Mourinyu "Roma"ga "Tottenxem"ning ikki o'yinchisini taklif qilmoqchi
06 may 2021 15:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635489_original.jpg)
![](/upload/storage/635489_220.jpg)
Mourinyu "Roma"ga "Tottenxem"ning ikki o'yinchisini taklif qilmoqchi
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa tarkibini kuchaytirish bo'yicha ishni boshladi.
Portugaliyalik mutaxassis Rim klubiga Londonning "Tottenxem" klubida o'ynaydigan ikki futbolchini taklif qilmoqchi.
Gap yarim himoyachilar Erik Lamela va Lukas Moura haqida ketmoqda. Joze "Tottenxem"dagi faoliyati sabab o'yinchilarning imkoniyatlari bilan yaxshi tanish.
Eslatib o'tamiz, "Roma" Italiya chempionatida 34 turdan so'ng 55 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar