So’nggi yangiliklar

21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  0 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  10 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  8 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  5 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  6 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  6 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  4 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  1 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2

Mudrik, JCH-2022 kashfiyoti va "Arsenal" uchun universal. Amalga oshirib bo'lingan top-10 qishki transferlar Yangiliklar

Tez orada Evropaning katta qismida qishki transfer oynasida yopiladi. Atigi bir hafta qoldi - barcha bitimlar esa 1 fevralgacha yopilishi kerak.

Championat.asia amalga oshirib bo'lingan transferlar haqida so'z yuritadi. Biz qishning eng ajoyib top-10 transferlarini tuzdik.


10. Yakub Kivyor

"Speciya" - "Arsenal" (25 mln evro)

"Arsenal" APLda birinchi o'rinda bormoqda, ammo bu jamoaga kuchayish kerakmas degani emas. Mikel Arteta "kanonirlar"da "Man Siti"dagidek bir poziciyada ikki nafardan o'yinchi bo'lishiga erishmoqchi. SHu sabab "Arsenal" jamoaning mudofaasida barchasi joyida bo'lishiga qaramay, yana bitta markaziy himoyachi oldi.

Kivyor - 22 yoshli polshalik himoyachi, uning hisobida Polsha terma jamoasida 9ta o'yin bor. Yakub so'nggi bir yarim yilda "Speciya" safida o'ynadi. U joriy mavsum bir o'yinda o'rtacha 1,3 bor to'pni olib qo'ydi, 1,6 bor qaytardi, deyarli 4 marta to'pni jarima maydonchasidan chiqardi, 84,6% aniqlik bilan 44,2ta uzatma. Bunday o'yinchi chempionlik kurashda Artetaga aniq halaqit bermaydi.



9. Yan Zommer

"Borussiya Myonxengladbax" - "Bavariya" (8 mln evro)

Manuel Noyer chang'ida muvaffaqiyatsiz uchib, oyog'ini sindirib olganidan so'ng "Bavariya" tezda yangi darvozabon izlashiga to'g'ri keldi. Myunxenliklar yakunda tajribali Yan Sommer tanlovida qolishdi. U ehtimol "Bavariya" rahbariyati uzoq yillar yangi "birinchi raqam"ni izlash bilan band bo'lganda, muammoning vaqtinchalik echimi bo'ladi. Qiziqarlisi, Yan Zommer yaqinda, aniqrog'i, 2022 yilning avgustida Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi safida "Bavariya"ga qarshi o'yinda 19ta seyv ijro etdi! Bu kimdir yaqin vaqtlarda zabt etishi qiyin bo'lgan Bundesliga rekordi. Myunxen klubi shveycar uchun 8 mln evro berdi. Zommer joriy mavsum "Borussiya" safida 12ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 15ta to'p olib chiqdi va to'rt bor o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.



8. Danilo

"Palmeyras" - "Nottingem Forest" (20 mln evro)

"Nottingem Forest" juda qiziqarli transferni amalga oshirdi. APL debyutanti yozgi o'tishlarni ham hisobga olsa, tarkibni kuchaytirish uchun 180 mln evro sarflab bo'ldi. "Nottingem" qishda allaqachon mamlakatning bosh termasiga chaqirilgan braziliyalik Danilo bilan shartnoma imzoladi. 21 yoshli tayanch o'yinchisini boshqa klublar ham kuzatgandi, ammo u yakunda aynan "Nottingem"ga o'tdi. Agar Danilo yangi klubida o'zini ko'rsata olsa, aniq APL debyutantida qolmaydi va yuqoriroq darajaga yo'l oladi.



7. Memfis Depay

"Barselona" - "Atletiko" (3 mln evro)

Memfis Depay faoliyatini qayta uyg'otish uchun ajoyib imkoniyat oldi. Niderlandiyalik "Barsa" etakchilaridan biriga aylanishi mumkin edi, ammo klub moliyaviy muammolarni hal qildi va tarkibni kuchaytirishni boshladi. Jamoaga Rafinya, Robert Levandovski va Ferran Torres kelganidan so'ng, hujum chizig'idagi raqobat aqlbovarqilmas darajaga chiqdi. Depay endilikda "Atletiko" sharafini himoya qiladi, transfer narxi esa atigi 3 mln evroni tashkil etdi - bu Memfisdek o'yinchi uchun juda ham kam.



6. Gonsalu Gedesh

"Vulverxempton" - "Benfika" (ijara)

Gonsalu Gedesh "Vulverxempton"da umidlarni oqlay olmadi. Qachonlardir Ispaniya chempionatining eng yaxshi vingerlaridan biri bo'lgan o'yinchi Angliyada 18ta o'yinda atigi uchta samarali harakat (2ta gol va 1ta assist) amalga oshirdi.

Portugaliyalik mavsumning qolgan qismini vatanida, o'ziga yaxshi tanish bo'lgan "Benfika"da o'tkazadi. Gedesh aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Aytgancha, Gonsalu bunga qadar o'zining eski-yangi jamoasiga gol urgan. Yozda Gedeshning faoliyatini qaerda davom ettirishi borasidagi savol yana ko'tariladi. Bitta narsa aniq: APL uning joyi emas, shunchaki bu uning ligasi emas.



5. Leandro Trossard

"Brayton" - "Arsenal" (24 mln evro)

Mixaylo Mudrik uchun "CHelsi" va "Arsenal" o'rtasida oxirigacha kurash bordi. Yakunda ukrainalik vinger "kanonirlar" joylashgan Londonning shimoliga emas, "CHelsi" joylashgan markazga yo'l oldi. Ammo, Arteta tezda hujum chizig'i uchun o'yinchini talab qildi, ayniqsa bir necha poziciyalarni yopa oladigan. Va shunday o'yinchi "Brayton"da topildi. Leandro Trossard - top-klublar kamdan-kam etibor qaratadigan o'yinchilar. Bu juda sifatli futbolchi, ammo Mudrik kabi "piar qilinmagan". Vaqt ulardan qay birining Londonda yaxshiroq faoliyat olib borishini ko'rsatadi. Ammo, hozirdanoq "CHelsi" Mudrik uchun ko'p to'lab yuborgani malum, "Arsenal" esa hujumdagi yaxshi o'yinchini munosib narxga oldi.

Trossard joriy mavsum APLda "Brayton" safida 16ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi. Leandro oktyabrda "Tottenxem"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi, bu ham "shporlar" bilan principial derbini hisobga olsa, "Arsenal" rahbariyatining qaroriga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.



4. Benua Badiashile

"Monako" - "CHelsi" (38 mln evro)

"CHelsi" transferlar borasida ozgina esidan og'ib qoldi. "Aristokratlar" yozgi va qishki transfer oynasida 460 million evro sarflashdi! "CHelsi"ning asosiy transferi haqida sal keyinroq gaplashamiz, hozircha esa Benua Badiashilega etiborimizni qaratamiz. Bu himoyachi Franciya chempionati muxlislariga yaxshi tanish bo'lishi kerak. Benua "Monako" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u erda besh mavsum davomida harakat qilgan. Badiashile hozirda 21 yoshda, uni yaqinda Franciya terma jamoasiga chaqirishdi, ammo JCH-2022ga bormadi. Ehtimol "CHelsi" rahbariyati yaqin kelajakda uni Kalidu Kulibalining sherigi sifatida ko'rayotgandir. Ishonchli, ammo baribir yoshi katta Tyago Silva qachondir o'zining ajoyib faoliyatini yakunlaydi. Benua hozircha APL talablariga moslashishi va muntazam o'ynashi kerak.



3. Joau Feliks

"Atletiko" - "CHelsi" (ijara)

"CHelsi"ga o'tgan Joau Feliks ham o'z faoliyatini qayta uyg'otishi mumkin. Portugaliyalikni qachondir deyarli Ronalduning o'rinbosari deb hisoblashgandi, ammo u "Atletiko"da oxirigacha ochilmadi. SHu bilan birga Feliks atigi 23 yoshda va hali yangi darajaga chiqishi mumkin. Balki unga bu borada ish joyini o'zgartirganini yordam berar.

Joauning "CHelsi"dagi debyuti o'xshamadi: u birinchi o'yindayoq qizil kartochka oldi va uch o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Ammo, Feliksda "CHelsi"ga inqirozdan chiqishda yordam berishi mumkin bo'lgan o'yin sifati bor. U jamoani yaxshi his qiladigan va hujumda turli vazifalarni barajaradigan juda aqlli o'yinchi.



2. Kodi Gakpo

PSV - "Liverpul" (42 mln evro)

Kodi Gakpo JCH-2022 kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Niderlandiyalik uchta to'p kiritgan holda, o'zini yorqin tarzda ko'rsatdi. Unga o'z-o'zidan top-klublar etibor qaratishdi, garchi bunga qadar ham grandlar tomonidan qiziqish bo'lgan bo'lsa-da.

Gakpo yakunda muammolari bor "Liverpul"ga o'tdi. Bunday vaziyatda har qanday o'yinchi ham o'ynab keta olmaydi, buni Darvin Nunes bilan misol keltirish mumkin. Kodiga ham, urugvaylik forvardga ham katta pullar sarflandi, ammo ular hali o'zlarini ko'rsata olishmadi. Albatta, Nunes Gakpodan ko'ra ko'proq o'yinlar o'tkazdi, ammo niderlandiyalik ko'rinishidan qulay muhitga tushib olgan o'yinchidek ko'rinmaydi. Har qanday holatda ham, Kodi - o'z poziciyasida top-ijrochi va boshqa klubga o'tishi mumkin. Agar "Liverpul" yaqin vaqtlarda inqirozdan chiqmasa.



1. Mixaylo Mudrik

"SHaxtyor" - "CHelsi" (100 mln evro)

Mana qishning eng asosiy transferiga ham etib keldik. Mixaylo Mudrik - uning atrofida qancha shov-shuvlar bo'ldi-ya! SHubhasiz, ukrainalik katta iqtidorga ega, ammo 100 million evro - butun transfer bozorini barbod qilishi mumkin bo'lgan narx.

Bunday transferga qarab, boshqa klublar ham o'z o'yinchilarini qimmatroqqa sotishni xohlashadi. "Napoli"ni olaylik, u erda Viktor Osimxen o'zini ajoyib ko'rsatmoqda va neapolliklar uni 100 mln evrodan kamiga qo'yib yubormasliklarini malum qilishdi. Vaziyat huddi rossiyaliklar va beloruslar kelganidan so'ng Toshkentdagi xonadon narxlari bilan bir xil.

Mudrikka kelsak, uning darajasini "CHelsi" - "Liverpul" o'yinini ko'rgan barcha sezdi. Zaxiradan maydonga tushgan Mixaylo o'zi va sheriklari uchun bir nechta vaziyatlar yaratdi. Mudrikning rivojlanishini kuzatish qiziq bo'ladi. Balki, u Xvicha Kvaracxeliyaning yo'lini takrorlar. Bu uchun Mixayloda aniq imkoniyat bor.



Nikolay Egorichev maqolasi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика