So’nggi yangiliklar

23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  0 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  12 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  1 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  71 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  3 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4

Moyze Kinning otasi: “Turinliklar menga 2ta traktor vada qilishgandi, hozir esa telefonni ham ko'tarishmaydi” Yangiliklar

Moyze Kinning otasi: “Turinliklar menga 2ta traktor vada qilishgandi, hozir esa telefonni ham ko'tarishmaydi”

Teglar :  YuventusMoyze Kin
“Yuventus” klubi hujumchisi Moyze Kinning otasi o'g'lining turinliklar safiga qanday qilib qo'shilgani haqida aytdi.

“O'g'limning ishlari yaxshi tomonga ketayotgani oilamiz uchun baxtdir. Buning uchun yaratganga rahmat aytaman. Moyze yoshligida “Inter”ga muxlislik qilardi. Uning kumiri esa Obafemi Martins edi. Uning onasi, ajrashganimizdan so'ng Kinni Angliyaga olib ketmoqchi bo'lgan. Biroq, men “byankonerilar”ning muxlisi sifatida uni “Yuventus"ga olib bordim. Buning evaziga turinliklardan 2ta traktor so'radim. Ular esa menga “muammosiz”, deya javob qaytarishdi. Lekin, shu vaqtgacha traktorlarni ko'rganim yo'q. Hattoki, stadionga kirishim uchun chipta ham berishmayapti. Qo'ng'iroq qilganimda esa javob berishni ham xohlashmaydi.” – deydi Moyzening otasi Bioru Jan Kin.

19 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsum klub va terma jamoa safida 9ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini 4 bora ishg'ol qilgan.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика