MTJ lageridan xabar: Yana bir "Paxtakor" futbolchisi yig'inni tark etdi
11 okt 2018 21:06
Yangiliklar
MTJ lageridan xabar: Yana bir "Paxtakor" futbolchisi yig'inni tark etdi
Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettiroqda.
OFK tomonidan 6 oyga diskvalifikaciya qilingan Jaloliddin Masharipov O'zbekiston terma jamoasi lagerini tark etdi. Yarim himoyachi yarim yil davomida terma jamoa safida o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi. SHu bois murabbiylar unga javob berishdi.
Bunga qadar jarohatlari bois "Paxtakor" vakillari Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamov terma jamoa yig'inini tark etishgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 13 oktyabr kuni Toshkentdagi "Milliy" stadionida KXDR bilan o'ynaydi. Terma jamoamiz 16 oktyabr kuni shu stadionda Qatar bilan kuch sinashadi.
Fikrlar