Muhiddin Xudoyorov "Andijon"da
07 jan 2014 17:43
Yangiliklar

Muhiddin Xudoyorov "Andijon"da
"Burgutlar" yig'iniga yangi futbolchilar kelib qo'shilishda davom etmoqda.
Avval xabar berib o'tganimizdek, samarqandlik Omad Toyloqov bilan Qahramon Bahodirov bugun klub lageriga etib keldi.
Undan tashqari yana bir yangi futbolchini uchratish mumkin. Bu darvozabon Muhiddin Xudoyorovdir.
O'z vaqtida "Bunyodkor" jamoasida tez tanilib va tez yo'qolib qolgan Xudoyorovni oxirgi paytlarda jarohatlar qiynab kelayotgandi. SHuning uchun, Muhiddin malum muddat maydon tashqarisida yurishga majbur bo'ldi.
Aytish kerakki, uni o'z vaqtida milliy terma jamoamizga ustozlik qilgan Rauf Inileev yig'inlarga taklif etib sinab ko'rgandi.
Aftidan Azamat Abduraimov darvozabonlar bilan bog'liq muammoni ushbu futbolchi bilan bartaraf etmoqchi. Hozircha yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda xolos.
Klubga oid yana bir xabar, jamoani kuni kecha Sardor Soibov tark etgan. Joriy mavsumni andijonliklar safida boshlashni rejalashtirgan Soibov kutilmaganda, qarorini o'zgartirib Murod Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" mashg'ulotlariga borib qo'shilgan.

Fikrlar