"Muhimi bolalar xursand". "Nasaf U-14" va "Andijon U-14" bosh murabbiylarining o'yindan keyingi fikrlari
04 okt 2021 18:01
Yangiliklar
"Muhimi bolalar xursand". "Nasaf U-14" va "Andijon U-14" bosh murabbiylarining o'yindan keyingi fikrlari
Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o'yinda Qarshilik yosh futbolchilar raqiblarini kichik 1:0 hisobida taslim qildi. O'yindan so'ng ikki jamoa bosh murabbiylarining fikrlarini tingladik.
Islom Ahmedov ("Andijon U-14" bosh murabbiyi) - Avvalo "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi o'yin bo'lgani uchun bolalar biroz hayajonlandi. Keyinchalik o'zlariga kelib olishdi. To'pni nazorat qilgan vaqtimizda hujumlarimiz samarasiz ketdi. Bugungi o'yinni qaytadan ko'rib chiqamiz. Tashkilotchilik proffessional darajada, deya olaman.
Zafar Ochilov ("Nasaf U-14 bosh murabbiyi) - Raqibimiz "Andijon U-14" yaxshi jamoa ekan. Guruhda bizga qarshi tushganidan so'ng o'zim qiziqib o'rganishni boshladim. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Bolalarga harakat qilishgani uchun rahmat aytaman. Navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Muhimi bolalar xursand.
Fikrlar