Muhammadjavod Husayniy: "Har qanday turnirning ilk o'yini qiyin bo'ladi"
06 sen 2023 16:40
Yangiliklar
Muhammadjavod Husayniy: "Har qanday turnirning ilk o'yini qiyin bo'ladi"
Eron U23 terma jamoasi futbolchisi Muhammadjavod Husayniy saralash bosqichi to'g'risida fikr bildirdi.
"Bugun Hong Kongga qarshi ilk o'yinimizni o'tkazamiz. Har qanday turnirning ilk o'yini qiyin bo'ladi. Raqib jamoa haqida ko'p malumotga ega emasmiz. SHunga qaramay, o'z o'yinimizni namoyish etamiz va g'alaba qozonamiz. Jamoadagi muhit ajoyib", - dedi "Sepahon" yarim himoyachisi.
Eslatib o'tamiz, Eron U23 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida O'zbekiston, Afg'oniston va Hong Kong bilan bir guruhdan joy olgan. Guruh bosqichi g'oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan to'rtta terma jamoa qita turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
Iran U23 |
AFC U23 Asian Cup Qualification Grp. E . 1-tur 06/09/2023, 18:00 0
:
3
Tugadi
|
Hong Kong U23 |
45'
90'
Fikrlar