Moyes APLda murabbiy sifatida 600-o'yinini o'tkazdi. U faqat uch murabbiydan ortda qolmoqda
16 dek 2021 07:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/673565_original.jpg)
![](/upload/storage/673565_220.jpg)
Moyes APLda murabbiy sifatida 600-o'yinini o'tkazdi. U faqat uch murabbiydan ortda qolmoqda
"Vest Xem" APL doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin o'tkazdi (0:2).
Bu "bolg'achilar" bosh murabbiyi Devid Moyes uchun murabbiy sifatidagi 600-o'yin bo'ldi.
SHotlandiyalik murabbiy bungacha «Sanderlend», «Manchester Yunayted» va «Everton» jamoalarini boshqargan.
Bu borada Arsen Venger rekordchi hisoblanadi - APL murabbiyi sifatida 828 ta o'yin. Undan keyin Aleks Fergyuson (810) va Xarri Rendnapp (642) bor.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar