So’nggi yangiliklar

08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  0 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  16 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  17 22:40Расман: Абрахам яна "Рома"дан кетди, бу сафар бутунлайга  2 22:19Суперлига. Турнир тубидагилар тўқнашувида "Қизилқум" меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  9 21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  0 21:25Расман: Мирко Йеличич "Олимпик"дан кетди  3

Mourinyu Sterlingga qizil kartochka ko'rsatilmagan vaziyat haqida gapirdi Yangiliklar

Mourinyu Sterlingga qizil kartochka ko'rsatilmagan vaziyat haqida gapirdi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APL 25-turi doirasida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0)dan keyin fikrlarini bildirdi.

"Yigitlardan ko'nglim to'ldi. Ayrim vaziyatlarda omadimiz keldi, lekin boshqa tomondan Rahim Sterling VARdan keyin qizil kartochka olmaganda omadimiz kelmadi. Bu yaqqol ko'rinib turgandi. Agar biz 75 daqiqa davomida ko'pchilik bo'lib harakat qilganimizda boshqacha o'yin bo'lardi.

Bunday vaziyatlar uchun maydondan chetlatishganlarini allaqachon ko'rdim. Masalan, "CHelsi"ga qarshi o'yinda Son bilan shunday bo'lgandi.

Yigitlar juda ajoyib o'ynashdi. Penaltidan keyingi seyv ishonib bo'lmas chiqdi va bu yaratganning irodasi. CHunki, u erda penalti bo'lmasligi kerak edi.


Bergveynning goli? U shunday zo'r o'ynadi-ki, ajoyib darvozabon ham bu zarbani qaytara olmadi.

Top-4ga kirish qiyin bo'ladi. Biz uchta musobaqada qatnashayapmiz. Lekin, bu biz uchun yaxshi uikend bo'ldi", - deya Mourinyuning so'zlarini keltirdi "Sky Sports".

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning boshida Sterling Dele Alliga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Bosh hakam Mayk Din esa VAR tizimi maslahatidan keyin Rahimga bor yo'g'i sariq kartochka ko'rsatdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика