Muhammad Salah: “Messi bilan tenglashtirishayotgani yoqimli, lekin...”

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018, 22:35
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah o'zini “Barselona” yulduzi Lionel Messi bilan tenglashtirishayotganiga munosabat bildirdi.

“Albatta, seni buyuk futbolchiga qiyoslashayotgani bu juda ham yoqimli holat. Messi mana bir necha yildirki, bir maromda o'yin namoyish etib kelyapti va o'sha cho'qqidan hali beri tushmaydi. 

Shunchaki, bu taqqoslashda kiritayotgan gollarimiz soni nisbatidan ana shunday fikrlar bildirilyapti”, - dedi Salah.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif