Moyesga turk jamoasi taklif bilan chiqdi
14 iyu 2018 21:58
Yangiliklar
Moyesga turk jamoasi taklif bilan chiqdi
SHotlandiyalik murabbiy Devid Moyes faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
"The Sun" xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" vakillari mutaxassisga taklif bilan chiqishgan va shartnoma taklif qilishgan. Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Fenerbaxche" boshqa murabbiylarning ishlarini ham kuzatib bormoqda. Moyes o'tgan mavsumda "Vest Xem"ni boshqargandi.
Fikrlar