Eron U-23 hujumchisining diskvalifikaciya muddati tugadi, endi u O'zbekistonga qarshi maydonga tushishi mumkin

Sherzod Nurmatov
12 sen 2023, 14:05
Jazo muddati sababli futbolchi dastlabki ikki o'yinni o'tkazib yuborgandi.

Eron U-23 terma jamoasi markaziy hujumchisi Muhammadrizo Bordbar 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Barzegar turnirdan avval diskvalifikaciyaga uchragani sababli Gonkong va Afg'onistonga qarshi bahslarda ishtirok eta olmagandi. 

Qayd etilishicha, eronliklar O'zbekistonga qarshi to'liq tarkibda ishtirok etadi, jamoada yo'qotishlar mavjud emas. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Eron uchrashuvi 12 sentyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia