So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  69 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  2 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  45 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Mourinyu: “Tottenhem” ko'plab Evropa davlatlarida chempion bo'lishi mumkin” Yangiliklar

Mourinyu: “Tottenhem” ko'plab Evropa davlatlarida chempion bo'lishi mumkin”

“Tottenhem Xotspur” bosh murabbiyi Joze Mourinyuning fikricha, jamoasi Evropaning ko'plab davlatlarida chempionlikka erishishi mumkin ekan.

“Aytishim mumkinki, “Tottenhem” hozirgi o'yini bilan Evropaning bir qator davlatlarida bosh sovrinni qo'lga kirita olishi mumkin. APLda esa bu ishni amalga oshirish qiyinroq. Sababi mavsumni yaxshi o'tkaziyu, ko'plab ochkolarni qo'lga kiritish bilan birga bu erda “Livrepul”, “Manchester Siti”, “CHelsi” “Manchester Yunayted”, “Lester”, “Arsenal” singari jamoalar bor. SHu bois mavsumni yaxshi o'tkazib ham chempion bo'lolmasligingiz mumkin. Bunday holatda nima qilamiz? Biz o'yindan o'yingacha tayyorgarlik ko'ramiz. G'alaba qozonish uchun intilamiz, boshqalar bilan mutlaqo ishim yo'q. Jamoa o'yindan o'yinga tayyorgarlik ko'rib, ochkolarni yig'ishda davom etsa, mavsum so'nggida qaysi joyda bo'lishmizni jadvalga qarab bilib olamiz”, deya Mourinyuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

“Tottenhem” ayni paytda APL turnir jadvalida peshqadam “Lester”dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani band etgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика