Moyses Kaysedo "Bavariya"ga rad javobini berdi
05 iyu 2023 00:38
Yangiliklar
Moyses Kaysedo "Bavariya"ga rad javobini berdi
"Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo "Bavariya"ga o'tmoqchi emas.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, "Bavariya" o'yinchining rahbariyati bilan faol muzokaralar olib bordi. Xavbek esa APLda qolishga qaror qildi.
Oldinroq, "CHelsi"ning 21 yoshli yarim himoyachi uchun 80 million evro taklif qilgani xabar qilingan edi.
Uning "chaykalar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Kaysedo o'tgan mavsum 43ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 75 million evroga baholamoqda.
Fikrlar