So’nggi yangiliklar

08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0

MTJ. Uch o'yinda uch xil natija (Mulohaza) Yangiliklar

MTJ. Uch o'yinda uch xil natija (Mulohaza)

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan to'qqiz kun ichida uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, uch xil natija qayd etdi.
Avvaliga 6 oktyabr kuni Qatardan 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsak, keyin 10 oktyabrda Bahrayn bilan durang o'ynadik, kecha esa BAA termasi ustidan yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondik. Quyida mana shu o'yinlarni tahlil qilib ko'ramiz.



Birinchi uchrashuv: mag'lubiyat
 
Terma jamoamiz Qatar bilan kechgan o'yinga jiddiy tayyorgarliksiz etib keldi. Bungacha Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraganimiz bois yigitlarning kayfiyati tushkun holatda edi. Bu esa Qatar bilan bahsda o'z tasirini ko'rsatmay qolmadi. Garchi Ignatiy Nesterov darvozani qo'riqlagan bo'lsa-da, javobsiz uchta to'p o'tkazib yubordik. Bundan tashqari, Egor Krimec, Bobur Yo'ldoshev, Fozil Musaev, Vladimir Kozak, Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov, Vohid SHodiev, Salim Mustafoev, Sardor Rashidov kabi o'yinchilarda muvaffaqiyatsizlik alomatlari haliyam yo'qolmagani ko'rinib turdi.

Qatarda esa hech qanday tushkunlik holati yo'q edi, shu bois ular maza qilib futbol o'ynashdi, shunday tuyuldiki, maydonda go'yoki bir jamoa to'p tepdi. Biznikilar esa xuddi tomoshabinga o'xshab qolishdi. Qolaversa, bizdan farqli o'laroq Qatar o'zining eng kuchli tarkibini tushirdi. Bizda esa legionerlardan hech kim yo'q edi. Agar biz ham o'zimizning eng kuchli tarkibga ega bo'lganimizda bunday yirik mag'lubiyat qayd etilmagan bo'lardi.



Ikkinchi uchrashuv: durang

Ikkinchi nazorat bahsini Bahraynga qarshi o'tkazgan milliy terma jamoamiz 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bu bellashuvda na bizning, na raqibning o'yini qovushdi. O'yin birmuncha zerikarli tus oldi. Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov hartugul shu uchrashuvda legionerlar xizmatidan foydalandi va Anzur Ismoilov, Sanjar Tursunov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Server Jeparov kabi etakchi o'yinchilar ilk daqiqalardan maydonga tushishdi.

Terma jamoa Toshkentda Yangi Zelandiyani mag'lub etganidan beri yig'ilmagandi, shu bois futbolchilarning bahsga birdaniga kirishib ketishi qiyin kechdi. SHuning uchun o'yinda etibor ko'proq futbolchilarning bir-birini tushunib harakat qilishlariga qaratildi. Va albatta terma jamoamiz birinchi navbatda gol o'tkazib yubormaslik uchun to'p surdi.

Uchinchi uchrashuv: g'alaba

Bahraynga qarshi o'yindan keyin oradan to'rt kun o'tib terma jamoamiz BAAga qarshi maydonga tushdi. Mirjalol Qosimov Bahrayn bilan o'yinga nisbatan asosiy tarkibda bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Darvozani Eldor Suyunov qo'riqlagan bo'lsa, o'ng qanot himoyasida SHuhrat Muhammadiev to'p surdi (Bahrayn bilan bahsda Akmal SHorahmedov harakat qilgandi). SHuningdek, Islom To'xtaxo'jaev o'rnini SHavkat Mullajonov egalladi. Yana bir o'zgarish hujum chizig'ida kuzatildi. Murabbiy Igor Sergeevning o'rnida Vohid SHodievni sinab ko'rdi.

BAA biz uchun noqulay raqibligini bilamiz. Ular ayniqsa rasmiy bellashuvlarda bizni ko'p bora engishgan. Nazorat uchrashuvlari o'z yo'liga, bunda ko'proq taktik qarashlar va o'yinchilarning hozirgi holati ko'zdan kechiriladi. Ochig'i, kechagi bahsda yirik g'alabani ko'pchilik kutmagandi, chunki Bahrayn bilan o'yinni ko'rib, BAAga qarshi nima qila olar ekanmiz degan xavotir yo'q emasdi. Ammo futbolda doim ham mag'lubiyatga uchramaysan deganlaridek, yigitlar bor kuchni ishga solgan holda raqib darvozasiga javobsiz to'rtta gol urishning uddasidan chiqishdi.



Bu o'yin yana bir bor shuni ko'rsatdiki, terma jamoamizning asosiy tayanchi baribir LEGIONERLAR ekan. O'zimizning oliy ligada to'p tepayotgan futbolchilar ham chakki emas, biroq ular hali pishib etilgani yo'q. Kerak bo'lsa, SHodiev, Alimov, Rashidov, Sayfiev singari futbolchilar o'sish uchun hali ko'p ishlashlari kerak. Legionerlarimiz esa o'yinda muhitni yuzaga keltira oladigan darajaga ko'tarilib bo'lishdi. Endi ular uchun tajriba to'plash kabi so'zlar ortiqcha. Ularning buyog'iga faqat natija uchun kurashishlariga to'g'ri keladi.

Tajribasi ancha yuqori Odil Ahmedov, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Anzur Ismoilov, Temur Kapadze, Sanjar Tursunov singari legionerlar oldida o'zimizning mahalliy futbolchilar yo'qolib qolgani yo'q. O'zi futbolda shunaqa: qancha ko'p mahoratli futbolchi yonida o'ynasang, shuncha o'sishga erishasan. Agar Mirjalol Qosimov legionerlar va mahalliy futbolchilardan iborat kuchli qorishmani yuzaga keltira olsa, Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishimizga ishonsa bo'ladi. Buning uchun vaqt ham, o'yinchilar ham etarli.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика