Muhsin Muhammadiev: "Bunyodkor" o'yin davomida uchta xavfli vaziyat sodir etdi xolos"
30 sen 2019 22:43
Yangiliklar


Muhsin Muhammadiev: "Bunyodkor" o'yin davomida uchta xavfli vaziyat sodir etdi xolos"
"Bunyodkor" jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadievning fikrlari:
"O'yin og'ir o'tishini bilar edik. "Bunyodkor" jamoasi to'pni yaxshi nazorat qiladigan jamoalardan biri hisoblanadi.
Bugungi o'yindagi taktik ishlanmalarimiz shunga qaratilgan edi va biz o'z maqsadimizga erishdik deb ayta olaman. Raqib hujum qilishiga yo'l qo'ymadik. Etibor bergan bo'lsangiz, "Bunyodkor" jamoasida o'yin davomida uchta xavfli vaziyat bo'ldi xolos.
Yigitlarimizga rahmat aytaman, ular borlarini berib o'ynashdi va safardan muhim 1 ochko bilan qaytyapmiz", - deydi Muhsin Muhammadiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar