Mourinyu: “Uni Fernandeshga ham almashmayman”
02 iyu 2020 19:19
Yangiliklar
Mourinyu: “Uni Fernandeshga ham almashmayman”
“Tottenxem” ustozi Joze Mourino “Manchester Yunayted”da yorqin o'yin ko'rsatayotgan Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi.
"Tottenxem” Fernandesh bilan shartnoma imzolashi mumkinmidi? Bu to'g'risida hech narsani bilmayman va Brununing o'rniga Jovani Lo CHelso olinganmi yo yo'qligidan ham bexabarman. Lo CHelsoni hech kim bilan almashmasdim”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Jovani joriy mavsum APLda 21 o'yinda maydonga tushdi. Mavsum yarmidan "qizil iblislar" azosiga aylangan Fernandesh esa Premer Ligada 8 bahsda qatnashdi va 5+3 natija ko'rsatdi.
Fikrlar