So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Muhammadkarim Toirov: "O'yindan so'ng bo'lib o'tgan ishlarni o'ylab g'alaba ham ko'nglimga sig'madi" Yangiliklar

Muhammadkarim Toirov: "O'yindan so'ng bo'lib o'tgan ishlarni o'ylab g'alaba ham ko'nglimga sig'madi"

Turning qiziqarli va shiddatli o'tgan uchrashuvi atrofidagi muhokamalar hamon to'xtagani yo'q.

Gap "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvidagi qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat haqida ketmoqda. Unda qatnashgan Usmonali Ismonaliev, Farhod Bekmurotov o'z fikrlarini bildirdi. Biz o'sha vaziyatdagi yana bir futbolchi Muhammadkarim Toirovga ham yuzlandik. 


"Avvalambor, barcha O'zbekiston xalqini kirib kelgan Ramazon oyi bilan muborakbod etaman. SHu bilan bir qatorda, jonkuyar muhlislarimizni yangi mavsum boshlanganligi bilan tabriklayman. “Bunyodkor” jamoasi qarshi o'yinga keladigan bo'lsam, futbolda hamma narsa kuzatilishi mumkin ekan. To'g'risini aytsam faoliyatimda bunday holatga birinchi marotaba tushushim. Ochig'i Usmonali Ismonaliev bilan o'rtamizda bo'lib o'tgan vaziyatda juda arosatda qolib ketdim, sababi maydonda raqib bo'lsak-da, lekin xayotda yaqin akam. Yoshlikdan birga katta bo'lganmiz, bosh hakam qizil kartochka bergandan so'ng, Aziz Asimovga men bilan xazillashganini tushuntirmoqchi bo'ldim. Ammo bosh hakam o'z qarorini chiqarib bo'lgan edi. Ushbu holat men uchun katta saboq bo'ldi va maydonda professionallarga xos tarzda o'zimizi tutushimiz kerakligini tushunib etdim.

Bilasizmi, o'yindan so'ng bo'lib o'tgan ishlarni o'ylab g'alaba ham ko'nglimga sig'madi. Usmonali Ismonalievni yoniga borib uzr so'radim, nima bo'lgan taqdirda ham xayotda, futboldan tashqarisida mening eng yaqin akam hisoblanadi. SHu fursatdan foydalanib aytmoqchimanki, bizni qo'llab quvvatlagan jamoamizning ashaddiy ishqibozlariga o'z tashakkurlarimni aytaman",- deydi Muhamadkarim Toirov Championat.asia muxbiri bilan suhbatda. 



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика