Mourinyu: "Taqvimga yana bir qarasam, depressiya bo'lib, yiqilishim aniq"
12 sen 2020 11:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591638_original.jpg)
![](/upload/storage/591638_220.jpg)
Mourinyu: "Taqvimga yana bir qarasam, depressiya bo'lib, yiqilishim aniq"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning taqvimidan mamnun emas.
Gap shundaki, portugaliyalik boshqaruvidagi jamoa 22 kun ichida 9 o'yin o'tkazishi kerak.
"Agarda taqvimga yana bir bor qarasam depressiya bo'lib, yiqilishim aniq. Har bir o'yinga futbolchilar yuqori kayfiyatda borishini istayman. Futbolchilarni yig'ib ularga kim 9 o'yinning barchasini 90 daqiqa o'ynay olishini so'radim. Biror futbolchi bizga ijobiy javob bermadi. Bu shunchaki ilojsiz.
Menga qiziq tomoni shundaki, taqvimni kim tuzadi? Bunday narsalarga kim etibor qaratadi? Ular ayrim o'yinlarimizda yoshlar jamoamiz bilan o'ynashimizni istayaptimi?", - dedi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar