So’nggi yangiliklar

23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  0 22:35АПЛ. "Манчестер Сити" - "Ливерпуль" 0:2 (матнли трансляция)  135 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  0 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  59 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  4 20:48"Бавария" — "Айнтрахт". Таркиблар маълум  0 20:32"Бани Яс" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  5 19:17U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси пенальтилар сериясида Ўзбекистонни мағлуб этиб, ярим финал ва жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  417 18:31А Серия. "Наполи" меҳмонда "Комо"га мағлуб бўлди ва биринчи ўринга қайтиш имкониятидан фойдалана олмади  7 18:25Рафаэл Леау Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 17:58"Арсенал" Мойзе Кинни 52 млн еврога харид қилиши мумкин  2 17:21АПЛнинг икки гранди де Йонгнинг трансфери бўйича "Барселона" билан боғланди  3

Muhim janglar oldidan: A Seriya 21-tur prevyusi Yangiliklar

Muhim janglar oldidan: A Seriya 21-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining 21-turiga start beriladi.

"Fiorentina" - "Inter"

"Fialkalar"ning tarkib bilan bog'liq muammolari bor. Jamoa uchun juda muhim bo'lgan o'yinchilar Kastrovilli va Milenkovich maydonga tushmaydi. SHuningdek, Frank Riberi ham bahsni o'tkazib yuborish ehtimoli bor. Ammo Kokorin qaydnomadan o'rin oldi. Aleksandr boshlang'ich tarkibda maydonga tushmasligi mumkin, biroq joker vazifasini bemalol bajarishi mumkin. Antonio Konte ixtiyorida esa deyarli barcha o'yinchi bor. SHu sababli, u albatta kelgusidagi uchrashuvlarni ham hisobga olgan holda, istaganicha tarkibni o'zgartirishi mumkin. Ehtimol, Lautaroga dam berilar, Lukaku bilan juftlikda Sanches maydonga tushishi mumkin. Boshlang'ich tarkibda Kristian Eriksen bo'lish ehtimoli ham yo'q emas.

Jamoalar oxirgi marta yaqinda Italiya Kubogi doirasida uchrashgandilar va "neradzurri" qo'shib berilgan vaqtda g'alabani ilib ketgan. Bukmekerlar "Inter" yaqqol favorit ekanini takidlashmoqda. Umuman olganda, ular "fialkalar"ga ishonishmayapti.


"Yuventus" - "Roma" 

Bentakur diskvalifikaciya tufayli ushbu bahsda ishtirok etolmaydi, startda Rabo maydonga tushadi. SHuningdek, "Inter"ga qarshi bahsda dam olgan Morata, Keza va Bonuchchi tarkibga qaytishi kerak. Biroq Dibala maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda. "Roma"ning muammolari bisyor: Pellegrini o'ynamaydi. Fonseka esa uning o'rniga kimni tushirish haqida obdon o'ylab ko'rishi lozim. Biroq Pedro va El-SHaaravi safga qaytdi. Qiziq holat: Jeko murabbiy bilan yarashib oldi va o'tib ketishi mumkin bo'lgan jamoaga qarshi o'ynaydi.

So'nggi o'zaro bahsda durang qayd etilgan (2:2). "Yuventus" — favorit, jamoa ketma-ket olti uchrashuvda g'alaba qozondi va bu seriyani davom ettirishga kuchi etadi. Ammo "Roma" bunga qarab turmaydi. Bahs juda qiziqarli bo'lishi tayin.


"Atalanta" - "Torino"

"Atalanta"ning qanot bilan bog'liq muammolari bor, deyarli barchasi jarohat olgan. SHu sababli, kim bu poziciyani to'ldirishi hozircha aniqmas. Balki hujumkor o'yinchilardan biri bu vazifani o'z zimmasiga olar?! "Torino"ning tarkibdagi muammolari biroz kam. Sanarabiya koronavirus tufayli klubga yordam berolmaydi. Biroq himoyani yanada mustahkamlay oladigan Icco tuzaladi. Belotti bilan hamkorlik uchun katta ehtimol bilan Mandragora tushadi. Birinchi davra uchrashuvlarida "Atalanta" 4:2 hisob bilan g'olib bo'lgandi. O'yin favoriti — "Atalanta", lekin "buqalar" osonlikcha taslim bo'lmaydi.


"Jenoa" - "Napoli"

"Jenoa" yaxshi harakat qilmoqda. Balardini o'yin ritmini topishga muvaffaq bo'ldi va "grifonlar" ketma-ket ikki uchrashuvda g'alaba nashidasini quchdilar. Murabbiy tarkibni butkul o'zgartirishdan yiroq. SHomurodov zaxirada qolib, 2-taymda maydonga tushishi mumkin. "Napoli"da koronavirusga chalingan Fabian Ruis safga qaytishi mumkin. U to'liq o'ynamasligi mumkin. Insine va Mertenes esa maydonga tushmaydi. Ularning o'rniga Politano-Petanya-Lozano uchligi o'ynaydi. "Napoli" 1-davrada uyda "Jenoa" darvozasiga oltita javobsiz gol urgan. SHuning uchun, "partenopeyclar" favoritdir. Bir narsani takidlash lozim. CHorshanba kuni jamoa Italiya Kubogida ishtirok etdi va ancha kuch sarfladi. SHunday ekan, "grifonlar" kuchli futbol namoyish etishi mushkul. Balardini esa buni yaxshi tushunib turibdi...


"Milan" - "Krotone"

Piolining baxtiga CHalxanoglu o'yinga qaytadi va "rossoneri" hujumiga katta o'zgaruvchanlik qo'shadi. Benasser ham jismoniy formasini yaxshiladi va "Milan" maydoni markazini yanada to'ldiradi. To'g'ri, Ker — katta yo'qotish, lekin Tomorini sinab ko'rish ayni muddao. "Krotone"ga kelsak, u erda hammasi joyida. "Akulalar"da diskvalifikaciya qilingan Messinadan tashqari hech qanday yo'qotish yo'q. Ehtimol, so'nggi o'rinda borayotgan jamoa uchun buning katta ahamiyati yo'qdir. Klub mudofaasida nimadir o'zgarishi qiyin. Qolaversa, "Krotone" A Seriyada eng ko'p gol o'tkazgan jamoadir.

Birinchi davra uchrashuvlarida "Milan" hech bir qiyinchiliksiz g'alaba qozongan (2:0). Ko'rinib turibdiki, bu galgi bahsda ham "rossoneri" yaqqol favorit. Jamoa turnir jadvalida 1-pog'onada bormoqda va Milan klubi "akulalar" keskin harakat qilishiga shunchaki qarab turmaydi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика