Mourinyu "Roma"ga "Vulvz"dan futbolchi olib kelishi mumkin
09 iyu 2021 12:53
Yangiliklar
Mourinyu "Roma"ga "Vulvz"dan futbolchi olib kelishi mumkin
Portugaliyalik darvozabon Ray Patrisiu "Vulverxempton"dan ketadi va faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.
33 yoshli darvozabonga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Poytaxt klubi Patrisiu uchun 7 million evro va turli xil bonuslar taklif qilishga tayyor.
Bitim yaqin bir necha kun ichida amalga oshishi mumkin. Ruyning Angliya klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum APLda 37ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 50ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar