So’nggi yangiliklar

05:42Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" - "Зальцбург" таркиблар маълум  1 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  29 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11

MTJ. Abduxoliqov va Jeparov o'rniga Hamdamov va Kozak chaqirildi Yangiliklar

MTJ. Abduxoliqov va Jeparov o'rniga Hamdamov va Kozak chaqirildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 21–24 yanvar kunlari BAAda qisqa muddatli yig'in o'tkazadi.

Avvalroq BAAdagi yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar tarkibi malum qilingandi. Yig'inga taklif qilingan Temurxo'ja Abduholiqov Qatarning “Al-Sayliya” klubi bilan, Server Jeparov esa Eronning “Istiqlol” jamoasi bilan shartnoma imzolab, legioner futbolchilarga aylandi. Bo'lajak yig'in FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar BAAdagi o'quv-mashg'ulotlariga taklif etilmaydi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan Abduxoliqov va Jeparov o'rniga Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”) va Vladimir Kozakni (“Paxtakor”) taklif qildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi yig'in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi.

“Nasaf” jamoasi OCHL–2017 o'tish bosqichida Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi 31 yanvar kuni bahs olib borishi va unga tayyorgarlik ko'rishi sababli qarshiliklar tarkibidan yig'inga futbolchilar jalb etilmadi.

Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash boschiqi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика