Mourinyu: "U MYUga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamoqchi"
18 iyu 2020 19:25
Yangiliklar


Mourinyu: "U MYUga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamoqchi"
Tottenxem ustozi Joze Mourinyu yanvardan buyon jarohatini davolash bilan o'tkazgan Xarri Keynning holati haqida gapirdi.
“Keyn juda yaxshi ishlamoqda. Hech qanday muammo yo'q. U «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashni rejalashtirmoqda. Qancha o'ynaydi? Bilmadim. O'yin davomida bilib olamiz.
U taxminan olti oy davomida tarkibda yo'q edi. Hozirgi holatini esa baholash qiyin. Biroq, Keyn yaxshi mehnat qildi. U ajoyib professional va ertangi bahsni ilk daqiqalardan o'tkazmoqchi”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, APL doirasida o'tadigan Londondagi bellashuv 20 iyunga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 00:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar