So’nggi yangiliklar

23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  3 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  6 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  2 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  23 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   8 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1

Moziyga qaytib... Trener taqdiri shunday ekan Yangiliklar

Moziyga qaytib... Trener taqdiri shunday ekan

Teglar :  Moziyga qaytib
Moziyga qaytib ruknining navbatdagi sonini taqdim etamiz.



(“Toshkent haqiqati” gazetasining 1991 yil 11 iyul sonidan olingan)

Dushanba kuni ertalabdan muharririyatning sport bo'limidagi telefon tinchimadn, hisob. Mushtariylar va futbol muxlislari «Paxtakor» rahbariyatidagn o'zgarishlar haqida qiziqib so'rashardi.
- Novikov ketdimi, ketkazishdimi?
- Javob berishdi.
- Nega?
- Komanda oxirgi o'rindaligi uchun.
- Oliy ligaga olib chiqishda kerak edi, eidi kerak bo'lmay qoldimi, nega oxirigacha imkoniyat berishmaydi?
- Kechirasiz, avval tanishaylik, qiz bola ekansiz...
- Nima, “Paxtakor”ning muxlislari faqat erkaklar deb o'ylaysizmi? Dilxumor Po'latovaman, Toshkent shahar Kirov rayon Zaporojskiy ko'chasidagi 15-uyda yashayman. Bu yil maktabni tugatdim.

Kelgusi suhbatdoshlarimni tanishtnrib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak. Ularni faqat bir narsa qiziqtirardi, u ham bo'lsa Novikov haqida malumot olish. Ular hatto Novikov bilan suhbat uyushtirishimizni ham iltimos qilishdi.

Ming afsus, endi buning ilojn yo'q. Fyodor Sergeevich Novikov shanba kuni Moskvaga uchib ketdi. Lekin u haqda bilganlarimiznn aytib qo'yish bizning vazifamizdir.
SHANBA kuni ro'znomamizda «Paxtakor» oliy ligada qoladimi?» maqolasi berilgan edi. Albatta, biz komandadagi o'zgarishlardan bexabar mulohaza yuritgan edik. O'tgan kuni esa jamoada jiddiy o'zgarishlar bo'lgan ekan.

Juma kuni ro'znomaning navbatdagi soni sahifalanayotganida «Paxtakor»ning bosh murabbiyi F. S. Novikov o'z vazifasidan bo'shatildi. O'yinchilarning gap-so'zlariga ishonadigan bo'lsak, u jamoa azolari bilan yig'lab xayrlashibdi.

Trener taqdiri o'zi shunaqa - komanda muvaffaqiyatga erishsa, uni osmonga ko'taramiz va aksincha, rahbarlar ishonchini oqlolmasa, tashkiliy xulosa chiqarib, ishdan bo'shatiladi. Albatta, «Paxtakor»ning hozirgi ahvolga tushishiga birinchi navbatda bosh trener aybdor. U komandaning jismoniy tayyorgarligini maromiga etkaza olmadi. Mustafo Bilolov va Azamat Abduraimov Novikov bilan murosaga kelnsha olmaganliklari tufayligina komandadan chetlashtirildilar. Novikov ishonch bildirmagan Anvar Jabbo- rov va Andrey Miklyaev birinchi ligada tuppa-tuzuk o'yin ko'rsatishayapti va iihoyat komandada intizomning bo'shliti ham Novikovning ko'ngilchanligidandir. O'zim bir necha marotaba guvohi bo'lganman. U mashg'ulotlarda buyruq bermasdan iltimos hilardi: «Gena (Denisov), balki bugun dam olarsan, Xoren, shu mashg'ulotga qanday qaraysan?» va hakazo. CHunki uning uslubi shunday edi. Komanda faxriylari bilan maslahatlashardi. Yoshlarni esa qattih tergardi. Said Tursunov o'rinbo- sarlar o'yinida hakamni haqorat qilgani uchun Novikov uni doimiy zahiraga o'tkazib ko'ydi. Hatto himoya chizig'ida durustroq o'yinchi topilmaganda ham, u Saidga murojaat qilmadi. Tursunov hatto uyiga, Namanganga ham ketib qoldi, Faqat vaqt o'tgandan keyin, u o'z xatolarini tushundi va komandaga qaytib keldi...

Novikov bilan ilk safar yangi yil arafasida uchrashgan edik. O'sha uchrashuv haqida ro'znomamizning 10 yanvar sonida «Paxtakor» oliy ligaga tayyor» nomli maqola bosilgan edi. Keyin Fyodor Sergeevich bilan muntazam uchrashib turdik. Biroq vakt o'tgan sari uning shijoati so'nib borar edi. «Menga mashina ham, kvartira ham kerak emas, faqat ishlashga xalaqit berishmasa bo'ldi» - bu uning doimiy gaplari edi Ishlashga esa xalaqit berishardi. Bosh trener ochig'ini aytmasdi, lekin Qibraydagi sport bazasiga doimo kimlardir qo'ng'iroq qilib do'q-po'pisa qilishini yashirmasdi. «Ularning talabi bitta - men bu erdan ketishim kerak, biroq osonlikcha ketmayman. Yoshim bir erga borib qolgan, hech narsadan qo'rqmayman. Nosov chiday olmadi, lekin men chidayman!». Bu diktofonimga yozilgan gaplar.

Novikovning yana bir yaxshi xususiyati - hech rahbarlardan nolimasdi. Jumhu- riyat sport Davlat qo'mitasi boshliqlari O. Nazirov va N. Jalolovlar nomini doimo hurmat bilan tilga olardi. «Ular qo'llaridan kelgan yordamni ayashmaydi, faqat hamma narsa ham ularga bog'liq emas». Bu fikrlar komanda tarkibini o'yinchilar bilan to'ldirish manosida aytilgan edi. Novikov jumhuriyatdan bir qancha istedodli o'yinchilarni «Paxtakor»ga taklif etdi. Biroq mahalliy rahbarlarning qarshiliklari tufayli o'sha o'yinchilar joylarda qolib ketdilar.

O'zbek futbol muxlislari orasida 65 ga yaqinlashgan bu qariyani ko'pchilik yoqtirib holgan edi. Birinchidan, u ko'p yillik armonni ushaltirdi - komandani oliy ligaga olib chiqdi, ikkinchidan, chetdan o'yinchi chaqirmay turib, mahalliy futbolchilar bilan ham eng yuksak vazifalarni uddalash mumkinligini isbotlab berdi. R. Uzoqov, N. Hasanov, S. Tursunov, A. Marufaliev, O. Usmonxo'jaev, SH. Maqsudov, I. SHaripov, S. Xodiev, YO. Nazarov. Ana shu o'yinchilarning ishqibozlar og'ziga tushishida biriichi bo'lib Novikovni takidlash lozim. Komandaga oxirgi paytda chaqirtirilgan vilnyuslik Kvitkauskas va Baltushinikaslarga Novikovning aloqasi yo'q. «Menga federaciyadagilar taklif qilishdi, men sinab ko'rishga rozilik berib, ularni qabul qildim. Lekin bu o'yinchilar darajasidagi futbolchilar jumhuriyatimizda istagancha topiladi», - Bu fikrlarni u viloyat partiya qo'- mitasida o'tkazilgan matbuot konferenciyasida aytgan edi.

Albatta, futbol ko'chasining boshida turganlar etti marta o'lchab bir marta kesishgan bo'lishlariga shubha qilmaymiz. Biroq... Har holda o'zbek futbolining ravnaqiga ozgina bo'lsa ham ulush qo'shgan bu insonni boshqacha kuzatish kerakmidi...

Yangi bosh trenerga shubha qilmaymiz. Komandani besh qo'ldek biladi. Biroq, u ham komandani o'nglolmasa-chi? Otlarni kechuvda almashtiraversak manzilga etib olarmikanmiz...
Quyida taqdirlari “Paxtakor” bilan bog'langan rahbarlarni sanab o'tamiz. Hisob-kitob mashum 1979 yildan buyog'iga olingan. O'n bir yilda qancha rahbar o'zgarishi mumkin? Har biri komandani o'zi bilganicha yangilasa, o'z holicha o'yinchi olib kelib, o'yinchini haydasa. Mamlakat bo'ylab tarqalgan sobiq paxtakorchilarni bir joyga yig'sak, oliy ligadagi eng kuchli komandalardan biri bo'ladi – bu aksioma. Va orzu. Amalda-chi?

1979 yildan boshlab «Paxtakor» jamoasini boshqarganlar:
Bosh trenerlar
I. Sekech
A. Tixonov
B. Abduraimov
T. Isokov
B. Nosov
F. Novikov
A. Inoyatov
Komanda boshliqlari
YA. Aranovich
B. Ibrohimov
S. Docenko
A. Imomxo'jaev
T. Isoqov
B. Abduraimov
I. Fozilov
A. Tolibjonov
Klub prezidentlari
A. Inoyatov
S. Docenko
YA. Yakubov
3. Qurbonov
I. Fozilov
D. Berlin (vaqtincha)

Endi esa hozirgi bosh trener haqida qisqacha malumot.
Inoyatov Ahrol Inoyatovich, 1945 yilda tug'ilgan,

1970 yilda jismoniy tarbiya oliygohini, 1979 yilda esa Trenerlar oliy maktabini tugallagan. 1963-1972 yillar «Paxtakor» komandasida to'p surgan. Keyinchalik «Bo'ston» (Jizzax) va «Yoshlik» (To'raqo'rg'on) komandalarida murabbiylik qilgan. 1983-1988 yillarda O'zbekiston SSR fizultura va sport Davlat qo'mitasining futbol bo'limiga boshchilik qilgan. 1979 yilda shartnoma bo'yicha Iroqqa ketib, mamlakat yoshlar terma komandasiga ustozlik qilgan. Qaytnb kelgach, yana futbol bo'limi mudiri, O'zbeniston SSR futbol federaciyasi raisi muovini vazifalarida ishladi. SHu yil iyul oyida “Paxtakor” komandasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Yangi murabbiyning qadami omadli keldi. “Paxtakor” g'alabaga erishdi. Biroq Inoyatov komandada o'zgarishlar qilguncha malum vaqt kerak. Ungacha esa Novikov asos solgan tarkib o'ynab turadi.


Abror IMOMXO'JAEV.



Sakkiz oy avval komanda o'z ustozini ana shunday olqishlagan edi...

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика