Moyze Kin Italiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
25 mar 2021 00:34
Yangiliklar
PSJ hujumchisi Moyze Kin 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki o'yinlarida Italiya termasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Italiya futbol federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
21 yoshli hujumchida charchoq alomatlari sezilgan, shu sababli Roberto Manchini boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchini PSJ ixtiyoriga qaytarishga qaror qildi.
SHunday qilib, Kin Italiya terma jamoasining SHimoliy Irlandiya, Bolgariya va Litvaga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Kin joriy mavsumda parijliklar bilan 29 uchrashuv o'tkazib, 15 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.
Roberto Manchini shogirdlari ilk uchrashuvini bugun, 25 mart kuni SHimoliy Irlandiyaga qarshi o'tkazishadi. Uchrashuv soat 00:45 da boshlanadi.
Fikrlar