Muhammad Salah orzusi haqida gapirdi

Tolibjon Qosimov
24 fev 2018, 14:12
"Liverpul" vingeri Muhammad Salah o'zining orzusi haqida gapirdi.

"Bu erga sovrinlar yutish uchun kelganman. Nimanidir qo'lga kiritish uchun biz yuz foiz kuchni sarflayapmiz deb bemalol ayta olaman. "Liverpul"ning chempion bo'lganiga ancha vaqt bo'ldi. Orzuim - "Liverpul" bilan APL chempionligini qo'lga kiritish.

Natijam? Bunday jamoadoshlar bilan o'ynash juda yaxshi. O'zimni 5 yil oldingi futbolchilar bilan solishtiradigan bo'lsam, mening odatim va jismoniy jihatlarim o'zgargan. Har kuni eng yaxshisi bo'lish uchun intilyapman. Oldinga harakatlanish uchun bosimni his qilishni yoqtiraman.

Butun hayotimni futbolga bag'ishladim. Faqatgina shu haqda o'ylayman", - dedi Salah.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com