moskvadaman. Koronavirus tufayli to'g'ridan-to'g'ri reyslar qoldirilgan. Mening o'rnimga vaqtinchalik yordamchim Mirislom Hasanov boshqarib turadi, darvozabonlar bilan Nurillo Habibov ishlaydi.


foto: Mirislom Hasanov


Klublar murabbiylari bilan videokonferenciya orqali gaplashdik, fikrlashdik. Ayrimlar 11 iyundan davom ettirishni taklif qildi, yana kimdir 15 iyundan dedi. Mening fikrimcha bu sana hali biroz ertalik qiladi. Boisi, ikki hafta ichida futbolchilarni har tomonlama tiklash qiyin. Balki, men nohaqdirman. Lekin, 13-sanaga qadar jismoniy holatni maromiga keltirish murakkabdir. Jarohatlar ko'p kuzatilishi ehtimoli ham katta bo'ladi bunaqa sharoitda. Jahonda ham kamida uch hafta yoki 1 oy vaqt berishadi. Bizning jamoa tayyorgarlikni 1 iyunda boshladi.

Mavsumni omadsiz boshladik. Qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilamiz. Bu yil tarkibimiz 90 foizga yangilandi. Ijaradagilar va shartnomasi tugaganlar ketdi. Mahalliy o'yinchilarga etibor bermoqchimiz. Buxoroda iqtidorli futbolchilar ko'p”,- deydi Muhsin Muhammadiev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика