So’nggi yangiliklar

17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  1 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3

Muborak safari taassurotlari yoxud "Mashal"dan o'rnak oling! Yangiliklar

Muborak safari taassurotlari yoxud "Mashal"dan o'rnak oling!

Yaqinda Qashqadaryo viloyati Muborak shahrida bo'lib qaytdik. "Mashal" futbol klubida 4 kunlik safarimiz chog'ida ko'p narsalarni ko'rdik va aytish lozimki taassurotlarimiz juda iliq.
Klub olib borayotgan ishlarni ko'rib, ushbu maqolani yozishga qaror qildim.

"Mashal" jamoasi ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan juda yaxshi aloqa o'rnatgan. Rahbariyat tomonidan etibor yuqori darajada. Klubning har yili jurnalistlarni Muborak shahriga taklif etishi tobora oddiy holga aylanib bormoqda. Bugungi kunda ayrim klublarimizning xatto o'z matbuot kotiblarini safar o'yinlariga olib bormayotgan bir paytda kichik shaharning jamoasi o'zining mavsum oldi taqdimot marosimiga OAV vakillarini taklif etib, transport va barcha sarf-xarajatlarini ko'tarishi tahsinga loyiqdir! Klubning qilayotgan ishini matbuotga olib chiqib, uni muxlislarga etkazib berilishida jurnalistlarining o'rni alohida o'rin tutadi. Buni tushungan tushunadi. Tushunmagan shunchaki yuzaki qarab qo'yadi.



Tanishtiruv marosimi ajoyib tarzda tashkil etildi


Agarda payqagan bo'lsangiz o'tgan hafta championat.asia va Uff.uz saytlarida Mashal klubiga oid nisbatan ko'p maqola chiqdi. CHunki OAV xodimlari Muborakda bo'lib, u erdagi ishlar bilan tanishdi va turli yo'nalishda jamoani yoritdi. Boshqa klub muxlislari esa nega bizning jamoa haqida xabar va yangiliklar oz yoki kam yozasizlar deb murojaat qilishadi. Bilingki sizning klubingiz OAV bilan iliq munosabat o'rnatmagan yoki matbuotga shunchaki qaraydi. Bu borada ayniqsa vodiy klublarini ko'rsatish mumkin. "Mashal" qilayotgan ishni vodiy klublari amalga oshira olmaydi deysizmi? Aksincha ularda imkoniyat nisbatan yuqori. Ammo ortiqcha sarf-xarajat qilishdan nima naf deb yuraverishadi. To'g'ri bu majburiy emas lekin amalga oshirsa bo'ladigan oddiy ish.



Klub "Keksalarni ezozlash yili"da faxriylarga ehtirom ko'rsatdi



CHalg'imasdan Muborak safari haqida yozishda davom etamiz. OAV vakillari "Prestij" mehmonxonasiga joylashtirildi. Kunni esa "Mashal" futbol ofisida o'tkazdik. U erda bizga barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Eng asosiysi WiFi internet bor. Ishlash uchun hammasi taxt qilingan. Ochig'i, juda xursand bo'lib ketasiz, bunday etibordan. Rahbariyat nafaqat mehmon jurnalistlarga balki o'z ishchi xodimlari uchun ham qulayliklarni yaratib bergan. Hamma narsa bor. Faqat ishlash kerak. SHu o'rinda oddiy misol. Klub ofisida kompyuter ishlari bo'yicha alohida mutaxassis ishlaydi. Aytishlaricha unga bu yil 9 millionlik kerakli jihozlar olib berilgan. Jamoa o'z o'yinlariga chipta va o'yinoldi dasturini o'z ofisida chiqaradi. Buning uchun ko'chadagi birorta firma bilan hamkorlik qilmagan.



Aleksandr Xomyakovning Vladislav Ivanovdan umidi katta


Bunday deyishimizning sababi shundaki bugungi kunga kelib ko'plab klublar chipta va boshqa rangli printer ishlarini ko'chadagi firmalar bilan o'zaro kelishuv qilib, katta summaga chiqarib kelmoqda. Bunga misol tariqasida shuni aytaman. O'tgan yili "Neftchi"da faoliyat olib borayotganimda shunday bo'lgan. Hamma rangli printer ishlarini "Dolina" firmasida qildirilardi. Adashmasam bitta o'yinoldi dastur chiqartirish 2000-3000 so'mga tayyor bo'lgan. Ko'ryapsizmi bitta o'yinga 50000-60000 so'm shuni o'ziga xarajat qilinadi. Yil davomida bitta shuni o'ziga hazilakam pul ketmaydi. CHiptalarni aytmadim hali. Menimcha boshqa klublarda ham shunday.  Mashalda esa bu borada muammo yo'q. Matbuot kotibi dastur (programka) chiqarish uchun bir kunni ko'chadagi firmaga borib o'tkazib yubormaydi. Aksincha klub ofisidagi bor imkoniyatdan foydalanmoqda. SHunda bitta programka chiqarish ularga 50-100 so'mga tushayotgan ekan. Endi o'zingiz o'ylang, 100 so'm qayoqdayu, 2000 so'm qayoqda. Lekin sifat bir xil!



"Mashal" klubi matbuot kotibi Humoyun Davurov


Bizningcha boshqa klublar ham o'z ofisiga shunday kompyuter va rangli printerlarni xarid qilib, alohida dizayner olib ishlasa foydadan holi bo'lmasdi. Bunday jixozlarni ayni damda lizingga ham olish mumkin. Afsuski ko'plab klub rahbarlari ertangi kuniga ishonmasdan, bunga etibor qilmaydi. CHunki ularning ko'pchiligining hayolida ertaga ham klubda ishlaymanmi yo'qmi... degan savol o'tadi.  Nima bo'lganda ham klub uchun, kelajak uchun qilish kerak nazarimizda.



Klub prezidenti SHermat SHamsiev


"Mashal"da tabiiyi matbuot xizmatiga ham sharoit va qulayliklar yaratilgan. Etibor yuqori. CHunki ular targ'ibot juda muhim ekanligini yaxshi tushunadi. Do'stimiz Humoyun Davurov ham shuning uchun astoydil mehnat qilmoqda. Fotoapparat, noutbuk, planshet kabi barchasi unda bor. Ayrim klublarimizga nisbatan bunday deya olmaymiz. Lekin muxlislar bilmaydiki, matbuot kotibiga kerakli jihozlar klub tomonidan olib berilmaganini. O'yindan keyin fotogalereya yo'qmi deya hunobni oshirishi esa juda oshib ketadi. Agarda qo'lda fotoappart bo'lsa, qanday qilib rasm bo'lmasligi mumkin. Umid qilamizki bu borada hammasi yaxshi bo'ladi.   



Patrick kompaniyasi formalari

Endi "Mashal" klubining uy o'yinlari o'tkaziladigan B.Vafoev nomli stadion haqida to'xtaladigan bo'lsak. O'yindan bir kun oldin 42ta xodim stadionni o'yinga tayyorlash uchun jiddiy ter to'kadi. Joiz bo'lsa stadion direktori ham eng shimarib ishga kirishadi. Bir so'z bilan aytganda, ishga jiddiy yondoshuvni ko'rish mumkin. Bu haqda keyinroq yana batafsil to'xtalamiz.



Klub bosh direktori Ilhom Qurbonov

Klub bosh direktori Ilhom Qurbonov bugungi kunda oliy ligada eng yosh rahbar ekanligini aytish mumkin. Bu yil 31 yoshni qarshi oladi. Lekin ish bo'yicha yuqori o'rinlarga qo'ysak arziydi. Yoshligidan futbol olamida yurgani bilinib turadi. "Mashal"ga o'z vaqtida poyodevor qo'ygan insonlar boshqa bo'lgan. Lekin ana shu poydevorni yanada mustahkamlab, saviyani ushlab turish ham oson emasligini aytish lozim. Ilhom Abdug'anievich bilan suhbatlashib, fikrlari teran ekanligini payqash mumkin. Savol bersangiz, dangal javob bilan etiboringizni tortadi. Ko'pincha evropadagi klublardan andoza olishga harakat qiladi. Oddiy misol klub bu yil sport kiyimlarini JOMAdan emas balki o'zi uchun qulay bo'lgan firma bilan hamkorlik qilib, o'sha firma liboslaridan foydalanishni uzoq vaqt o'yladi. Yakunda Mashal Belgiyaning "Patrick" firmasi bilan kelishuvga erishdi. Albatta bunda klub o'z foydasini ham ko'zladi. Klub bu bilan professional ekanligini namoyish etdi. Bunday deyishimizning boisi shundaki, xatto sport kiyimlariga ham jiddiy etibor qaratdi va bu tomondan ham foydali kelishuv yuzasidan izlandi.
 


Akademiya rahbari Abdurahmon Yumangulov

Yurtimizda birinchilardan bo'lib ochilgan Muborakdagi akademiyada ham ish qizg'in. Abdurahmon Yumangulov boshchiligida 6-7 nafar murabbiy yoshlar bilan ishlamoqda. Ilgari akademiyada xorijlik mutaxassislar ham ishlagan. Bugungi kunda esa asosan mahalliy yosh murabbiylar faoliyat ko'rsatmoqda. CHunki ichki imkoniyat shunga majbur etayotgan ekan. SHunga qaramay akademiya faoliyatini yuqori baholash mumkin.   

Legionerlar olishda ham "Mashal"da vaziyat umuman boshqacha ekanligini rahbariyat bilan suhbat davomida payqash qiyin bo'lmadi. Xorijlik futbolchilarni chaqirishdan oldin uning oxirgi marta qaerda va nechanchi ligada o'ynaganini ko'rib chiqib, so'nggi yillardagi faoliyatini obdon o'rganib chiqadi. Qaysidir agentning taklifi bilan legionerlarni ko'rikka bo'lsa ham taklif etish "Mashal"da yo'q ekan. Nomlarini aniq ayta olmasakda, bu yil shu kabi holatlarni ayrim klublarda ko'rdik. Xattoki yurtimizga birinchi bor kelgan legioner klubdagi vaziyat bilan yaxshilab tanishib chiqib, o'z do'stlarini ham tavsiya qilgan holda, hamyurtlarini ham klubiga chaqirmoqda. Ajablanarlisi o'sha legioner o'tgan mavsum o'z davlatida oliy liga tugul, birinchi ligada ham qoyillatib o'ynab qo'ymagan.



Klub kompyuter operatori Bunyod Andaev, matbuot kotibi Humoyun Davurov va hamkasbimiz Zafar Qosimov


"Mashal" klubi bosh direktori bilan suhbat chog'ida u kishining bitta gapi diqqatimni tortdi. Yani Serbiyadan kelayotgan o'rta saviyadagi legionerlar uchun to'lanayotgan pullar evaziga boshqa futboli kuchli bo'lgan mamlkatlardan ham o'yinchi olib kelsa bo'ladi. Buning uchun jamoada selekciya ishlari bo'yicha alohida shaxs ishlashi kerak. Keyin yana bir gap xorijlik futbolchilar bilan shartnoma imzolanayotganida o'rtaga ko'plab shaxslar tushadi va pul ishlash uchun o'yinchining agenti ekanligini aytadi. Vaziyatni chuqur tahlil qilmagan klublarimiz laqqa tushadi.

Etibor berayotgan bo'lsangiz "Mashal" ustozi Aleksandr Xomyakov jamoaga o'z o'yinchilarini taklif etmayapti. Yoki mana bu o'yinchini olib berasan deb turib olmayapti. Hammasi rahbariyat bilan o'zaro kelishilgan xolda amalga oshirilmoqda. Ichki imkoniyatdan kelib chiqib, selekciya qilindi. SHunday bo'lsada Aleksandr Andreevich mahalliy o'yinchilar bilan ham yomon natija qayd etmayapti.



Safar chog'ida "Mashal" klubi xodimlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Keyingi safarlar chog'ida "revansh" o'tkazishga kelishib oldik


Yillik byudjeti yuqori bo'lmasada, har bir ishga jiddiy yondoshilayotgani o'z mevasini bermoqda. Klub joriy yil Abdumo'minov, SHomurodov va SHukurovni boshqa klublarga sotish orqali yaxshigina pul ishladi. Xo'sh, qolgan klublarimizchi?

SHuningdek "Mashal" tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsangiz, ijaraga o'yinchi olinmagan. Bitta Doston Abdurahmonov bo'lishi mumkin. Lekin u hozircha asosiy tarkibning muhim bir azosi bo'la olgani yo'q.
Ko'pchilik ushbu maqolamizni o'qib, Mashalni ortiqsa maqtab yuboribdi deyishi mumkin. Lekin bu fakt! Balandparvoz gaplar emas. Ayni haqiqat. Qani endi boshqa klublarda ham ish shu zaylda olib borilsa. Mustahkam poydevor qo'yilsa.   



Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика