Mourinyu Xitoyda ishlamaydigan bo'ldi

Alisher
6 iyul 2019, 13:11
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu Xitoydan bo'lgan taklifni rad etdi.

Xabarlarga ko'ra, mutaxassis oilaviy sabablarga ko'ra Xitoyga ko'chib o'tmadi.

Mourinyu shuningdek Xitoy futbolini rivojlantirish bo'yicha maslahatchi bo'lishi ham mumkin edi.

Mutaxassis oldinroq Italiyaga qaytishini istisno qilmagan edi. U 2008-2010 yillarda "Inter"ni boshqargan.

Bundan tashqari, portugaliyalik murabbiy "Nyukasl" bosh murabbiyligi uchun ham nomzodlardan biridir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Guardian