So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  11 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Moziyga qaytib... Yangiliklar

Moziyga qaytib...

1991 yil 2 noyabr kuni SSSRning futbol bo'yicha 54 chi (keyinchalik malum bo'lishicha – so'nggi) chempionati nihoyasiga etdi.

Dastlabki 3 o'rinni kutilganidek Moskva jamoalari egalladilar (CSKA, “Spartak” va “Torpedo”). Bir yo'la uch jamoa – “Metallurg” (Zaporoje), “Paxtakor” (Toshkent) va “Metallist” (Xarkov) 25 tadan ochko to'pladilar va yutuqlar soni evaziga paxtakorchilar oliy ligada o'z o'rinlarini saqlab qoldilar. SHu bilan jamoalar keyingi yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'ra boshladilar.

Biroq yil yakunida hududiy jihatdan dunyoning eng katta mamlakatida bo'lgan siyosiy o'zgarishlar hamma narsani o'zgartirib yubordi. 1991 yil 25 dekabrda Sovet Prezidenti Gorbachev istefoga chiqdi va 26 dekabrda SSSR Oliy Soveti o'zini tarqatib yuborib, SSSR degan davlat tugatilganini elon qildi.

O'zbekiston to'rt oy avval o'z mustaqilligini elon qilgani sababli, futbol musobaqasini ham o'zi alohida o'tkazsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Biroq o'sha paytda yangi mamlakat hududida bir-biri bilan raqobatlasha oladigan faqatgina 3 klub bor edi xolos: “Paxtakor” (Toshkent), “Neftchi” (Farg'ona) va “Navbahor” (Namangan). Vodiyning ikki jamoasi SSSR birinchi ligasi ishtirokchilari hisoblanishardi.

Sobiq ittifoq respublikalari futbol mutasaddilarining boshi qotgan, bu yog'iga nima bo'lishini hech kim bilmasdi. SHunda mutaxassislar va jurnalistlar tomonidan turli takliflar berila boshlandi. Kimdir chempionatni eski xolicha, faqat MDH nomi bilan o'tkazishni, kimdir mustaqil chempionatimiz o'tkazish lozimligi, bahonada boshqa viloyatlar futboli ham yuksalishi haqida fikr bildirdi. Hali hech narsa aniq bo'lmagan paytda, 1992 yilning ilk kunlarida sport jurnalisti Abror Imomxo'jaev ham bu voqealarga o'z munosabatini bildirdi. Quyida uning o'sha paytdagi fikrlari bilan tanishasiz.




“Turkiston” gazetasining 1992 yil 3 yanvar sonidan olingan).

AVVALDAN aytib qo'yay, sport siyosatdan xoli degan fikrlar allaqachon eskirib qoldi. 1980 yilgi Moskva Olimpiadasiga qator kapitalistik mamlakatlarning kelmasligi, bunga javoban 1984 yili Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tgan yozgi Olimpiada o'yinlariga socialistik lagerning tashrif buyurmasligi siyosat sportga ham tobora suqilib kirayotganligini yaqqol ko'rsatdi.
Lekin bu - jahondagi ikki yirik tuzumga taalluqli bo'lib, bunga bir mamlakat, ayniqsa, respublika rahbariyati qarshi fikr bildirishi amri mahol edi. O'zbekmi, ukrainmi, armanmi - hamma millat vakillari bir bo'lib faqat sovet sporti sharafini himoya qilishardi. SHuning uchun ham bundan ikki yil muqaddam Tbilisining «Dinamo» va Vilnyusning «Jalgiris» futbol komandalari SSSR birinchiligi o'yinlarida qatnashishdan bosh tortib, xalqaro musobaqalarda o'z respublikalari sharaflarini himoya qilishga qaror qilganlarida ularning boshlariga qanchalik malomat toshlari yog'ilmadi... «Endi o'z yog'lariga qovurilishadi», «Ajralganni bo'ri eydi», «Ular xato qilishdi, biroq hali qaytishlari uchun imkoniyat bor». Ana shu singari sarlavhalar ostida qator maqolalar beri- lib barcha ayb «ajralganlar»ga to'nkaldi.

Gruziya va Litva futbol federaciyalari Xalqaro futbol uyushmasi - FIFAga maktub yo'llab, endi mustaqil birinchiliklarini o'tkazishlarini, shuning uchun respublika terma komandalarini tuzib, xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilishini talab qildilar. Biroq Cyurixdagi shtab-kvartiraga SSSR Futbol federaciyasi yo'llagan telegramma oldinroq etib keldi. Unda bu ikki «o'zboshimcha»larga ruxsat bermaslik, aks holda mamlakat futboli parokandalikka uchrashi malum qilingan edi. SSSR fut- bolining rahbari Vyacheslav Koloskov bir vaqtning o'zida FIFAning vice-prezidenti ham ekanligi inobatga olinsa, masala qay tomonga ijobiy hal qilinganini fahmlash mushkul ish emas: Gruziya va Litva futbollari tan olinmagani mayli, ular biror xalqaro uchrashuv o'tkazish huquqidan ham mahrum bo'ldilar.
* * *

Futbol sohasida mustaqil bo'lish haqidagi qarorni ko'pchilik Litva va Gruziyadagi siyosiy oqimga burgan bo'lsa-da, bu - mamlakat futboli boshida turgan amaldorlarga ham qarshi chiqish edi. SSSR sport Davlat qo'mitasi futbol va xokkey boshqarmasiga V. Koloskov boshchiligida bir qator «bilimdonlar» to'planib olishgan ediki, butun mamlakatdagi futbol va uning atrofidagi o'yinlarni ana shular boshqarar edilar. Kim qaysi ligada o'ynashi, qaysi o'yinda, qaysi komandada to'p surishi, o'yinlar qanday natijalar bilan tugashi aynan o'shalarga bog'liq edi.

Mamlakat futboli faqat malum kishilar va guruhlarga xizmat qila boshladi. Bu erda faqat markazning manfaatlari o'ylanib, qolganlar ik- kinchi darajali bo'lib qoldi. Bir vaqtlar oliy ligada dong chikargan Olmaotaning «Qayrat», Bokuning «Neftchi», Toshkentning «Paxtakor» komandalari birinchi ligadan mustahkam joy oldilar. O'rta Osiyoda markaziy o'yinlar o'tkazilmay ko'yildi. Avvallari havo sovuk bo'lganda SSSR terma komandasi uchrashuvlari janubga ko'chirilardi. Mamlakat birinchiligining yoki SSSR Kubogining hal kiluvchi o'yinlari ham lozim bo'lganda shu erda, ko'lincha Toshkentda o'tkazilardi. Endi esa... Bu erning komandalari kuchlilar bilan o'ynash hukukidan mahrum edilar, To'g'ri, yilda bir marta chet elga chiqish imkoniyati paydo bo'ladi, fakat buning uchun futbolni endi tadbik qilayotgan Afrika davlatlari tanlanardi.

Eng yaxshi murabbiylar markaziy komandalarda ishlashar, oliy liga uchrashuvlarining yarmidan ko'pini faqat moskvalik hakamlar boshkari- shardi.
Koloskovchilar faqat Ukrainadan hayiqishardi. CHunki 6u erda etishib chiqayotgan istedodlar xalqaro miqyosda ham obro' orttirishgan edi-da. V. Lobanovskiy boshchiligida Kievning «Dinamo» komandasi mamlakat futbolida peshqadam bo'lishdan tashqari Ovro'poda ham dong taratgan, SSSR terma komandasining 90 foizi ham ana shu jamoadan tashkil topgan edi.
Egallab turgan mavqeidan foydalanib, aynan Lobanovskiy birinchilardan bo'lib koloskovchilarga qarshi kurash elon qildi, Mamlakatda atak-chechak qilayotgan oshkoralik ham futbolga o'z vaqtida kirib keldi. «Komsomolskaya pravda» ro'znomasi, ayniksa, «Futbol» haftaligi mamlakat futbolidagi salbiy hollarni birin-ketin oshkor qila boshlashdi. Kechayotgan voqealar hamma sohaga burun suqadigan KPSS Markaziy Qo'mitasining ham etiboridan chetda qolmadi. Markaziy Qo'mita kotibi Ligachyov Lobanovskiy va uning hamfikrlarini qabul qildi hamda ularga yordam qo'lini cho'zishga vada berdi. Kurashayotganlarning asosiy maqsadi - futbol va xokkey boshqarmasini sport Davlat qo'mitasi tasarrufidan chiqarib, alohida mustaqil uyushma tuzish edi.
Ularning talabi kondirildi. Davlat idorasidan mutlako xoli bulgan, mustaqil, xo'jalik hisobida ish yurituvchi SSSR Futbol federaciyasi tashkil topdi va unga boshliq qilib... V. Koloskov saylandi.

V. Lobanovskiyning ortiqcha kurashishga vaqti yo'q edi. U bir yo'la ham Ki- evning «Dinamo» jamoasini, ham SSSR terma komandasini yangidan-yangi shohsupalarga olib chiqayotgandi. «Futbol» haftaligi ham kurashni to'xtatdi. U federaciyaning nashriga aylantirilib, «o'zboshimcha» muharrir V. Ponedelnik o'z vazifasidan chetlashtirildi.

Mamlakatning o'ziga xos ikki jamoasi ana shu voqealar zamirida ham «ish tashladi». Avval Tbilisining «Dinamo», so'ng Vilnyusning «Jalgiris» komandasi SSSR Futbol federaciyasi boshqarayotgan mamlakat birinchiligida ishtirok etishdan bosh tortishdi. Yuqorida aytganimizdek, koloskovchilar bu xunuk holni zo'r berib siyosiy voqealarga taqashdi va o'z faoliyatlarini davom ettiraverishdi.

* * *

1990 yil esa ularning omadi keldi. V. Lobanovskiy boshchilik qilgan SSSR terma komandasi Jahon birinchiligida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, birinchi davradan so'ng boshini ham qilib chiqib ketdi. Bu masala zudlik bilan futbol federaciyasida ko'rib chiqildi va mamlakat futbolining eng mohir murabbiylaridan biri Lobanovskiy «ishda yo'l quygan xatolari uchun» terma komanda trenerligidan oeod qilindi. Bu vaqtga kelib Lobanovskiy shogirdlarining Ovro'po futbol bozorida narxi baland bo'lib, birgina A. Zavarov uchun Italiyaning «Yuventus» komandasi 5 million dollar to'ladi. Sovet futbolida bu narx hali hech kimga qo'yilmagan edi. A. Mixaylichenko Italiyaning «Sampdoriya» klubiga ana shu pulning yarmi miqdori uchun o'tib ketdi. To'g'ri, dastlab ularning o'yini bu yurtda qovushmadi, biroq chet elda millionlab dollar bekorga sarflanmaydi. Hozirgi kunda Zavarov Franciyaning «Nansi» klubida etakchi o'yinchilar- dan biri bo'lsa, SHotlandiyaning «Glazgo Reynjers» klubi rahbarlari Mixaylichenko va kievlik yana bir futbolchi O. Kuznecov uchun ketkazgan dollarlariga achinmayaptilar.

Kutilmagan muvaffaqiyatsizlik Lobanovskiyning ham narxini tu- shirmadi. Birlashgan Arab Amirliklari shayxlaridan biri shaxsan o'zi Lobanovskiy bilan shartnoma imzolab yurtiga olib ketdi, ukrainalik mutaxassis millionlar evaziga endi ana shu mamlakat terma komandasiga rahbarlik qilayapti.

Kievning mashhur «Dinamo» jamoasi azolari ham tezda sotib olindi: V. CHanov va A. Bal Isroilga, A. Demyanenko va I. Yaremchuk Olmoniyaga, B. Rac Vengriyaga, G. Litovchenko va O. Protasov Greciyaga, S Yuran Portugaliyaga jo'nab xetdilar. O'tgan yilgi mamlakat birinchiligida Kievning «Dinamo» komandasi butunlay o'rinbosarlar tarkibi bilan qatnashdi va shunga qaramasdan beshinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi.

* * *

SHu tariqa koloskovchilar yakkahokim bo'lib qoldilar, Ular yaqin-atrofda raqobat yo'qligini ko'rib shunday oshkora harakat kildilarki, endi futbol atrofidagi o'yinlarni oddiy ishqibozlar ham seza boshladilar, O'tgan mavsumda oliy ligadagi so'nggi turlarni eslang. Ketma-ket mo'jizalar. Bir mavsum davomida uch marta trener almashib, so'nggi pog'onalarda borayotgan Vladikavkazning «Spartak» komandasi so'nggi to'rt uchrashuvning hammasida g'olib chiqib (ikkitasi raqiblar maydonida) rekord o'rnatdi. Xo'jalik hisobiga birinchilardan o'tgan «Dnepr» o'z maydondagi so'nggi ikki o'yinda quyi pog'onalarda borayotgan «Pomir» va “Paxtakor”lardan engildi. Dnepropetrovskliklar vatandoshlariga yordam berishlariga ishondimi, Xarkovning “Metallist” komandasi butun vositalarni ishga solib, mamlakat chempioni CSKAni dog'da qoldirdi. Biroq ular «ish- bilarmonlikda» sal kechikkan edilar.

Bular hammasi oliy ligada, yani millionlab ishqibozlar nigohi tu- shadigan joyda sodir bo'ldi Quyi ligalarda esa bundan ham zo'rroq tomoshalar ketardi. Ikkinchi liganing Markaziy mintaqasida so'nggi tur oldidan Moskvaning «Asmaral» va Samara shahrining «Krilya Sovetov» komandalari bir xil imkoniyatga ega edilar. Faqat yutuqlar soni va to'plar nisbatiga ko'ra samaralik futbolchilar birinchi o'rinni egallashlari aniq edi. Bu «Asmaral» uchun yuz minglab rubllar sarflayotgan klub prezidenti, iroqlik millioner Al Xolidini qoniqtirmas edi. U mavsum boshidayoq «Asmaral» 1-o'rinni egallaydi deb jar solgandi. Endi nima qilish kerak?

Birinchi vazifa anik: «Krilya Sovetov» so'nggi o'yinda kanday bo'lmasin mag'lubiyatga uchrashi lozim. SHunday bo'ldi xam. «Asmaral»ni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan Rossiya Futbol federaciyasining boshlig'i A. Pomorcev Ryazan shaxriga borib maxalliy “Torpedo” va “Krilya Soeetov” uchrashuvining «tepasida turdi». Rahbarning tashrifi bejiz ketmadi va «Krilya Sovetov» 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Biroq oldinda yanada murakkabroq vazifa turardi. «Asmaral» o'z may- donida Kirovakanning «Lori» komandasi darvozasiga 10 ga yaqin to'p kiritishi zarur edi. Buni yaxshi faxmlagan «Lori» futbolchilari maydonga tushishga shoshilmadilar. Bordi-yu uchrashuv o'gkazilmasa, unda «Lori»ga 0:3 hisobida mag'lubiyat yozilardi, xolos. «Asmaral» rahbarlari shoshib qolishdi. Ichkarida shartlashuv uzoq cho'zildi. Nihoyat, komandalar o'yinni yarim soat kechikib boshladilar va «Asmaral»... 14:0 hisobida g'alaba qozondi!

Farg'onaning «Neftyanik» komandasi bundan ikki yil burun birinchi ligaga yo'llanma olishi lozimligini ko'pchilik yaxshi bilardi. O'sha yili jamoa barcha o'yinlarni ko'tarinki ruhda o'tkazib, o'tish turnirida ishtirok etdi. Suxumining «Dinamo» komandasi bilan so'nggi o'yinda faqat bir kishi uchrashuv taqdirini hal qildi - u ham bo'lsa o'yin hakami S. Xusainov. Bu mening shaxsiy fikrim emas, buni o'sha kungi o'yingohga yig'ilgan o'n minglab tomoshabinlar ham tasdiqlashadi, Bu haqda faqat «Farg'ona haqiqati»dagina emas (28.11,89), balki «Futbol-xokkey» haftaligida (17.12.89) ham yozildi. «Uyin boshlanishi bilan Husainov 6u erga V. Koloskovning «masul» topshirig'i - qanday qilib bo'lmasin, gruzin futbolchilariga yordam ko'rsatish uchun kelganligini malum qildi. Oxir-oqibatda u har qanday so'kishlarga mardonavor chidab berib, o'z «burchini bajardi», - mualliflar bu o'yin haqida ana shunday hisobot bergan edilar. Bu voqea nima bilan tugadi dersiz? S. Husainov kelasi yilgi mavsumning birinchi davra uchrashuvlarini boshqarish huquqidan mahrum bo'ldn, xolos...

Hakamning bu tariqa «sovg'alari»ni bu yil «Navbahor» futbolchilari ham totib ko'rishdi. Abovyanda ular mahalliy «Kotayk» futbolchilari ustidan g'alaba qozonayotganini ko'rgan hakam bor vositalarni ishga soldi: maydon egalari darvozasiga ikki marta 100 foizliq 11 metrlik jarima to'pi belgilamadi. O'z navbatida hech narsa bo'lmagan joyda ana shunday jarimani «Navbahor» darvozasi tomon belgiladi, Natijada namanganlik futbolchilar 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradilar. Jamoa bosh murabbiysi bu uchrashuv videoyozuvini SSSR Futbol federaciyasining maxsus ko.missiyasiga topshirdi. U erdagilar butun o'yinni diqqat bilan ko'rib «Navbahor» komandasiga chin dildan achindilar va... hakamni jazolab, o'yin natijasini o'zgarishsiz qoldirdilar. Bunday paytda dodingni kimga aytasan?

* * *

O'yinlar jadvalining tuzilishi har yili noroziliklarga sabab bo'ladn. Biroq o'zgarish yo'q. Maasum boshlanishida moskvalik komandalar o'z raqiblarini usti yopiq maydonlarda qabul qiladilar va to raqib maydonga ko'nikkuncha ular o'yin taqdirini o'z foydalariga hal qiladilar O'tgan mavsum oxirida Moskvada o'yinlar shunchalik ko'payib ketdiki, hatto bir kunda ketma-ket uch o'yin poytaxtda o'tkazilgan kunlar bo'ldi. Ochkolar sarhisob qilinayotgan paytda esa moskvalik komandalar... bir-birlari bilan uchrashdilar. Mavsum yauniga ko'ra shohsupani faqat moskvaliklar egallagani ham ana shunday xayrixohliklar oqibatida bo'lsa kerak.

O'yinlar orasidagi tanaffuslar-chi? 4 sentyabr kuni «Paxtakor» «Ararat»ni qabul qildi. Kelasi uchrashuv ikki haftadan keyin, undan keyingisi yana uch haftadan keyin. Bunday uzilishlardan kimga foyda? Faqat Ovrupo kuboklarida ishtirok etadigan 2-3 komanda uchun. Kolganlar-chi? Birinchilik 2 noyabr kuni yakunlandi. Biroq toliqqan futbolchilarga dam qayoqda deysiz? Noyabr oxirigacha SSSR Kubogi o'yinlari belgilangan. SHimoliy shaharlarda bu paytda qahraton qish bo'ladi. Futbolni yaratganlar qor ustidagi o'yinni nazarda tutishmagan- ku?!

«Futbol sharhi» (Rossiyaniki) ham borgan sari maxalliylashib ketayapti. Andrey Pyatnickiy, Mirjalol Qosimov, Oleg Sinelobovlarning qoyilmaqom gollaridan so'ng umid bilan «Futbol sharhi»ni kutamiz. Yo'q, «Paxtakor», «Pomir» kabi komandalardan hatto lavhalar ham berilmaydi. «Sovetsqiy sport», «Futbol» ro'znomalariga ko'z yugurtirsangiz, barcha intervyular moskvalik va ukrainalik futbolchilar bilan. Xuddi qolganlar ikkinchi darajalikdek. Bunday «targ'ibot» o'z ishinn qildi. Avval A. Pyatnicqiy SSSR yoshlar, so'ngra M. Qosimov SSSR Olimpiya terma komandasi tarkibidan chiqarildilar.

* * *

Bunday ahvol qachongacha davom etishi nomalum edi. Biroq Cyurixdan orziqib kutilgan telegramma keldi. Boltiqbo'yi respublikalari siyosiy jihatdan tan olingandan so'ng, ularning futboli ham FIFA tomonidan tan olindi. 7 dekabr kuni shu qarorga kelgan futbol rahbarlari, ertasigayoq bu yangi terma komandalarni qura tashlash marosimiga qo'shdilar. 1994 yili AQSHda bo'ladigan navbatdagi Jahon chempionatining saralash musobaqalarida sobiq SSSRdan to'rt vakil ishtirok etadi: SSSR (kim nazarda tutilganligi nomalum), Latviya, Litva va Estoniya davlatlari.
Bu xabarni ko'pchilik tushungan holda qabul qildi, Har holda bu res- publikalar juda katta qchyinchiliklardan so'ng mustaqilliqka ega bo'lgan- dilar. Biroq 20 qun avval bo'lib o'tgan Ukraina futbol federaciyasining plenumi, aniqrog'i, uning qarori qo'pchilikni shoshirib qo'ydi. Bu erlik futbol mutaxassislari Litva va Gruziya voqealaridan to'g'ri xulosa chiqarib avval mustaqillik to'g'risidagi respublika referendumini kutdilar va uning natijasidan kelib chiqqan holda SSSR Futbol federaciyasi tarkibidan chiqib, kelasi yildan boshlab mustaqil birinchiliklarni o'tkazish haqida qaror qabul qildilar. Ukraina - Litva yoki Gruziya emas, faqat oliy liganing o'zida 6 komandasi bilan ishtirok etayotgan Ukrainaning mamlakat futbolidan ayrilishi jiddiy voqeadir,

* * *

Ammo koloskovchilar pinagini ham buzmay kelasi yilgi mamlakat birin- chiligini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rayotganligi kishini tashvishlantiradi. Lekin ularning holatini tushunsa bo'ladi: Boltiqbo'yi respublikalari va Ukrainadan tashqari qolgan barcha respublikalar mamlakat birinchiligida ishtirok etishga rozilik berganliklari to'g'risida matbuotda xabar berildi. SHu jumladan O'zbekiston ham. Biroq oddiy ishqiboz ham bunday vaziyatda oliy liga faqat 5, nari borsa 6 respublikadan iborat bulib qolishini yaxshi fahmlaydi.

Xo'sh, bunday oliy liga bizga keraqmi? U erda qatnashish bizga hech qanday naf bermaydi. Birinchidan, Ovrupo futbol uyushmasi - UEFA qitadagi mamlakatlar bir-biriga o'yinchilar berishda hech qanday cheklashlar bo'lmasligi to'g'risida qaror kabul qnldi, Yani 1 yanvardan boshlab nafaqat kuchli, balki o'rtamiyona futbolchilar ham boshqa mamlakatlarga jo'nab koladilar. CHunki u erda sovet pulidan yuqori turadigan valyutalarda maosh oladilar. CSKA, «Spartak» kabi quchli jamoalarning deyarli butun tarkibi chet elga jo'naydi. «Paxtakor» kim bilan o'ynab tajriba orttiradi?
Ukraina chiqib ketgandan so'ng sport principiga amal qilinishini Koloskovning o'zi aytgan: yani birinchi ligada yuqori o'rinlarni egallagan komandalarga oliy ligadan joy beriladi, Ular asosan Rossiyaning qomandalari: «Rotor», «Rostselmash», «Uralmash», «Lokomotiv». Bunday ketishda Farg'onaning «Neftyaniq» qomandasiga ham omad kulib boqishi mumqin. Biroq bunday «omad» bizga kerakmi? Boshqa bir guruh (ular toifasiga respublikamiz futbol mutaxassislari ham kiradi) oliy ligada barcha respublikalarga o'rin berilishi tarafdori. Yani birinchi ligada quyi o'rinlarni egallagan Olmaotaning «Qayrat», Bokuning «Neftchi» va hatto o'tgan mavsumda ikkinchi ligada kuch sinashgan Ashxobodning «Ko- petdog'» va Bishkekning «Olg'a» komandalari bir yo'la ikki pog'ona sakrab oliy ligaga yo'llanma oladilar. Qani bu erda mantiq?

Mayli, aytayliq, kuchsizlar bilan bahsda 3-4-o'rinlarni egallarmiz, So'ng Ovrupo kuboklarmda Sovet futboli sharafini himoya qilamizmi?

Ikkinchidan, iqtisodiy tomondan nazar tashlasak ham, mamlakat birin- chiligida qatnashish har bir qomanda uchun qimmatga tushadi. Taxminlarga ko'ra, Moskvaga bir marta borib o'ynab kelish uchun 25 ming rublga yaqin pul kerak. Bir yilda 5 marta borish uchun-chi? Umuman, yil davomida butun mamlakat bo'ylab «sayr qilish» shartmi? Tasavvur qiling, oliy va birinchi ligadagi 40 ga yaqin komanda musobaqani to'xtatsa, samolyotlarga navbat qanchalik kamayardi...

Uchinchidan, SSSR degan davlatning o'zi yo'q. Barcha Ittifoq vazirliklari tugatildi. Nega endi SSSR Futbol federaciyasi qolishi kerak? U erdagi amaldorlar-ku, o'z o'rindig'iga mahkam yopishib olib hech kimga gap bermayapti. Lekin o'zini mustaqil davlat deb elon qilgan respublikalarning mutasaddilari-chi?!

Nahotki, O'zbekiston futboli SSSR futbol federaciyasidan ajralib chi- qib mustaqil ish ko'ra bilmaydi?! Buning uchun hammadan ajralib chiqib ko'r-qo'rona O'zbekiston birinchiligini o'tkazish shart emas. O'rta Osiyo va Qozog'iston respublika rahbarlari tutayotgan yo'l asosida Turkiston bi- rinchiligini o'tkazsa bo'ladi-qu!

Ochig'i, yaqinda «Futbolniy qurer» haftalig'ida bir maqolani o'qib xursand bo'lgan edim. Garchand, unda respublikamiz shaniga iliq fikrlar bildirilmagan bo'lsa-da. Unda muallif «O'rta Osiyo va Qozog'iston futbol rahbarlari alohida «Musulmon ligasi» tuzib, o'sha erda birinchilik o'tkazmoqchi bo'layotgani, bunday xatarli yo'lning tashabbuskori O'zbekiston Futbol federaciyasi ekanligi haqida quyunib yozganini qo'rib milliy g'ururim jo'sh urgan edi. Har holda «biznikilar» ham qo'l qovushtirib o'tirmayotgan ekan, degan fiqrga kelgan edim.

Biroq oradan hech qancha vaqt o'tmay xuddi o'sha haftalikda O'zbekiston Futbol federaciyasining masul kotibi S. Budagovning javobi bosilib chiqqach, hafsalam pir bo'ldi U muallifni tuhmatchiliqda ayblab, hech qanday «musulmon birinchiligi» o'tkazilmasligi, yig'ilishda bor-yo'g'i hududda futbolni rivojlantirish to'g'risida gap borganligi, ajralish to'g'risida gap ham bo'lmasligi haqida yozib, hatto bunday noto'g'ri axborot uchun «Futbolniy qurer»ni sudga ham bermoqchi bo'ldi. Afsus...

Qiziq, Budagov qimdan qo'rqib ketdi? Axir muallif unga o'ylab ko'rsa arziydigan g'oya tashlabdi-ku' Hatto, bunday yig'ilishga Ozarbayjondan vakil kelmoqchi bo'lganini ham qo'shib qo'yibdi. Nima bo'pti, ular ham musulmon, bizga qo'shilsa osmon uzilib erga tushmaydi. Aksincha safimiz kengayadi, yoki masul kotib birinchilikni “musulmon” deb atalishidan cho'chidimi? Mayli, unda nomi yuqorida aytganimizdek, Turkiston birinchiligi yoki yana boshqa narsa bo'lsin. Asosiy gap nomdamas-ku! Yoki shlyapaning o'rniga do'ppi kiysa, odam birdan o'zgarib qoladi-mi?

O'rta Osiyo, Qozog'iston va Ozarbayjon Respublikalari ishtirokidagi mustaqil birinchilikka va shu asosda qanday qilib xorijga chiqish mumkinligi haqidagi fikrlarga men ancha avval bir to'xtamga kelganman va «Samandar» O'zbekiston - Hindiston qo'shma korxonasiga qarashli bo'lgan «Film’C» oynomasi buyurtmasiga ko'ra bu haqda «Uzoqqa bormaylik - o'zimizning Osiyoni olaylik...» nomli maqola qilib berganman. SHu yilning birinchi oyida ana shu oynomaning ilk soni chiqadi va undan mening takliflarim o'rin olgan. U maqolani yozgan paytimda FIFA hali Boltiqbo'yi Respublikalarini tan olmagan, Ukraina futboli mamlakatdan ajralib chiqmagan va «Futbolniy kurer»da Budagovning javobi bosilmagan edi. Oynoma texnologiyasi shundayki, u ikki oy avval tayyorlanadi. SHuning uchun ham maqola chiqquncha Turkiston birinchiligi ha- qida bir qarorga kelinsa, uning ahamikti qolmasdi. Bari-bir men xursand bo'lardim! Nima farqi bor, bu taklif mendan chiqdimi yoki Budagovdan - muhimi mantiqiy fikrlash o'z samarasini berardi. Biroq..

* * *

Umuman, O'zbekiston Futbol federaciyasi mamlakat (qaysi) birinchiligida qatnashishga rozilik berganligiga ajablanmasa ham bo'ladi. CHunki bu erdagi eskicha fikrlash bilan yangicha ish qilish juda mushkul. Yuqorida mamlakat futbolida ro'y berayotgan mo'jizalar haqida yozdik, biroq o'zimizdagi mo'jizalar undan ham ziyod. Ammo maqsadim birovning yuziga qora chaplash emas. Faqat bu mahkamada O'zbekiston futboli uchun jon kuydiradiganlar deyarli yo'qligidan kishi tashvishga tushadi. Bundan bir necha yil avval birgina “Yosh leninchi”da bu mavzuga bag'ishlanib qancha maqolalar berildi. O'shanda biz ehtirosga berilmasdan, xatoliklarni punktma-punkt ko'rsatganmiz. Asosiy maqsadimiz millionlab muxlislari bor komanda taqdirini 3-4 kishi hal qilmasin degan fikrda edi. Biroq xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish o'rniga, sport Davlat qo'mitasining o'sha paytdagi raisi A. Antonec tahririyatga mualliflarni 6u sohani tushunmaslikda ayblab, ja- vob qaytarardi. Bazi hollarda savollar umuman javobsiz qolib ketardi. Biz esa Aleksandr Radionovich o'zbekchani tushunmagani uchun javob qaytarmadi, deb o'zimizni ovuntirardik.

Lekin bu maqolalar xalq etiboridan chetda qolmasdi. Ular orasidan saylangan deputatlar bu lavozimga O. Nazirovni afzal ko'rishdi. Obid aka bilan shaxsan tanish bo'lmasam-da, uning olib borayotgan siyosatidan xabarim bor. Oz vaqt ichida qo'mitadagi ko'pgina amaldorlar o'z o'rinlarini mahalliy kadrlarga bo'shatib berdilar U kishi deputatlarga bergan vadasining ustidan chiqdi: «Paxtakor» oliy ligaga qo'shildi, «Neftyanik» va «Nav- bahor» komandalari birinchi ligadan mustahkam joy oldilar.

Biroq O. Nazirovning futboldan boshqa mingta tashvishi bor. Jumhuriyat kishilari sog'lom bo'lishlari, O'zbekiston sportining shon-shuhrati jahonga tanilishi uchun hali ko'p ish qilish lozim. SHuning uchun ham, O'zbekiston Futbol federaciyasi sport qo'mita tasarrufidan chiqib, xo'jalik hisobidagi mustaqil uyushma bo'lgandan keyin o'z aravasini o'zi tortishi lozim edi.

Biroq aynan shu masala og'irroq kechmoqda Bu erda uzoqni ko'zlab siyosat olib borilmaydi chog'i, hamma narsalar vaqtincha. Federaciya raisi A. Inoyatov qarshi bo'lsa ham Novikov “Paxtakor”ga tayinlanadi, so'ng ishdan olinib uning o'rniga Inoyatov o'tiradi. Bo'shab qolgan federaciya raisi lavozimiga taniqli mutaxassis A. Rustamov saylanadi. Biroq oradan ikki oy o'tmay, yangi rais – E. Aminov. «Paxtakor» komandasi boshlig'i va klub prezidenti I. Fozilov 1 yil o'tmay bo'shab ketdi. Komanda boshlig'i bo'lib saylangan A. Tolibjonov bir yil o'tmay o'z lavozimiga qayta tayinlandi. Novikov davrida selekciya ishini uddalay olmagan va buning uchun ishdan bo'shatib yuborilgan N. Lyubarcev kuni kecha yana trener qilib tayinlanibdi. Inoyatovga yordamchi bo'lgan ikkinchi trener O. Bugaev 1 chorak o'tmasdan «qayoqqadir» g'oyib bo'ldi. Bazilevich, Sekech, Novikov “saboqlari”dan so'ng endi A. Tarxanov taklif qilinibdi. Bular hammasi bosh komanda - faqat bir jamoa atrofidagi o'yinlar. Qolgan joylarda-chi? “Kosonsoychi”da bir mavsumda nechta trener almashdi? Nega Volchok “Navbahor”ni eng yuqori cho'qqiga olib chiqqanidan, Abduraimov esa «Umid»ni bir yilda oyoqqa turg'izganidan so'ng tashlab ketishdi?

Bu savollarga kim javob beradi? Hech kim. CHunki Futbol federaciyasida doimo shunday qilishga odatlanishgan. Kim biladi, balki Aminov poyqadami yoqib biror o'zgarish bo'lar. Federaciya azoligiga boshqa kasblar qatori jurnalistlarni ham qo'shish kerak degan taklif bilan «Yosh leninchi» gazetasi qayta qurishning dastlabki yillari chiqqan edi...

* * *

25 dekabr kuni Moskvada mamlakat chempionatining navbatdagi mavsumi muhokama qilindi. Unda hamma qatori O'zbekistondan ham vakil qatnashishi ko'zda tutilgan edi. U erlarda nima gap bo'lgani menga qorong'u. Biroq hali o'ylash uchun vaqt bor. 11 yanvar kuni SSSR Futbol federaciyasining plenumi bo'ladi. Ana shu plenumgina navbatdagi birinchilik qoidalarini tasdiqlaydi. Nahotki, biz o'zi yo'q bo'lgan mamlakat o'yinlarida ishtirok etsak?!


Abror IMOMXO'JAEV.

P.S. Muallifning so'nggi xitobidagi fikrni nafaqat u, balki boshqa respublikalardagi uning hamkasblari ham ko'tarishdi. SHunda V. Koloskov shosha-pisha tashkilot nomini MDH futbol federaciyasiga o'zgartirdi va unga yana o'zi rahbar bo'ldi. U 1992 yilda MDH chempionati o'tkazilishi, unda 20 jamoa qatnashishini malum qildi. Yuqorida takidlanganidek, ular orasida Litva va Gruziya klublari bo'lmasligi aniq edi. Keyinchalik, Ukraina, Latviya, Estoniya, Armaniston, Moldova va Turkmaniston klublari ham qatnashmasliklarini malum qilishdi. MDH chempionatida Moskvaning 6 klubi, O'rta Osiyoning “Paxtakor”, “Neftchi”, “Navbahor”, “Pomir”, “Qayrat” va “Olg'a”, qolganlari Rossiyaning quyi ligadagi jamoalari qatnashishi belgilangandi.
Bu orada O'zbekiston SSR futbol federaciyasi O'zbekiston Respublikasi futbol federaciyasiga aylantirildi. 1992 yilning 31 yanvar kuni yangi federaciya ijroqo'mining birinchi yig'ilishi o'tkazildi va unda 2 ta muhim qaror qabul qilindi.

1. O'zbekiston Milliy va Olimpiya terma jamoalarini tuzish.
2. O'zbekiston milliy chempionatini o'tkazish.

“Paxtakor”, “Neftchi” va “Navbahor” klublari MDH chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgani bois, milliy chempionatda ularning o'rinbosarlari qatnashishi belgilab qo'yildi. Biroq, ijroqo'm yig'ilishing ertasiga Moskvadan “bomba” xabar keldi. Moskvaning beshta eng yaxshi klublari MDH chempionatini boykot qilib, alohida Rossiya chempionati o'tkazishga kelishib, bu haqda memorandum imzolabdilar. Bu esa MDH chempionati boshlanmasdan nihoyasiga etganini bildirardi. SHu tariqa, 1992 yildan boshlab, yangi O'zbekiston chempionatiga asos solindi...

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика