Muhsin Muhammadiev: "Haqiqiy erkakcha o'yin va biz uchun yoqimsiz durang"
27 noy 2019 20:32
Yangiliklar


Muhsin Muhammadiev: "Haqiqiy erkakcha o'yin va biz uchun yoqimsiz durang"
Coca Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev o'z fikrlarini bildirdi.
"Murosasiz va tajovuzkor o'yin bo'ldi, ikkala jamoa ham maydonda bir-birini ayamadi. Haqiqiy erkakcha o'yin va biz uchun yoqimsiz durang! Bizda ham, mehmonlarda ham hisobni ochish uchun imkoniyatlar bo'li. To'g'ri g'alaba ko'proq bizga kerak edi, buning uchun futbolchilarimni ayblamayman. Ular qo'llaridan kelgan barcha ishni to'liq bajarishdi. Hechqisi yo'q oldinda yana bir tur bor, yana bir harakat qilib ko'ramiz, balki o'xshab qolar...", - deydi Muhsin Muhammadiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar