So’nggi yangiliklar

21:08ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси Эронга қарши камбэк қайд этишга яқин келди, аммо якунда барибир мағлуб бўлди  3 20:35ЖЧ саралаши. БАА Қатарга қарши ўйинда тезкор гол киритди (онлайн ҳисоб)  17 20:33КХДР терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинларни яхши ўтказдик, аммо..."  14 19:59"Милан" "Монпелье" хавбекини қўлга киритмоқчи  0 19:47Сречко Катанец: "90 дақиқа бир хил ўйнайдиган жамоаларни топиш қийин бўлса керак"  105 19:42Влахович Данияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  52 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  12 18:51Омадимиз келди, Юсуповга эса раҳмат. Ўзбекистон қийинчилик билан КХДРни мағлуб этди  640 17:58ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Эрон: Асосий таркиблар маълум  7 17:35Буффон: "Неймар бешта "Олтин тўп" ютиши керак эди"  9 16:41Левандовски "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:59ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия - Саудия Арабистони. Асосий таркиблар маълум  3 14:50"Милан" "Реал"да ўйин амалиётига эга бўлмаётган вингерга кўз тикди  6 14:23Скамакка 3 ойдан кейин машғулотларга қайтди  0

Moziyga qaytib... Poydevor (3-qism) Yangiliklar

Moziyga qaytib... Poydevor (3-qism)

Avval eslatib o'tganimizdek, 1993 yilning 21 iyulidan yurtimizda “O'zbekiston futboli” gazetasi chop etila boshlandi.

Oradan 14 yil o'tib, “Odamlar orasida” gazetasi chiqa boshlaganda, uning bosh muharriri Xayrulla Hamidov menga yuzlanib yurtimizda bolalar futboli muammolari hali ham hal bo'lmagani, shu haqda tahliliy maqola yozib berishimni so'radi. SHu tariqa “Poydevor” mavzusi davom ettirildi hamda gazetaning bir necha sonida o'quvchilar etiboriga havola etildi.



Moziyga qaytib... Poydevor (1-qism)        

Moziyga qaytib... Poydevor (2-qism)        


POYDEVOR. UCHINCHI MAQOLA
(“Odamlar orasida” gazetasining 2007 yil 3 may sonidan olingan)
.


1995 yil «Paxtakor» jamoasida gollandiyalik mutaxassis Xans Ferel bilan ishlashga muvaffaq bo'lganman. U bilan nafaqat futbol maydonlarida, balki maydondan tashqarida ham ko'p vaqtimni birga o'tkazganman. Biz juda ko'plab masalalarda bahslashar va tortishar edik. Xans, ayniksa, bolalar futboliga etiborni ko'p qaratardi. Bu borada o'z fikrlarini aytishdan charchamasdi. Bunga esa bir kuni yosh futbolchilar mashg'ulotini ko'rish uchun «Paxtakor» stadioniga tashrif buyurganimiz sabab bo'lgan. Asosiy maydon tashqarisidagi asfalt maydonchani ko'pchilik ko'rgan bo'lishi tabiiy. Bolalar shu erga kelib bir chekkada echinishdi, so'ngra futbol o'ynashdi, keyin yana kiyinib uylariga ravona bo'lishdi. Ularni kuzatib turgan Xans boshini sarak-sarak kilib «yomon, juda yomon» deb ko'ydi. Men unga murabbiyning harakatlari yoqmadi, deb o'yladim va undan shu haqda so'radim. U esa murabbiy faoliyatiga baho berish o'rniga «bolalarning maydon chetida echinishlari yomon, asfaltda futbol o'ynashlari yomon, zahiradagilar maydonga tushishini poylab zah erda o'tirishlari, mashg'ulotni tugatgach, dushda yuvinmasliklari, boz ustiga terlab turgan holatda - salqinda echinib-kiyinishlari - bularning bari yomon» deb tovushini ko'tardi. Men unga juda ko'plab futbolchilarimiz shu sharoitda etishib keyinchalik yulduzlarga aylanishganini tushuntirmokchi bo'ldim. U gaplarimni diqqat bilan eshitdi-da, elkasini qisib «mayli, unda shundayligicha qolaversin» deb qo'ydi.

Keyinchalik, «Paxtakor»ning o'yinidan bir kun avval jamoa bilan «Qibray» o'quv-mashg'ulot bazasida tunab qolganimizda, Ferel bilan yana bolalar futboli mavzusiga qaytdik, «sizlarda va bizlarda» mavzusida fikrlar almashdik. Suhbat qizigandan-qiziganda chidab turolmadim - jurnalistligim tutib ketdi, qo'limga yon daftarchani olib, fikrlarni qog'ozga tushira boshladim. Zero, o'sha paytda asosiy ish joyim «Paxtakor» bo'lib, hech kaysi nashrga aloqador bo'lmasam-da, bir kun kerak bo'lib qolar, degan o'y bilan fikrlarni jamlay boshladim. Bu fikrlar rostdan ham kerak bo'lib qoldi, fakat...12 yildan so'ng...

Evropada, ayniksa Gollandiyada sport maktablariga katta etibor berishadi. Maxsus sport maktablarini qo'ya turaylik, oddiy umumtalim maktablarida ham sportga katta urg'u berishadi. U erdagi talim tizimiga ko'ra boshlang'ich sinflardan boshlab o'quvchilar haftasiga maxsus sport turlari bilan shug'ullanishlari kerak. Oddiy jismoniy tarbiya emas (bu bilan asosan bog'chalarda shug'ullaniladi), aynan maxsus sport turlari bilan. Yani, AQSHda dars jadvallarida alohida futbol, basketbol va tennis kabi nomlarni uchratish mumkin. Maktabgacha tarbiya muassasalarida sport bilan 2-3 yil ixtiyoriy va havaskor shaklda shug'ullanilsa, maktabdan boshlab bu majburiy shaklga aylantiriladi. Farzand 4 yoshga to'lgandan keyin ota-onasi uni suzishga olib borishi ananaga aylangan. SHu bois ham Gollandiyada barcha suzishni biladi va gollandlar bolalikdanoq baquvvat bo'lishadi.

Maktabgacha bo'lgan davrda bolalar katta jismoniy mashqlar talab qilmaydigan to'garaklarga qatnashadi. Bular qatoriga ot sporti, tennis va voleybolni kiritish mumkin. 6-7 yoshdan esa, kim qaysi sport turiga qiziqsa, o'sha tur bo'yicha maxsus klublar qoshidagi maktablarga qatnashi mumkin. Masalan, futbolga qiziquvchilarning ko'pchiligi «Ayaks», «Feyennord» va «Eyndxoven» maktablarini tanlashadi. Sababi, bu klublarda eng yosh futbolchilardan to professionallargacha ish metodi yuksak saviyada tashkil etilgan. Lekin bu erga joylashishning o'zi bo'lmaydi. Ochik eshiklar kunida bu erga minglab ota-onalar o'z farzandlarini olib kelishadi. Klub murabbiylari maxsus testlar orqali eng iqtidorlilarini tanlab oladilar va aynan ular klub qoshidagi maktabga qabul qilinadilar.
60-yillarning oxirlarida bolalar futboliga bo'lgan etibor tez orada o'z samarasini bera boshladi. «Ayaks» futbol klubida tadbiq etilgan «total futbol» uslubini Rinus Mixels terma jamoada ham qo'lladi. «Hamma himoyada - hamma hujumda» aqidasiga amal kiladigan bu uslub avval butun Evropani, keyin esa jahon axlini lol koldirdi. «Uchar gollandlar» ketma-ket - 1974 va 1978 yilgi Jahon chempionatlarida barchani mag'lub etib, faqat finalda maydon egalariga imkonni boy berganlari ham fikrimizga dalil bo'la oladi. Katta futboldagi yorqin g'alabalar o'z navbatida bolalar futboli rivojiga ham katta tasir ko'rsatadi. Yoxan Kruiff, Ruud Gullit, Marko van Basten, Frank Raykaard kabi yulduzlar yurtida barcha bolakay futbolchi bo'lishni orzu qiladi. Lekin yuqorida aytganimizdek, buning uchun klub murabbiylarining chig'iriqlaridan o'tish lozim bo'ladi.

Farzandining klub maktablariga kabul qilinishi ota-ona uchun juda muhimdir. To'g'ri, bu erga qabul qilindi, degani kelajakda albatta futbol yulduzi bo'lishini anglatmaydi. Lekin farzand malakali bilim olishi uchun asos yaratadi. Murabbiylar maktabdagi o'qituvchilar bilan doimiy alokada bo'ladilar va o'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qiladilar. Yosh futbolchi maydonda har kancha iqtidorli bo'lmasin, o'qishda past baho olsa klubdan chetlashtirilishini yaxshi biladi. SHu boisdan ham, futboldan bo'sh vaqtini fakat darslarga sarflaydi, natijada ham bekorchi ermaklarga ruju qo'ymaydi, ham maktabni yaxshi ko'rsatkichlar bilan bitiradi. Bu esa, keyinchalik qaysi kasbni tanlashdan qatiy nazar asqotadi. «Ayaks»ni butun jahonga mashhur kilgan murabbiylardan biri Lui van Gaal bu hakda «G'IG'A Magazine» jurnaliga quyidagicha intervyu bergan edi: «Klubimiz sport markazida barcha uskunapar bipan jihozlangan sinf xonalari mavjud va mashg'ulotlar oralig'ida malakali o'qituvchilar yosh futbolchilarga kerakli fanlardan dars o'tadilar. Men klubimizdagi 6 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan barcha futbolchilarni taniyman, ularning o'qishdagi ahvollari bilan shaxsan tanishman va eng alochilarini ko'rganimda o'qishdagi muvaffaqiyatlari uchun qo'l siqib tabriklab qo'yaman. Klubimiz azolariga yoshligidanoq etakchilik hissiyotini singdirib boramiz. Ular nafaqat futbol maydonida, balki har sohada keng intellektual salohiyatga ega bo'lishlari lozim».

Men yuqoridagi fikrlarni keltirishim bilan, biz ham katta futbolda dovrug' qozonishimiz uchun «Ayaks» futbol maktabidagi zamonaviy markazlarga ega bo'lishimiz shart, degan fikrni ilgari surayotganim yo'q. Xudo xohlasa, vaqti kelib bizda ham shunday bo'lar. Lekin bolalar fakat echinish xonalarida kiyim almashtirishlari, mashg'ulot va o'yindan so'ng albatta yuvinib olishlari uchun sharoit yaratilishi kerak deb hisoblayman. Viloyatlarni qo'ya turaylik, Toshkent shahri bo'yicha «Navro'z» kubogining final o'yinlari yashil maydonda emas, «Metroqurilish»ga qarashli tuproqli o'yingohda yoki Respublika Olimpiya zahiralari kollejining qipiqli maydonida o'tishini nima bilan izohlash mumkin?! Bundan 5-10 yil avval ham poytaxtda yashil maydonlar etarli edi. Birok ular sekin-asta turli muassalarga biriktirila boshlandi. «Dinamo» va «Jar» IIVga, «Mehnat zahiralari» MHSKga, «Start» NBUga va hokazoga. Bu bilan ularning ahvoli fakat yaxshi tomonga o'zgardi. Sababi yuqoridagi muassasalar etarli mablag' ajratib o'z hodimlari va professional sportchilari shug'ullanishlari uchun sharoitlar yaratib berdilar. Lekin bu stadionlar shahar musobaqalarida bolalar uchun ajratilmay qo'yildi. Hozir bolalar ishtirokidagi shahar chempionatida qiziq hol vujudga kelgan. Bazi jamoalar yashil maydoni bo'lmasa-da, yuqori divizion ishtirokchilari hisoblanishadi, bazi stadionlarning esa bu divizionda qatnashadigan jamoalari yo'q...

Va yosh futbolchilarning boshqa fanlarni o'zlashtira bilishi xususida. Musobaqalarga borib, 12-15 yoshli o'smirlardan mashg'ulotlar nechada boshlanishini so'raganimda ulardan kunduzi 2-3 larda, degan javobni olaman. Axir 6-sinfdan boshlab kundalik darslar 6-7 soatdan iborat bo'ladi. Keyin uyga qaytib, ovqatlanib, so'ng mashg'ulotga borish lozim. Biroq ungacha soat 16 dan oshgan bo'ladi. Murabbiy esa kechga qolganlarni mashg'ulotga qo'ymaydi. Demak, mashg'ulotdan qolmaslik uchun futbolchilar har kuni 2-3 soat darsdan «qochishadi» yoki to'g'ridan-to'g'ri ustozlardan ruxsat so'rashadi. Qoldirilgan darslar soati haftasiga 10-15ni, oyda esa 50-60ni tashkil etadi. Bu yoshlar maktabni bitirgach kay darajadagi bilimga ega bo'lishadi? Va umumun birorta murabbiy vaqti-vaqti bilan shogirdlarining kundalik daftarini tekshirib turarmikan?

Kelgusi sonda ana shu savollar echimini topishga harakat qilamiz.


Abror IMOMXO'JAEV.
(Davomi bor).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика