Muhammad Gorbani: "O'zbekistonni mag'lub etamiz"

Sherzod Nurmatov
12 sen 2023, 12:20
Eron U-23 terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Muhammad Gorbani qita turniri saralash bosqichining 3-turidan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Nihoyat, so'nggi o'yinga yetib keldik. Albatta, bu biz uchun eng muhim uchrashuv hisoblanadi.

Oldimizdagi barcha to'siqlardan o'tyapmiz, avvalgi ikki o'yinda g'alaba qozonishni uddaladik. Uchinchi o'yinda ham O'zbekistonni mag'lub etib, keyingi marra sari qadam tashlashni maqsad qilganmiz", – dedi "Sepaxon" futbolchisi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Eron uchrashuvi 12 sentyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Varzesh