Muhammadanas Hasanov: "Nasib etsa "Hokim kubogi"ni boshimiz uzra baland ko'tarmoqchimiz"
30 jan 2019 20:55
Yangiliklar
Muhammadanas Hasanov: "Nasib etsa "Hokim kubogi"ni boshimiz uzra baland ko'tarmoqchimiz"
Farg'ona viloyati "Hokim kubogi" 1-turidan o'rin olgan "SHerdor"-"Qo'qon-1912" (1:3) uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar futbolchisi Muhammadanas Hasanov championat.asia saytiga intervyu berdi.
Bugun "SHerdor" jamoasiga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik. Bu jamoa yaxshi shakllangan ekan, to'g'risi qiyin uchrashuv o'tkazdik, raqib bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Biz bugun bosh murabbiyimiz bergan ko'rsatmalar evaziga g'alaba qozondik.
Bizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan. "Qo'qon-1912" ahil jamoa, bir oiladekmiz.
Biz Farg'ona viloyati "Hokim kubogi" musobaqasi bizga jismoniy va taktik jihatdan shakllanishimizga yordam beradi. Nasib etsa "Hokim kubogi-2019" musobaqasi bosh sovrinini boshimiz uzra baland ko'tarmoqchimiz!
Dostonbek Umurzaqov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar