Mourinyu: “Sport nuqtai nazaridan MYU Evropa Ligasiga yo'l olgani adolatsiz”
09 dek 2020 19:15
Yangiliklar
Mourinyu: “Sport nuqtai nazaridan MYU Evropa Ligasiga yo'l olgani adolatsiz”
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Manchester Yunayted”ning Evropa Ligasiga tushib ketgani haqida fikr bildirdi.
“Manchester Yunayted” endi Evropa Ligasi g'olibligi uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Evropa Ligasiga tushib ketgan jamoalar doimo kuchli, odatda ularning darajasi Evropa Ligasinikidan yuqori.
“Manchester Yunayted” – eng kuchli jamoalar qatorida. Ular juda qiyin guruhda edi. Hamma ularning hech biriga oson bo'lmasligi va Evropa Ligasiga zo'r jamoa yo'l olishini bilardi.
Bu Evropa Ligasi uchun juda yaxshi, keyingi bosqichda CHempionlar Ligasidan 8 ta jamoa qo'shiladi, raqobat o'sadi. Sport nuqtai nazaridan esa bunday bo'lishi adolatsiz, chunki, jamoa bir musobaqada muvaffaqiyatga erisholmadi, ammo boshqasida ishtirokini davom ettiradi”, deydi Joze.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar